«Milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalash». Mundarija



Download 265,5 Kb.
bet28/28
Sana24.08.2021
Hajmi265,5 Kb.
#155287
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
Milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalash

Yolmog`iz kampir: Ha, mayli savol-javoblarda sizlar g`olib chiqdingizlar, ularni o`zim ham yaxshi bilmas edim. Endi sizlarga qiyinroq narsalar bilan murojaat qilmasam bo`lmaydi, qani tulkivoy doskaga birinchi krossvordni ilchi, menimcha bunga ularni aqli yetmaydi. Quyidagi krossvordga tushirib qoldirilgan unli xarflardan joylashtirsangiz Vatan haqidagi hikmatli gap kelib chiqadi.

O`quvchilar doskaga chiqib, krossvordni yechadilar:




В




т




n







S




z







М




q




d

d




s




В




т




n










з







М




q




d

d




s


Mushukvoy: Sizlar krossvord yechishni hm bilarkansizlar-ku. Xa, mayli, keyingi topshiriqqa o`tsak. Mana bu so`zlar necha bo`g`indan iborat ekanligini aytinglarchi:

O`zbekiston, Vatan, Mustaqil, Istiqlol, Ozod, Poytaxt.



Ayyor tulki: Men o`zimni bilimdonlikda, ayyorlikda tengi yo`q deb yursam bular mendan ham bilimdon ekanlar. Ularga yanada qiyinroq krossvord yechishni taklif qilish kerak, balkim shundagina biz ularni yenga olarmiz.

Yolmog`iz kampir: Qani, Mushukvoy ikkinchi boshkotirmani doskaga os.

Mushukvoy: Mana xozir, bu boshqotirmani yecha olmaysizlar men uni sehrlab qo`yaman. Bu boshqotirmadagi tushirib qoldirilgan unli xarflarni qo`ysangiz o`zbek xalq maqollaridan biri kelib chiqadi.

O`qituvchi yordamida bolalar odobnoma darsligidagi vatan haqidagi maqolni esga olishadi va birin ketin chiqib, boshqotirmani yechadilar.



Bulbul chamanni sevar,

Inson Vatanni sevar.





B




l

b




l

CH




v




n

n







s




v




r










n

s




n







B




t




n

n





Mushukvoy: Bu nimasi, mening sehrim Vatan tuyg`usi oldida hech qanday kuchga ega emas ekanda. Endi tushundim, Vatan muqaddas sajdagoh ekan. Uning oldida sehr xam xech qanday kuchga ega emas ekanda.

Yolmogiz kampir: Aldoqchilar, firibgarlar, ko`zimga ko`rinmanglar. Menga bergan yordamingiz shumi xali. (Yolmogiz kampir mushukvoy va tulkini davradan quvib yuboradi).

Podsho: Xo`p, Yolmog`iz kampir, xalqimning bilimdonligi-yu, ahilligiga, vatanparvarligiga qoyil qoldingmi? Endi malika «O`zbekoy»ni qaytar!

Davraga go`zal malika tashrif buyuradi. Malika xalqqa ta`zim qilib, Vatan haqidagi she`rni yod aytib beradi. Xalq uni olqishlaydi.



Podsho: Aziz xalqim, bugun biz siz bilan birgalikda makkor yolmog`izni yengdik, sizlar yana bir bor bilimdonligingiz va Vatanga e`tiqodli kishilar ekanligingizni namoyon qildingizlar. Men sizlardan juda minnatdorman. Oldimizda bir ish Yolmohiz kampirni jazolash turibdi. Uni qanday jazolashni sizlarga havola qilaman.

Yolmog`iz kampir: Meni kechiringlar, boshka sizlarga ozor bermayman. Mana malikani kaytarib berdim-ku, xo`p desalaring, bundan keyin ozoda yuraman, yomon ishlarga aralashmayman, mana shu supurgim bilan ko`chalaringiz, Vataningiz ozodaligiga o`z hissamni qo`shaman, sizlardan bilimni axloqni, o`rganaman. Kechira qolinglar, xo`pmi, kechiringlar.

Bolalар: Biz seni qattiq nazorat ostiga olamiz, ilm sirlarini o`rgatamiz.

O`qituvchi: Bolalar keling biz bugungi ertak darsimizda sizlar bilan tanishgan yangi so`zlarga to`xtalib o`tamiz.

Fuqaro - shu mamlakatda istiqomat qiladigan kishi.

Muqaddas - hamma narsadan aziz.


Sajdagoh - inson sig`inadigan joy.

Mustaqil - erkin, ozod.

Dars yakunida o`qituvchi o`quvchilarga Vatan to`g`risidagi she`rlardan yod olishlarini uyga vazifa qilib topshiradi.



3-sinf O`qish darsida.

Dars quyidagicha tashkil etiladi.



Mavzu: «Chupon yigit Shiroq»

Darsning maqsadi: Chupon yigit Shirok afsonasi misolida boshlang`ich sinf o`quvchilarida Vatanga e`tiqod, el yurtga sadokat, irodalilik va vatan uchun jonini fido kilish tuyg`ularini o`stirish.

Dars metodlari: hikoya, suhbat, savol-javob, rag`batlantirish usullari.

Dars jihozlari: Shiroqning qaxramonligi tasvirlangan surat, testlar,

Darsning borishi: 1) o`qituvchi o`quvchilar bilan salomlashib, o`quvchilarning tayyorgarligini ko`zdan kechiradi; 2) o`tilgan mavzu yuzasidan o`quvchilarning egallagan bilim va malakalarini aniqlaydi.

Yangi mavzu: «Cho`pon yigit Shiroq». O`qituvchi «Cho`pon yigit Shiroq» afsonasini boshlashdan oldin o`quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish hosil qilish maqsadida Vatan tushunchasi, uning muqaddasligi, Vatan uchun jonini fido qilgan ajdodlarimiz haqida hikoya qiladi. Hamda shoirimiz A.Oripovning «Men nechun sevaman O`zbekistonni» nomli she`rini o`qib beradi. Suxbat so`ngida o`qituvchi yurtimiz tabiati, boyliklari, mehmondo`st va mehnatsevar xalqimiz haqida suzlaydi. O`qituvchi e`tiqod, e`tiqodli insonlar haqida o`quvchilarga ma`lumot berar ekan, bunga misol qilib, «Cho`pon yigit Shiroq» afsonasini hikoya qilib berdi. Hikoya davomida o`qituvchi o`quvchilarga oddiy chupon yigit Shiroqning Vatanga e`tiqodli inson bo`lganligi, mardligi, irodaliligi, Vatani uchun jonini fido qilganligi haqida mahorat bilan so`zlab berdi.

Suhbat so`ngida o`qituvchi o`quvchilarga quyidagi biz tavsiya qilgan qisqa test savollariga javob berishlarini taklif qildi.



1. Shiroq kim?

а) dehqon

b) shox

v) Vatanga e`tiqodli Chupon



2. Vatanparvar kishilardan kimlarni bilasiz?

а) Chingizxon, Shiroq,

b) Kir, Amir Temur

v) Tumaris, Shiroq, A.Temur…



O`qituvchi: bolalar ushbu so`zlarni o`z o`rniga qo`yib joylashtirsangiz, vatanparvarlik haqidagi o`zbek xalq maqoli kelib chiqadi. Diqqat qiling, men ularni hozir doskaga yozaman:

Yurt, ish, yigit, hozir, boshiga, er, tushsa.

O`quvchilar so`zlarni joylashtirib quyidagi maqolni doskaga yozib qo`yishdi.

Yurt boshiga ish tushsa,

Er yigit hozir.
O`qituvchi: Bolalar keling, endi mana bu boshqotirmani hal qilamiz. So`roq o`rniga kerakli so`zni yozamiz.

Vatan
? parvar
Xalq
Dars yakunida o`quvchilarga o`qituvchi uyga vazifa qilib mavzuni o`qib o`rganish bilan birga, Vatan, Vatanparvarlik haqidagi o`zbek xalq maqollarini yod olishlarini topshirdi.

O`qituvchi dars davomida quyidagi biz bergan tavsiyalarga amal qildi:

1. O`qituvchi mavzuni boshlashdan oldin o`quvchilarga Vatan tushunchasi haqida ma`lumot berdi.

2. Vatanparvarlik haqidagi shoirlarimizning she`rlaridan foydalandi.

3. O`quvchilarga e`tiqod, e`tiqodli insonlar haqida ma`lumot berishga harakat qildi.

4. Chupon yigit Shirok misolida Vatanga e`tiqodli insonning qiyofasini ko`rsata oldi.

5. Uyga vazifa qilib Vatan, Vatanga e`tiqod haqidagi maqollarni yod olishni topshirdi.

Yuqorida tashkil etilgan darslar jarayonida o`qituvchilarning milliy qadriyatimiz va milliy g`oya namunalarida aks etgan Vatanga e`tiqod tuyg`usini bolalarda shakllantirishga harakat qilinadi. Mahorat bilan tashkil qilingan dars o`quvchilar ongida uzoq vaqt saqlanib qoladi.

Haqiqatdan ham, milliy qadriyatlar yuzasidan dars mashg`ulotlarning o`tkazilishi boshlang`ich sinf o`quvchilarida milliy g`oya haqida tasavvurga ega bo`lishlarini, Vatanga e`tiqod tuyg`usini shakllanishiga olib keladi. Bu kabi darslar boshlang`ich sinf o`quvchilarida milliy merosimizga nisbatan qiziqishni o`stirish bilan birga, ularni qadrlashni o`rgatadi.

Maktablardagi kuzatishlarimiz shuni ko`rsatdiki, boshlang`ich sinf o`quvchilarini Vatanga e`tiqod ruxida tarbiyalashda xalq og`zaki ijodi namunalaridan foydalanish, ularni yod oldirish xozirgi yoshlardan kelajak avlodga koladigan merosdir. Shu borada Vatanga e`tiqod haqidagi maqol, topishmoqlarni yod olish, afsona, ertak va hikoyalarni o`qish, vatanparvar insonlar hayoti va faoliyati bilan tanishishni boshlang`ich sinf o`quvchilariga tavsiya qildik. Bu borada o`qituvchi va ota-onalarning mas`ulligini ta`kidlib o`tdik.

O`tkazilgan ilmiy tadbirlar, ilg`or o`qituvchilarning darslarini tahlil kilish maktabda milliy qadriyatlarni o`rganishni, uning zamiridagi g`oyalarni boshlang`ich sinf o`quvchilariga singdirishni yanada kuchaytirish, bu sohada maktab va sinfdan tashqari ishlarning ko`lamini oshirish lozimligini, darslarni qiziqarli tashkil kilishni, noan`anaviy dars usullaridan: ssenariyali, test, krossvord, rebuslardan foydalanishni yo`lga qo`yish va bu borada o`qituvchilarni ijodkorlik sari yo`naltirishni amalga oshirish dars samaradorligini oshiradi.

Milliy g`oya orqali boshlang`ich sinf o`quvchilarida Vatanga e`tiqodni tarbiyalash jarayonida boshlang`ich sinf o`quvchilarining Vatan, Vatanga e`tiqod haqida qanday tushunchaga ega ekanliklarini aniqlash maqsadida, o`quvchilar bilan og`zaki savol-javoblar uyushtirdik. Savollarni tuzishdan oldin ularning yosh va psixologik jihatlarini hisobga oldik. Ularga quyidagi savollar bilan murojaat qildik:

1. Vatan nima?

2. Nega ona Vatan deyiladi?

3. Bizning Vatanimiz kayer?

4. Vatan haqidagi o`zbek xalq maqollardan misollar keltiring?

5. Vataningiz tabiati va ob-havosi haqida gapirib bering?

6. Amir Temur, Alisher Navoiy, Boburlar kimning vatandoshi?

7. Siz Vataningiz uchun nima qila olasiz?

8. Vatanga e`tiqod deganda nimani tushunasiz?

Ushbu suhbatlarda ishtirok etgan boshlang`ich sinf o`quvchilari birinchi, ikkinchi va uchinchi savol buyicha to`liq bo`lmasada, ko`pchiligi to`g`ri javob bera olishdi. To`rtinchi savol buyicha esa ya`ni «Vatan haqidagi o`zbek xalq maqollaridan misollar keltiring?» savoli buyicha o`quvchilar atigi 3-4ta Vatan haqidagi maqolni aytishdi xolos, vaholanki, har bir sinf darsliklarida Vatan to`g`risidagi o`zbek xalq maqollaridan keltirilgan, mavzu o`rganilgandan so`ng esa topshirik sifatida Vatan to`g`risidagi maqollarni yod olishlari ko`rsatilgan. Bundan ko`rinib turibdiki, bu savolimiz yuzasidan qoniqarli javob ololmadik.

Beshinchi savol buyicha ham o`quvchilar to`liq javob kaytara olishmadi. Oltinchi va yettinchi savollarga esa o`quvchilarning ko`pchilik qismi javob berishga harakat qilishdi. Oxirgi ya`ni «Vatanga e`tiqod deganda nimani tushunasiz?» deb so`ralganda esa, ishtirok etgan o`quvchilarimizning deyarli ko`p qismi ta`savvurga ega emasliklarining guvohi bo`ldik.

Shu sababdan savolimiz mazmunini bir oz o`zgartirib «Vatanparvarlik” deganda nimani tushunasiz? savoli bilan qaytadan murojaat qilishimizga to`g`ri keldi. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining yoshlari va sinflari har xil bo`lganligi sababli, har xil sinfda turlicha javob qaytarishdi. YA`ni birinchi va ikkinchi sinf o`quvchilar bu savol yuzasidan sayozroq tushunchaga ega egalar, uchinchi va to`rtinchi sinf o`quvchilari esa to`liq bo`lmasada, javob qaytarishdi.

Og`zaki savol-javoblarda barcha o`quvchilarning ham oshkora javob bera olmasliklarini hisobga olib, shu maktablarning boshlang`ich sinflarida yozma anketa savollarini tarvatdik. Anketa savollarini test tarzida tuzib chivdik. Bu surovnoma o`quvchilar bilan bo`lgan yakka tartibdagi savoljavoblar, suhbatlar, milliy qadriyatlarga bag`ishlangan ertaliklar, bellashuvlardan keyin o`tkazildi.

So`rovnomamizda quyidagi savollar mavjud edi.

Hurmatli o`quvchi quyidagi savollarga javob variantlarini belgilab ko`ringchi (sizga ma`qul bo`lgan javobni aylana ichiga oling)

1. Vatanparvar kishi qanday bo`lishi kerak deb hisoblaysiz?

а) mehnatkash, tortinchoq

b) uyatchan, yalkov, maqtanchoq

d) sadoqatli, dov yurak, irodali, elparvar.



2. Istiqlol deganda nimani tushunasiz?

а) birgalikda yashash;

b) hurlik, ozodlik, erkinlik.

v) a`lo baholarga o`qish;



3. Birinchi sentabr qanday baйрам?

а) onajonlar bayrami

b) birinchi qo`ngiroq kuni

v) mustaqillik bayrami, bilimlar kuni.



4. Siz Vataningiz uchun nima qila olasiz?

а) a`lo baholarga o`qiyman, Vatanim boyliklarini asrayman, Vatanimga

xizmat qilaman.

b) ota-onamga yordam beraman

v) o`rtoqlarim bilan urushmayman

Tarqatilgan test savollarining barchasiga ham to`liq javob olinmadi.

Vaxolanki, yozma ish usullarining ko`lami keng bo`lib, ular ham o`quvchilarning ayniqsa, boshlang`ich sinf o`quvchilarining xat savodxonligini o`stirish bilan birga mantiqiy fikrlashga, dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qiluvchi omillardan biridir.

Kuzatuv va yozma ishlarni tahlil qilish natijasida shu narsa ma`lum bo`ldiki, boshlang`ich sinf o`quvchilari Vatan, vatanparvar shaxslar to`g`risida ma`lumotga egalar, davlatimiz madhiyasi va ramzlarida nima ifodalanganligini yaxshi bilishadi. Yurtimiz poytaxti, O`zbekiston davlat madhiyasi, ramzlari haqida ma`lumotga egalar. Albatta bu narsa xar bir pedagogning yutug`i bo`lishi bilan birga yurtimizda olib borayotgan islohotlarning natijasidir. Ammo ta`kidlashimiz lozimki, boshlang`ich sinf o`quvchilari bugungi kunda mustahkam e`tiqod haqida tushunchaga ega emaslar. Zero insondagi e`tiqod ko`rsatichlarini shakllantirish ham Vatanga e`tiqodni shakllantirishning asosidir.



1.3. 2-bob yuzasidan xulosalar

Mustahkam e`tiqodli vatanparvar insonlarni tarbiyalash davr talabi. Biz yuqorida aytganimizdek milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalash ko`pincha dars jarayonida amalga oshiriladi. Milliy qadriyatlar orqali, Vatanparvarlikni tarbiyalashni maqsad qilib qo`yilgan darslarda boshlang`ich sinf o`qituvchisi Vatanga e`tiqodni tarbiyalashga alohida berishi lozimki, bunda:

1.Mamlakatimiz Prezidentining faoliyatidagi hamda milliy istiqlol g`oyasidagi Vatanga e`tiqodni rivojlantirish haqidagi fikrlardan dars jarayonida foydalanish;

2.Darsda o`rganilayotgan mavzudagi milliy qahramonlarning aynan Va-tanga bo`lgan e`tiqodini namuna sifatida ko`rsata olishi; (Tumaris, Shiroq, Spetamen, Muqanna, Amir Temur, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Mangu-berdi, Temur Malik kabilar)

3. Mashhur allomalarining Vatanga e`tiqod haqidagi fikr-mulohaza-laridan unumli foydalana olishlari;

4. Vatanga e`tiqodsiz insonlarning xatti-harakati tufayli sodir bo`l-gan noxush voqealarning oqibati natijasida (Toshkent, Andijon voqealari) xalqimiz va vatanimizga yetkazilgan ozorlar to`g`risida ma`lumot berish orqali Vatanga e`tiqodning kishida mavjud bo`lishi shartligini isbotlay olish ko`zda tutiladi.



X U L O S A

Insoniyat tarixi va tajribasi shuni ko`rsatadiki, qayerda ma`naviy -ma`rifiy tarbiya masalasi jamiyatimizning doimiy e`tibor markazida tursa, qaysi xalq, qaysi millat yosh avlod tarbiyasi ustida uzoqni ko`rib, tinimsiz ish olib borsa, shu yurtning farzandlari elning chinakkam g`ururi va iftixoriga aylanadi.


Bugungi kunda mamlakamizda olib borilayotgan barcha ishlarning, islohotlarning negizida yosh avlodni haqiqiy Vatanga e`tiqodli, ma`naviy-axloqiy, insoniy fazilatlari yuksak darajada shakllangan insonlar qilib tarbiyalash yotadi. Mamlakatimiz rivojlanish jarayonini boshidan kechirayotgan bir paytda, yoshlarda mustahkam e`tiqodni shakllantirish davr talabidir. Yoshlarimizda Vatan ravnaqi yulida xizmat qilish, Vatan manfaatini o`z manfaatlaridan ustun qo`yish, Vatanni qo`riqlash, yurt tabiati va boyliklarini asrash eng asosiysi Vatanga nisbatan chin e`tiqodni tarbiyalash o`qituvchi-pedagoglarning hayotiy vazifasidir. Toki Vatan muqaddas tushuncha ekan, shu Vatan tuprog`i va millat sha`ni uchun jon bergan bobolarning, aka-ukalarning xotirasi hurmati yoshlarni xaqiqiy Vatanga e`tiqodli insonlar qilib yetishtirishning ayni vaqtidir.

Mamlakatimizni rivojlantirish, dunyo miqyosiga olib chiqish bugungi yosh avlodning burchi va vazifasidir. Bu borada ularda yuqorida aytganimizdek chin e`tiqodni shakllantirish, ularni qo`llab-quvvatlash xalqimiz va hukumatimizning vazifasidir. Buyuk alloma, mutafakkirlarimiz ning ma`naviy merosi, xalqimizning boy og`zaki ijodi, yozma manbalari, go`zal bayramlari hamda urf-odatlari, xalq xunarmandchiligi, o`lkashunoslik manbalari yosh avlodni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash borasidagi benihoya qimmatli boylikdir.

Milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalashda quyidagilarga e`tibor qaratish lozim degan xulosaga keldik:

1. Bugungi kunda milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalash hukumatimiz va xalqimiz talabi bo`lib, bu esa pedagogik jarayon zimmasiga katta ma`suliyatni yuklaydi.

2. Maktabda milliy qistiqlol g`oyasini o`rganish natijasida o`quvchilarda axloqiy sifatlarning yanada takomillashuvi bilan birga, kelajakda, hayotda, jamiyatda o`z yullarini tanlashi, mustahkam e`tiqodli insonlar bo`lib yetishuviga hamda o`zlarida mavjud bo`lgan xatolarni tuzatishga yordam beradi.

3. Tadkikot davomida Vatanga e`tiqod inson e`tiqodining eng sara namunasi sifatida baholandi.

4. Milliy g`oya orqali boshlang`ich sinf o`quvchilarida Vatanga e`tiqodni tarbiyalashning eng qulay vositalaridan biri Vatanga e`tiqodli inson ideali xisoblanadi, bular misolida Shirok, Tumaris, Amir Temur, Bobur, Alisher Navoiy, Ulugbek, Jaloliddin Manguberdi va boshka ko`plab o`zbek xalqining buyuk siymolarini keltirish mumkin.

5. Maktabda o`quvchilarni Vatanga e`tiqod ruhida tarbiyalash maktabdagi tarbiyaviy ishlarning asosi hisoblanib, bu ishlarni boshlang`ich sinflardan yaxshi yulga qo`yilsagina kelajakda, o`z samarasini beradi.

6. Boshlang`ich sinf o`quvchilarini Vatanga e`tiqodli insonlar bo`lib yetishuvida maktab va oila hamkorligining ustuvorligini rad etmagan holda, bu ishlarga ota-onalarni jalb etish bilan birga, ular bolalarga ibrat bo`lishlari, avvalo o`zlari ham Vatan tushunchasini muqaddas hisoblab, milliy qadriyatlarni yaxshi bilishlari, milliy qadriyatlarimizga nisbatan farzandlarida hurmat hissini tarbiyalab borishlari kerak.

7. Maktab sharoitida boshlang`ich sinf o`quvchilarida Vatanga e`tiqodni tarbiyalashda Vatan tarixini bilish, uning tinchligi va barqarorligi saqlash yo`lida o`z xizmatini ayamaslik kabilarni bolalar ongiga yetkazish.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

  1. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: O`zbekiston, 1992.-48 bet.

  2. O`zbekiston Respublikasining ta`lim to`g`risidagi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, ta`lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to`grisida Farmon. «Ma`rifat», 1997, 8-11 oktabr.

  3. «Sog`lom avlod» davlat dasturi tug`risida: O`zbekiston Respublikasining Vazirlar mahkamasining 2000 yil 15-fevral. Xalq so`zi, T.: 2000, 16-fevral.

  4. Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni - xalq , millatni - millat qilishga xizmat etsin.T.,1998

  5. Karimov I.A. Milliy davlatchilik, istiqlol mafkurasi va huquqiy madaniyat to`g`risida. T.,1999

  6. Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e`tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. «Fidokor» gazetasi , 2000 yil 8 iyun.

  7. Karimov I.A. Imperiya davrida bizni ikkinchi darajali insonlar deb hisoblashar edi. 2005 yil 14 yanvar.

  8. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. 2005 yil 27 yanvar.

  9. Karimov I.A. Vatan sajdagox kabi muqaddasdir. Tom 3.-T.: O`zbekiston, 1996.

  10. I.A.Karimov. O`zbekiston XXI asr busag`asida.- T.: O`zbekiston, 1997.

  11. I.A.Karimov. Barkamol avlod-O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: O`zbekiston, 1997.

  12. Karimov I.A. Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch.–T.: Ma`naviyat, 2008. - 173 b.

  13. O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida»gi Qonuni. Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: 1998. B. 20-29.

  14. Karimov I.A. Tafakkur jurnali bosh muxarriri bergan savollarga javob.-T.: Tafakkur, 1998.- 2-son.

  15. A.Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq.- T.: Ma`naviyat, 1992.

  16. Aliyev A. Ma`naviyat, kadriyat va badiyat: (Vatan fidoiylari) T., Akademiya, 2000,630 b.

  17. Aminov B., Rasulov T. Vatan yurakdagi javoxir T.: «O`qituvchi», 1996, 158 b.

  18. Amir Temur o`gitlari T., Navro`z,1992, 63 b

  19. Axmedov B. Ajdodlar ugiti. T.Chulpon.1991, 113 b.

  20. Baratov Sh.O`quvchi shaxsini o`rganish usullari. T., «O`qituvchi». 1995,52 b

  21. Vatanni sevmoq iymondandur.T.,G`.G`ulom nomidagi adabiyot va san`at nashriyoti 1995,64 b.

  22. Donishmandlar odob-axloq to`g`risida T.,O`qituvchi,1986, 134 b.

  23. Javliyev T. An`analar xayot sabogi.T.,O`qituvchi,1992, 87 b.

  24. Jabborov Iso. Turmush tarzi, urf-odat va odob. T., O`qituvchi.1980, 112 b.

  25. Ziyoyev X.Istiqlol ma`naviyat negizi.T.: «Ma`naviyat».1999, 189 b.

  26. A.Ibroximov, X.Sultonov, N.Jurayev. Vatan tuygusi. T.: «O`zbe-kiston», 1996, 443 b.

  27. Maxkamov U. Axloq-odob saboqlari. T.: Fan .1994, 133 b.

  28. Maxmudov T. Mustaqillik va ma`naviyat. T.: «Sharq», 2001,160 b.

  29. Ma`naviyat yulduzlari: (Markaziy Osiyolik mashxur siymolar, allomalar, adiblar) T.A.Qodiriy nomidagi xalk merosi nashriyoti.1999,395 b.

  30. Milliy istiqlol goyasi: Asosiy tushuncha va tamoyillar T.,Uzbekiston 2000 , 80 b

  31. Milliy istiqlol g`oyasi : asosiy tushuncha va tamoyillar (Ma`ruza matnlari) - T., 2001

  32. Milliy istiqlol g`oyasi va ijtimoiy-gumanitar fanlar. Qarshi, «Nasaf» nashriyoti, 2001, 174 b.

  33. Milliy istiqlol g`oyasi.Darslik.T.,2005

  34. Musurmonova O. Ma`naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi T.: «Uki-tuvchi», 1996, 189 b.

  35. Munavvarov A.K. «Pedagogika». Pedagogika Oliy o`quv yurtlari uchun darslik.T.: «O`qituvchi»,1996, 200 b.

  36. Ochilov M. O.,Ochilova N.M., O`qituvchi odobi.T., 1997, 133 b.

  37. Pedagogika kursi. I.Y. Tursunov, U.N. Nishonaliyev. T., 1997, 230 b.

  38. Pedagogika kursidan xrestomatiya. ( Tuzuvchi muallif O.Xasanboyeva) T.: «Uqituvchi», 1993, 206 b.

  39. Safo Ochil. Mustaqillik ma`naviyati va tarbiya asoslari.T.: «O`qi-tuvchi», 1995, 207 b.

  40. Tulenov J, Gofurov Z.Mustaqillik va milliy tiklanish.T. «O`qi-tuvchi»1996, 238 b.

  41. Umar Xayyom. «Navro`znoma». T., «Mehnat».1990, 77 b.

  42. Yuldoshev J.. Ta`limimiz istiqlol yulida.T. «Sharq».1996, 223 b.

  43. Yusuf Xos Xojib. Qutadgu bilig.T. 1971, 487 b.

  44. Sharipov E. Oila, an`ana, odob.T. «O`zbekiston».1991y.

  45. Sharkning ulug` mutafakkirlari merosida ta`lim-tarbiya masalalari: Ilmiy anjuman materiallari. T.Nizomiy nomidagi TDPU.1993, 658 b.

  46. Gofurov S., Toshev M. Ma`naviyat saboklari. Qarshi. «Nasaf». 1999, 158 b.

  47. Qoraboyev U.O`zbekiston bayramlari.T. «O`qituvchi» 1991, 186 b.

  48. Xasanboyeva O., Xasanboyev J., Xamidov X. Pedagogika tarixi. T. «Uqituvchi» 1997, 248 b.



1 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch.–T.: Ma’naviyat, 2008. 72-б.

2 I.A.Karimov. «Vatan sajdagox kabi muqaddasdir» T:. «O‘zbekiston», 1996. 361-bet.

3 I.Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T, Ma’naviyat. 2008. 71-b.

4 Milliy istiqlol mafkura-xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. «Fidokor», 2000 yil, 8 iyun.

5 Islom Karimov. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsilikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. 34-bet.


6 Karimov I. A. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. »Fidokor», 2000 yil, 8 iyun.


7 I.Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T, Ma’naviyat. 2008. 73-b

8 To‘rayev B., Ramatov J. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy xususiyatlari, falsafiy va tarixiy ildizlari. – T.: «Ijod dunyosi», 2002, 22-б.

9 Milliy istiqlol g‘oyasi.-T.: «Akademiya», 2005, 368-b.

Download 265,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish