Portfelli investitsiyalash. Portfelli investitsiyalash nima? Bu tu-
shuncha muayyan portfelni shakllanishi bilan bog‘liq. Portfelli inves-
titsiyalar biron qimmatli qog‘oz va boshqa aktivlarni sotib olish bilan
bog‘liqdir. Bu holatda portfel o‘zida, bir portfelga keltirilgan va inves-
torga o‘z investitsion maqsadlariga erishishga xizmat qiluvchi o‘ziga xos
jihozi bo‘lib, investitsion qiymatlar yig‘indisini aks ettiradi. Portfelga ni-
ma kirishi mumkin? Bu turli qimmatli qog‘ozlar: aksiyalar, obligat-
siyalar, depozit yoki jamg‘arma sertifikatlari, sug‘urta polisi va boshqa
qog‘ozlardir. Shu bilan, portfelli investitsiyalash deganda qimmatli qo-
g‘ozlarga investitsiyalashni tushunish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |