Microsoft Word Ko‚chmas mulkka investitsiyalash doc


Ko‘chmas mulkni moliyalash subyektlari



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/132
Sana07.06.2021
Hajmi1,41 Mb.
#66006
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   132
Bog'liq
595d8421e6513fac327059cdaa8b0878

Ko‘chmas mulkni moliyalash subyektlari. Ko‘chmas mulk soha-
sida investitsion faoliyat subyektlariga investitsion loyihalarni amalga 
oshirishning barcha qatnashchilari kiradi: investorlar, quruvchi, ishni 
bajaruvchi, ko‘chmas mulk obyektlaridan foydalanuvchilari, yetkazib 
beruvchilar, bank, sug‘urta va brokerlik tashkilotlari, fondlar va boshqa-
lar kiradi. 
Investorlar – shaxsiy, qarz va jalb etilgan vositalarni ko‘chmas mulk 
obyektiga investitsiya shaklida amalga oshiruvchi va ularni maqsadli 
ishlatilishini ta’minlovchi jismoniy va yuridik shaxslardir. 
Investor sifatida quyidagilar ishlay oladi: 
• hokimiyat va boshqaruvning federal va mahalliy organlari; 
• kredit-moliyaviy muassasalar; 
• investorlar. 
Hokimiyat va boshqaruvning federal va mahalliy organlari, ko‘ch-
mas mulkni moliyalash jarayoni qatnashchilari o‘rtasida iqtisodiy-huqu-
qiy munosabatlarni ta’minlaydi. Davlat ko‘chmas mulk bozorini ishlashi 
bilan bog‘liq qoida va me’yorlarga amal qilinishni ta’minlaydi; hudud-
lashtirish, shaharni rivojlantirish va ko‘chmas mulk obyektlariga mulk 
huquqini ro‘yxatga olish masalalarini nazorat qiladi; ko‘chmas mulkka 
investitsiyalashga imtiyoz yoki cheklovlar o‘rnatadi (qonuniy cheklov-
lar, soliqqa tortish xususiyatlai). Undan tashqari, davlat ko‘plab ko‘ch-
mas mulk obyektlariga ega sifatida maydonga chiqadi. 
Kredit-moliyaviy muassasalar, yetarli vositalarga ega bo‘lmagan 
investorlarga kapitalni taqdim etishadi. 
Investorlar ko‘chmas mulkni sotib oluvchi va uni ishlash holatida 
saqlovchi, jismoniy va yuridik shaxslar bo‘ladi. 
Investorlarni ikki turga bo‘lish mumkin: 


 
92
1) faol – qurilish, obyektni rivojlantirish va boshqarishni moliya-
lovchi va u bilan shug‘ullanadi; 
2) sust – faqatgina loyihani moliyalaydi, unda keyinchalik qatnashmaydi. 
Ko‘chmas mulk sohasida investitsion loyihalarni amalga oshirish 
uchun zarur;  
– tehnik-iqtisodiy asoslanishlarni ishlab chiqish; 
– muhandislik qidiruvlarini o‘tkazish; 
– bino va inshootlarni qurilishiga loyihaviy hujjatlarni ishlab chiqish; 
– rekonstruksiya bo‘yicha ishlarni yuritish; 
– pudratchi qurilish-montaj tashkilotlari bilan, qurilish-montaj, 
boshlang‘ich ishlarini amalga oshirish uchun shartnomalar tuzish. 
Investorlar buyurtmachi vazifasini tegishli xizmatlar orqali o‘rta-
dagi, ularni investitsiyani boshqarishga zarur huquqlar bilan qurollangan, 
yuridik yoki jismoniy shaxslar orqali o‘zlari ham bajarishlari mumkin. 
Ko‘chmas mulk sohasida investitsion loyihalarni amalga oshirish-
da, ishlarni amalga oshiruvchilar sifatida qidiruvchi, loyiha – qurilish, 
boshlang‘ich va boshqa muhandislik, muhandislik – qurilish, bino va 
inshootlarni loyihalash bilan shug‘ullanadigan, ularni ishlab chiqarish 
quvvatlarini o‘zlashtiruvchi tashkilotlar maydonga chiqadi. 
Bajaruvchilarga, muhandislik firmalari, o‘zlarining shaxsiy ishlab 
chiqarish quvvatlariga ega bo‘lmagan, lekin mutaxassis-menejerlarga ega 
va investitsion loyihalarni bajarishda bosh pudratchi sifatida ishlaydigan 
va qurilish, montaj va boshqa tashkilotlarni subpudrat shartlarida jalb 
etuvchilar kiradi. Mutaxassis menejerlar investitsion loyiha doirasidagi 
barcha ishlarni bajarish bo‘yicha tashkiliy rejani shakllantirishadi va 
amalga oshirishadi, barcha jalb etilgan tashkilotlar ishlarini bog‘lanish-
ligini ta’minlaydi. 
Ko‘chmas mulk sohasida investitsion loyihalarni amalga oshirish – 
katta hajmdagi qurilish ashyolari, konstruksiyalari, texnologik jihoz, 
shuningdek, nostandart mollari, elektr ashyolar, kabel mahsulotlari, 
quvurlar, metall prokatlar va boshqalarni ishlatish bilan bog‘liq. 
 Shuning uchun investitsion loyihalar muhim qatnashchilar bo‘lib, 
ko‘rsatilgan mahsulotlarni yetkazib beruvchilar va ularning dilerlari 
hisoblanishadi. 
Ko‘chmas mulk sohasida investitsion faoliyat subyektlarining katta 
guruhini institusional investorlar tashkil etishadi va ularga quyidagilar 
kiradi: sug‘urta va investitsion shirkatlar, turar-joy kooperativlari, bo‘-
nakli investitsion fondlar, individual turar-joy qurilishi fondlari va bosh-


 
93
qalar. Ko‘rsatilgan tashkilotlarning vazifasi – aholi, xo‘jalik subyektlari-
ning bo‘sh vositalarini jalb etish va ularni investitsiyalash maqsadiga 
yo‘naltirishdir. 

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish