) ١٩ ( «Ey Muso, kechagi odamni o‘ldirganingdek, bugun meni o‘ldirmoqchimisan. Sen urushganlarni yarashtiruvchi emas, buzg‘unchi qotil ekansan!», (O’sha sura, 19.) - deb baqirdi. Ba’zi mufassirlarning fikrlaricha, Musoga tanbeh berib, muttahamlik qilgan odam isroiliy emas, balki kechagi voqeadan
xabardor bo‘lgan yana bir qibtiy bo‘lib, u o‘zini ham o‘ldirgani kelyapti deb o‘ylagan va «buzg‘unchi qotil ekansan» - deb,
Musoning kechagi gunohidan ham xabardor ekanligiga ishora qilgan. Keyin Fir’avnning huzuriga borib, uni Musoning
ishidan xabardor qilgan va Fir’avnni Musodan o‘ch olishga tezlagan. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. 228-bet.)