«Milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalash». Mundarija


Boshlang`ich ta`lim jarayonida milliy istiqlol g`oyasi asosida o`quvchilar ongiga vatanga e`tiqodni singdirish imkoniyatlari



Download 265,5 Kb.
bet20/28
Sana24.08.2021
Hajmi265,5 Kb.
#155287
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28
Bog'liq
Milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalash

2.1. Boshlang`ich ta`lim jarayonida milliy istiqlol g`oyasi asosida o`quvchilar ongiga vatanga e`tiqodni singdirish imkoniyatlari.

Har bir jamiyatning har bir davlatning o`ziga xos, uning uchun xizmat qiladigan, tub maqsadlarini va manfaatlarini himoya qiladigan mafkurasi bo`lishi lozim. Mafkura jamiyat rivojlanishini osonlashtiradi, millatni, barcha fukarolarni umumiy maqsad yo`lida birlashtiradi, ulkan vazifalarni bajarishga ommani safarbar etadi, shu bilan birga har bir shaxs faolligini oshiradi. Shuning uchun xam jamiyat manfaati yo`lida o`zidagi barcha bilim, qobiliyat va iste`dodini baxshida etishga tayyor, fidoiylar tarbiyalanmasa bunday jamiyatda buyuk davlatni shakllantirib bo`lmaydi. Yoshlarda bunday sifatlarni tarbiyalash boshlang`ich sinfdan boshlanadi.

Boshlang`ich ta`lim jarayonida yoshlarda milliy istiqlol g`oyasi asosida Vatanga e`tiqodni tarbiyalashning quyidagi yo`nalishlariga e`tiborni qaratish lozim deb hisoblaymiz:

- birinchidan, yoshlar, ayniqsa boshlang`ich sinf o`quvchilarini eng avvalo milliy istiqlol g`oyasi asosida Vatanga e`tiqodni tarbiyalashda milliy o`zligini anglashga e`tiborni qaratish lozim. Ayni vaqtda milliy o`zlikni anglash o`z tarixini bilishdan boshlanadi.

Prezidentimiz I.A. Karimov ta`kidlaganidek, «Ma`naviyatni tiklash, tug`ilib o`sgan yurtida o`zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko`tarib yurishi uchun insonga albatta, tarixiy xotira kerak… Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson».

Tarixchi, arxeolog, sharqshunos olimlarimiz bu borada ko`p ming yillik boy o`tmishimizni tadqiq etishning yaxlit dasturini ishlab chiqib, qator tarixiy manbalar, kitoblar chop etmokda, yoshlarimizga muhim tarixiy saboklarni singdirish uchun harakat qilishmokda. Jamiyatimizda tarixiy, madaniy qadriyatlarimizni tiklash maqsadida Muxammad Ibn Ismoil Al-Buxoriy, Xakim at-Termiziy, Baxovuddin Nakshbandiy, Xo`ja Axror Vali, Mirzo Ulugbek, Amir Temur kabi buyuk shaxslar faoliyatiga bag`ishlangan tadbirlar o`tkazilishi fikrimiz isbotidir.

- ikkinchidan, milliy g`urur va milliy birdamlik ruhida tarbiyalash - milliy g`urur, milliy iftixor, oriyat ruxini yoshlar ongiga singdirish – bu xalqimizning boy tarixini, ma`naviy qadriyatlarini o`rganib, vatanimizning boy iqtisodiy imkoniyatlarini bilish, qadrlash, tejab-tergab sarflab kelajak avlodga xam yetkazish, milliy manfaatlarini himoya qilish, shulardan g`ururlanish faxrlanish hissini singdirish hisoblanadi.

Milliy birlik, hamkorlik va g`urur ruhida tarbiyalash millatchilikning turli ko`rinishlariga, jumladan, mahalliychilik, mansabparastlik, kabi illatlarni yengishga yordam beradi. Mansabparastlik, tarafkashlik, guruhbozlik, mahalliychilik – bularning hammasi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, siyosiy taraqqiyotimiz, mustaqilligimiz uchun xatarlidir. Bular milliy ongi, siyosiy madaniyati, milliy g`ururi zaif bo`lgan kishilarga xos xususiyatdir. Ayniqsa, mahalliychilik milliy birlik va birdamlikka putur yetkazadi, milliy nizolarni gazak oldirib yuboradi. Bundan bizning g`animlarimiz ustomonlik bilan foydalanishi mumkin. Ma`lumki, milliy iftixor va milliy g`urur millatlararo munosabatlarning eng muhim tomonlaridan biri bo`lib hisoblanadi. Ammo bu munosabat ba`zan o`ylamay qilingan bir hatti-harakat bilan ikkinchi bir millat his-tuyg`ularining kamsitilishiga olib kelishi mumkin. Milliy manmanlik, milliy mahdudlik, milliy maqtanchoqlik millatchilik tuyg`ulariga aylanib ketishi mana shu milliy tuyg`ularning kamsitilishi asosida yuzaga keladi.

Ma`lumki, yoshlarda his-tuyg`u kuchli bo`ladi, ushbu his-tuyg`ularni to`g`ri yo`naltirishimiz, avaylab asrab tarbiyalashimiz lozim. Bunda biz milliy tuyg`ularni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va axloqiy omillarga suyanib, umuminsoniy manfaatlar asosida rivojlantirishimiz lozim. Yoshlar o`rtasida g`oyaviy-tarbiyaviy ishlarni keng ko`lamada olib borishda ijtimoiy maktab ta`limining o`rni va roli kattadir. Maktab ta`limi yoshlarning mustaqil fikrlash, respublikamizdagi siyosiy hayotiga o`z munosabatlarini mustaqil bildirish, siyosiy faolligining oshishiga katta yordam bermoqda.

- uchinchidan, yoshlarni milliy istiqlol ruhida tarbiyalashning yo`nalishlaridan biri – yetuk milliy ong, milliy birdamlik tuyg`usi zaminida shakllangan vatanparvarlikni ham o`z ichiga oladi.

Prezidentimiz I.A. Karimov kadrlar tayyorlash tizimining asosiy tamoyillaridan biri «… yoshlar Vataniga sadoqat, yuksak axloq, ma`naviyat va ma`rifat, mehnatga vijdonan munosabatda bo`lish ruhida tarbiyalash» ekanligini ta`kidlagan.

Shu nuqtai nazardan biz o`quvchilarni inson uchun dunyoda Vatandan aziz va mu`tabar, muqaddas, qutlug` narsa yo`q ekanligi ruhida tarbiyalashimiz lozim. Vatan – bu xalqning o`tmishi, buguni va kelajagidir. Vatanparvarlik esa milliy manfaatlarni, millat takdirini va istiqlolini chuqur o`ylash va anglash mas`uliyati bilan bog`lik ma`naviyatdir. «Bugun Vatanning har bir farzandi, - deb ta`kidlaydi I. Karimov – o`zining ota yurtining ajralmas bo`lagi deb his etayapti va bundan faxrlanayapti. Istiqlol bergan eng katta boyliklardan birinchisi ana shu desak, aslo yanglishmagan bo`lamiz».

Bu borada bizning vazifamiz, Vatanimiz tarixini yoshlarga davr siyosatiga moslashtirilgan, bir qolipga solingan holda emas, balki obyektiv asosda, ota-bobolarimizning yurtimiz mustaqilligi uchun olib borgan kurashlari, ayni shu yo`lda ularning jon berib jon olganlari misolida yetkazishimiz lozim.

- to`rtinchidan, xalqimizning ma`naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish ruhida tarbiyalash, boshlang`ich sinf o`quvchilarni milliy an`analarimiz, milliy odob-axloqimiz qoidalari, ona tilimizni chuqur o`rganishga da`vat etishimiz lozim.

Mustaqillik davri yaxshi milliy an`analarga, urf-odatlarning mezoni doirasida turib ish tutishni talab etadi. Biz ayniqsa o`qfuvchilarni ajoyib milliy urf-odatlarimiz, chunonchi o`zidan kattani, kariyalarni, ota-onani hurmat qilish, ularning talablarini mumkin qadar bajarish, chanqagan yo`lovchiga suv berish, oyoq ostida yotgan non bo`lagi va ushog`ini olish, daraxt ekish va boshqa juda ko`p go`zal, oliyjanob urf-odatlar ruhida tarbiyalashimiz, ular ongiga singdirishimiz lozim.

Kelajak avlodlar o`z taraqqiyotida o`tmish avlodlarning tajribasidan, yo`l-yo`riqlaridan, ulardan meros qolgan moddiy va ma`naviy merosdan o`z faoliyatlarida foydalanadilar, o`zlariga kerakli xulosalarni chiqarib oladilar.

Boshlag`ich sinf o`quvchilarini milliy qadriyatlar orqali Vatanga e`tiqod ruhida tarbiyalashning manbalarini quyidagi chizma buyicha izohladik:

1


Download 265,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish