Microsoft Word majmua Ta'lim sifati 2



Download 2,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/181
Sana18.01.2022
Hajmi2,21 Mb.
#385257
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   181
 
Uchinchi  bosqich
 
(ikkinchi  sintez).
  Bu  bosqichning  ish  mazmuni  ishtirok 
etuvchi  shaxslarning  muhim  xususiyatlarini  umumlashtirish,  qahramonlarni 
taqqoslash  va  baholash,  asarning  g‘oyasini  aniqlash,  badiiy  asarni  hayotni  bilish 
manbai  va  san’at  asari  sifatida  baholash  (qanday  ma’lumotlarga  ega  bo’ldik,  asar 
nimaga  o’rgatadi,  muallif  o’z  fikri  va  taassurotlarini  qanday  qilib  aniq,  ravshan  va 
ta’sirli tarzda etkazadi va hokazo)dan iboratdir. 
Ikkinchi sintezdan so’ng o’qilgan asarga bog‘liq holda ijodiy xarakterdagi ishlar 
o’tkaziladi. 
Asar  maqsadga  muvofiq tahlil qilinsa, o’quvchilar  faolligi  ortadi, chunki asarni 
tahlil qilish ular uchun ijodiy jarayondir. 


2.  Ўқувчиларда  мантиқий  тафаккурни  ривожлантириш  учун  фикрлаш 
хусусиятларини  шакллантириш  зарур.  Фикрлаш  операциялари  асосида  дарс 
жараёни  фаоллаштирилади.  Бу  ўқитувчининг:  «Нима  учун?»,  «Қандай 
мақсадда?»,  «Сабаблари  қандай?»,  «Натижа  нима  учун  шундай  бўлди?» 
сингари  саволларнинг  муҳокамаси  орқали  амалга  оширилиши  мумкин. 
Ўқитувчиларни  эвристик,  муаммоли  вазиятларга  тортиш,  танқид,  гумон 
ҳолатларини  муҳокама  қилиш,  улардаги  муаммоларни  мустақил  холда  топиш 
ва  уларни  ечиш  учун  ўз  лойихаларини  тузиш  ва  ҳимоя  қилиш  ўқувчилар 
тафаккурининг  маънодор  ва  унумдор  бўлишига  хизмат  қилади.  Демократик 
жамиятда  болалар,  умуман  ҳар  бир  инсон  эркин  фикрлайдиган  этиб 
тарбияланади.  Агар  болалар  эркин  фикрлашни  ўрганмаса,  берилган  таълим 
самараси паст бўлиши мукаррар. Албатта, билим керак, аммо, билим ўз йўлига. 
Мустақил  фикрлаш  ҳам  катта  бойлик.  Хозирги  замон  ўқув  муассасаларининг 
вазифаси  ёш  авлодни  мустақил  фикрлашга  ўргатишдир.  Албатта,  фикрлашда 
ҳам индивидуал фарқлар мавжуд. Фикрлашни билиш - бу инсоннинг ақлидир. 
Ақл ҳақида айрим олимлар ва арбобларнинг фикрлари келтирилган. "Улуғ 
ақл  эгалари  ўз  олдиларига  мақсад  қўядилар,  қолган  одамлар  ўз  истаклари 
ортидан  эргашадилар"  (Вашингтон  Ирвинг).  "Ақл  -  бу  яхши  ташкил  этилган 
билимлар  тизимидир»  (К.Д.Ушинский).  Юқорида  айтиб  ўтилган  барча 
сифатлар  ёш  ўзгарган  сари  ўзгариб  боради.  Ижодий  ишда  фикрлашнинг 
мустақиллиги  ва  танқидийлиги  зарур  бўлиб,  у  ақлий  фаолиятнинг 
продуктивлигини таъминлайди. 
 
Tanqidiy  fikrlashda  g‘oyalar  va  ularning  ahamiyati  ko‘p  fikrlilik  nuqtayi 
nazaridan  ko‘rib  chiqiladi  hamda  ular  boshqa  g‘oyalar  bilan  taqqoslanadi.  Bu 
fikrlashning  eng  yuqori  darajasi  aqliy  faoliyat  bo‘lib,  unda  tahlil,  taqqoslash, 
izohlash,  qo‘llash,  tortishuv,  yangilik,  muammolarni  hal  qilish  yoki  fikrlash 
jarayonini  baholashga  alohida  e’tibor  beriladi.  Tanqidiy  fikrlash  muloqot  va  guruh 
bilan  ishlash  malakalarini  rivojlantiradi.  Tanqidiy  fikrlash  ta’lim  jarayoniga 
jo‘shqinlik  baxsh  etadi,  mashg‘ulotlarni  o‘qituvchi  va  o‘quvchi  uchun  quvonchga 
aylantiradi.  Tanqidiy  fikrlashni  paydo  qilish  uchun  quyidagilar  bo‘lishi  kerak:  - 
o‘quvchida  o‘ziga  xos  nuqtai  nazarni  paydo  qilish;  -  bir  fikrdan  boshqasining 
afzalligini  asoslash  mahorati;  -  murakkab  muammolarni  yechish  mahorati;  -  bahsni 
dalillab olib borish; - yagona fikrni ishlab chiqish uchun birgalikda ishlash mahorati; 
- qarashlar va tasavvurlarga hayotiy tajriba qanday ta’sir qilishini tushunish. Tanqidiy 
fikrlashni rivojlantirish oson ish emas. Bu ma’lum yosh davrida o‘rgatish tugallanishi 
va  unutilishi  mumkin bo‘lgan  masala  ham emas. Tanqidiy  fikrlashga olib boradigan 
aniq-ravshan yo‘llar yo‘q. Biroq o‘qitish shartlarining muayyan to‘plami borki, uning 
yordamida tanqidiy fikrlashni tarbiyalash mumkin. Jumladan, quyidagi shartlar zarur: 
 1.Tanqidiy fikrlash tajribasini orttirishga vaqt va imkoniyat berish. 
 2.O‘quvchilarga fikrlash imkoniyatini berish. 
3.Turli g‘oya va fikrlarni qabul qilish. 
4.O‘quv jarayonida o‘quvchilarning faol qatnashishlariga imkon berish. 
5.O‘quvchilarni ularning ustidan hech kim kulmasligiga ishontirish. 
6.Har  bir  o‘quvchini  u  tanqidiy  mulohaza  yuritishga  qodir  ekanligiga 
ishontirish. 
7.Tanqidiy fikrlash paydo bo‘lishini qadrlash.  
Shu bilan birga, o‘quvchilar: 


1.O‘z-o‘ziga  ishonchni  rivojlantirib,  o‘z  g‘oya  va  fikrlarining  ahamiyatini 
tushunishlari zarur.  
2.Ta’lim jarayonida faol qatnashishlari lozim. 
3.Turli fikrlarni hurmat bilan eshitishlari kerak.  
4.O‘z  mulohazalarini  shakllantirishga  tayyor  bo‘lishlari  yoki  undan  o‘zlarini 
tiyishlari lozim.  
Tanqidiy fikrlashning elementlari quyidagilardan iborat: - tanqidiy fikrlash – bu 
mustaqil  fikrlashdir;  -  axborot  –  tanqidiy  fikrlashning  boshlanishidir;  -  tanqidiy 
fikrlash  savolning  qo‘yilishi  va  hal  qilinishi  zarur  bo‘lgan  muammoni  aniqlashdan 
boshlanadi;  -  tanqidiy  fikrlash  ishonchli  dalillarga  intiladi;  -  tanqidiy  fikrlash  – 
ijtimoiy  fikrlashdir.  Amerikalik  faylasuf  va  pedagog  J.Dyuining  aytishicha,  agar 
o‘quvchilar  muayyan  muammo  bilan  shug‘ullana  boshlasalargina,  ularda  tanqidiy 
fikrlash  paydo  bo‘ladi.  “O‘quv  jarayonining  boshlang‘ich  nuqtasi  hisoblangan,  biror 
vaziyat  yoki  hodisaga  tegishli  bo‘lgan  eng  muhim  savol  bu  hodisa  qanday 
muammoni  vujudga  keltirishini  anglatadigan  savoldir”.  “Faqatgina  muayyan 
muammo bilan kurashib, murakkab vaziyatdan chiqish uchun o‘zining shaxsiy yo‘lini 
izlagandagina,  o‘quvchi  haqiqatan  ham  fikrlaydi”.  Bundan  xulosa  qilish  mumkinki, 
o‘qituvchi darsga tayyorgarlik  ko‘rar ekan, o‘quvchilar to‘qnashishi mumkin bo‘lgan 
muammolar  doirasini  aniqlashi,  so‘ngra  esa,  o‘quvchilarni  bu  muammolarni  o‘zlari 
mustaqil ravishda shakllantirishiga tayyorlashi zarur. Tanqidiy fikrlash tufayli o‘qish 
ana’naviy ishidan aniq maqsadga yo‘nalgan, mazmunli faoliyatga aylanadi hamda bu 
faoliyat  davomida  o‘quvchilar  haqiqiy  aqliy  ish  bajarib,  haqiqiy  hayotiy 
muammolarni  hal  qiladilar.  Ular  dalillar  to‘plab,  matnlarni  tahlil  qilib,  teng  kuchli 
nuqtai  nazarlarni  taqqoslab  hamda  jamoa  imkoniyatlaridan  foydalanib,  o‘zlarini 
qiziqtirgan savollarga javob izlaydilar va uni topadilar. 
 
Adabiyotlar: 
1.  “Янгиланаётган  жамиятда  ёшларнинг  ижтимоий  фаоллиги:  муаммо  ва 
ечимлар”  мавзуидаги  республика  илмий-амалий  конференцияси  мақолалар 
тўплами. Тошкент – 2020 
 

Download 2,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish