)
٢٤
(
«Shunda (Muso) ularga qo‘ylarini sug‘orib berdi. So‘ngra (bir chetga) soyaga borib o‘tirib dedi: «Ey, Robbim,
men uchun nima yaxshilik (rizq) tushirsang, o‘shanga muhtojdirman». (O’sha sura, 24.)
Muso (a.s.) Misrdan Madyanga kelar ekanlar, yo‘lda ko‘katlar va daraxt bargidan boshqa narsa tanovul
qilmagan edilar. Yo‘lda oyoq kiyimlari ham tushib qolgan edi. Hech bo‘lmasa bir dona xurmo bo‘lsa ham,
og‘izlariga solib, ochlik dardini o‘zlaridan quvishni istar edilar.
Muso (a.s.)ning g‘ariblik va bechorahollik bilan daraxt soyasiga o‘zlarini olib, Allohga qilgan iltijolari
payg‘ambarning ziyrak qizlari e’tiboridan chetda qolmadi. Ular otalari huzuriga borganlarida, otalari qizlarining
quduq boshidan juda tez qaytganlaridan ajablanib, buning sababini so‘radi. Qizlar Musoning xabarini
aytganlaridan so‘ng, qizlardan biriga Musoni tez chaqirib kelishni tayinladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |