Microsoft Word boshlangich sinf oquvchilarini masalalar echishga orgatish metodikasi


§ 1.3.  Masalalarni yechish usullari



Download 224,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/25
Sana19.06.2021
Hajmi224,91 Kb.
#70849
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
boshlangich sinf oquvchilarini masalalar echishga orgatish metodikasi

§ 1.3.  Masalalarni yechish usullari 

Ayrim turdagi masalalarni yechishga o’rgatishning uch bosqichdagi ish 

metodikasini qarab chiqamiz. Bu bosqichdagi maqsad–o’quvchilarda berilgan 

sonlar va izlanayotganson orasida ma’lum bog’lanish mavjud bo’lgan masalalarnni 

yechish o’quvini shakllantiridir. 

Ayrim turdagi masalalarni yechish usulini umulashtirish ustida ishlash, eslab 

qolish ishi bilan almashtirish kerak emas, chunki bu holda o’quvchi tanish turdagi  

masalani taniy biladi va uni yechishdagi amallarni bajarish tartibini eslaydi, avval 

qo’shaman so’ngra bo’laman… va hokazo. O’quvchining butun harakati berilgan 

sonlar va izlanayotgan son orasidagi tegishli bog’lanishlarni ochib berishga 

qaratilgan bo’lishi kerak, uning asosida u tegishli arifmetik amalni tanlaydi. 

Bolalarga umumlashtirish uchun yordam beradigan usullarni ochib beramiz.  

Ma’lum turdagi masalalarni yechish usullarni to’g’ri umumlashtirish uchun

masalalarni tanlash va joylashtirish sistemasi katta ahamiyatga ega. Sistema 

ma’lum talablarni qanoatlantirishi lozim. Eng avvalo masalalar asta-sekin  

murakkablashib borishi kerak. Murakkablashtirish masala yechiladigan 

amallarning sonini orttirish yo’li bilan berilgan son va izlanayotgan son orasida 

yangi, bog’lanishlarni kiritish yo’li bilan olib borishi mumkin. Masalan, baho, pul 

miqdori kabi kattaliklari bilan 4-proportsionalni topishga doir masala bilan 

tanishgandan so’ng ikkitadan ortiq amal bilan yechiladigan masalalar kiritiladi.  

Kichik yoshdagi o’quvchilar ma’lum turdagi masalalarni yechish usullarini 

to’g’ri umumlashtirishlarning asosiy shartlaridan biri bu masalalarni yetarli 

miqdorda yechishdir. 

Biroq qaralayotgan turdagi masalalar birdaniga ketma-ket kiritilmasdan, 

balki sekin-asta kiritish kerak avval tez-tez, keyin esa borgan sari  kamroq, boshqa 

turdagi masalalar bilan aralashtirib kiritiladi. Bu masalaning yechilish usulini 

yodlab olishning oldini olish zarur. Yechish usulini umumlashtirishda harfiy 

ma’lumotli masalalar yordam beradi. 




 24

Yangi turdagi masalani yechish uquvini  hosil qilishda shu turdagi 

masalalarning yechilishlarini ilgari qaralgan,  yangi  turdagi  masalaga  ma’lum  

darajada  o’xshash  masalalarning  yechilishlari  bilan  taqqoslash  yordam  

beradi.Bunday  mashqlar  bir  turdagi  masalalarning  yechilish     usullarini   

aralashtirib  yuborishning  oldini  oladi.  Masalan,  sonni  bir  necha  birlik  

orttirish  yoki  kamaytirish  bevosita   yoki  bilvosita  bayon  qilingan  masalalarni  

taqqoslash  lozim,  shu  maqsadda masalalrni jufti bilan kiritish kerak: 

1.  Noma’lum son 15 dan 8 ta ortiq. Noma’lum sonni toping.  

2.  12 noma’lum sondan 7 ta ortiq. Noma’lum sonni toping. 

Bu masalalar yechilgandan so’ng, nima uchun ularning har birida ham, … 

dan … ta ortiq deyilsa ham har bir amal bilan yechilishi oydinlashtiriladi. 

O’quvchilar ikkinchi masalada 12 soni noma’lum sondan 7 ta ortiq, demak 

noma’lum son 12 dan 7 ta kam va masalani ayirish amali bilan yechish lozim deb 

javob berishlari kerak. Bu 3-bosqichda bo’ladi. Shuni ko’zda tutish kerakki, 

ma’lum turdagi masalani yechish uquvini egallash hamma bolalarda ham, bir 

vaqtda paydo bo’lmaydi. Masalan bir gruppa bolalar qaralayotgan turdagi 

masalaning yechilishi usulini umumlashtirishga mo’ljallangan.   

Birinchi  darslardayoq  masalani  ko’rib  darhol  tegishli  bog’lanishlarni  

aniqlay  olishlari va  amallarni  to’g’ri  tanlab  bilishlari  mumkin. 2-bir  gruppa  

bolalarni  masalani  qisqa  yozuv  yoki  chizmani  bajarganlardan  so’ng  yecha  

oladilar,  ya’ni  bazi  bolalar  hali  masala  shartini  konkretlashtirishga  muhtoj  

bo’ladilar.  Huddi  shu  vaqtda  uchinchi  gruppa  bolalar  masalani o’qituvchi  

rahbarligida   tegishlicha  tahlil   qilingandan  so’nggina  yecha  oladilar.  Buni  

hisobga  olib,  shunday  sharoit   yaratish  kerakki,  bunda  bolalarning  har  biri  

o’zining  imkoniyatiga  yarasha  ishlashini, bunda turli gruppa o’quvchilariga 

turlicha talab qo’yish yo’li bilan erishiladi. Bunday tabaqalangan yo’l tutish 

amalda har xil bajariladi. 

Masalan, bolalarning hammasiga bitta masalani yechishni taklif qilib, so’ngra 

ulardan qaysi biri bu masalani o’zi yecha olishini so’rash mumkin. Bu masalani 




 25

qanday yechishni biladigan o’quvchilarga masalani mustaqil yechishni qolgan 

o’quvchilarga masalani qisqa yozib olishni chizma yoki rasmni chizishni taklif 

qilish kerak, shundan so’ng  endi qanday yechishni bilishini yana bir bor so’rash 

kerak. Bolalarning yana bir qismi masalani mustaqil yechishga kirishadi. Qolgan 

o’quvchilar bilan birgalikda masala tahlil qilinadi, shundan so’ng yechishni 

mustaqil yozish taklif qilinadi. Masalani boshqalardan ilgari yechgan o’quvchilar 

qo’shimcha topshiriq oladi.  

 

 

 



 

 

 



 

Quyidagi variant ham bo’lishi mumkin, qaralayotgan turdagi 

masalalardan qiyinchilik darajasi turlicha bo’lgan bir nechtasi mustaqil ishlash 

uchun taklif qilinadi. Bunda masalalar shunday maqsad bilan olinadiki yengil 

masalani har bir o’quvchi yecha olishi kerak, bu esa qiyinroq masalani mustaqi 

yechishga tayyorgarlik bo’ladi. Masalan, quyidagi bir juft masala taklif qilinadi.  

1.  Uch tup olma daraxtidan 310 kg olma terib olindi. Birinchi tupdan 120 kg , 

ikkinchi tupdan 90 kg olma terib olindi. Uchinchi tup olma daraxtidan necha 

kilogramm olma terib olindi? 

2. Uch tup olma daraxtidan 280 kg olma terib olindi. Birinchi tupdan 96 kg, 

ikkinchi tupdan birinchi tupdan terib olingan olmaning  

4

3



 qismi terib olindi. 

Uchinchi tup olma daraxtidan necha kg olma terilgan?  

O’qituvchi o’quvchilarga 2- masala, 1-masalaga qaraganda qiyinroqligini 

lekin, uni hamma yechishga urinib ko’rishi mumkinligini aytadi. Kim yecha 

olmasa avval birinchi so’ngra, ikkinchi masalani ham yechish oson bo’ladi. 

Masalaning yechilish usulini umumlashtirish uchun vaqti-vaqti bilan harfiy 

ma’lumotli, shuningdek, son ma’lumotli masalalarning  yechilishlarini elementar 

tadbiq qilib o’takazib turish foydali. Bu masala yechimga ega bo’ladigan yoki 

yechimga ega bo’lmaydigan bitta yoki bir nechta yechimga ega bo’ladigan 

shartlarni, shuningdek bir kattallik qiymatining o’zgarishiga bog’liq ravishda 

ikkinchi kattalilk qiymatining o’zgarish shartlarini aniqlash demakdir. Quyidagi 

masalani yechish  talab qilinsin:”Singlisi  bir  oyda  x ta kitob o’qidi, akasi esa y ta 




 26

kitob kam o’qidi. Akasi qancha kitob o’qidi?”. Masala bo’yicha o’quvchilar x 

ifodani yozadilar. Qanday ifoda hosil qilindi? (Ayirma) x harfiga qanday qiymatlar 

berish mumkin? y harfidan  katta yoki teng qiymatlarni chunki kamayuvchi, 

ayriluvchidan katta yoki teng  bo’lishi kerak. Hayotda bo’ldigan qiymatlarni olish 

kerak, bir oyda 10 ta yoki undan kam kitob o’qish  mumkin. Bolalar  harflarga  

turli qiymatlar bera turib, faqat sonli ma’lumotlari bilan farq qiluvchi barcha 

masalalar bitta amal bilan yechilishiga ishonch hosil qiladilar. Masala  yechilishini  

umumlashtirish  shundan iborat. Bundan tashqari hosil qiligan sonli ma’lumotlarni 

taqqoslab o’quvchilar  qaysi hollarda akasi o’qigan kitoblar soni ortishini va qaysi 

hollarda kamayuvchini kuzatish mumkin. 

Qaralayotgan turdagi masalalarni yechish malakasini ishlab chiqish uchun 

ijodiy malakasini mashqlar yordam beradi. Bular jumlasiga qiyinroq masalalarni 

tuzish va o’zgartirishga doir mashqlar berilgan masalalarni bir nechta usul bilan  

yechish, berilgan sonlari yetishmaydigan yoki ortiqcha bo’lgan masalalar kiradi.  

Qiyinroq masalalarni yechish bolalarda masala mazmuniga chuqurroq qarash va 

berilgan va izlanayotgan sonlar orasidagi bog’lanishni har tomonlama fikrlash 

odatini ishlab chiqishga yordam beradi. Qiyinroq masalani istalgan sinfda taklif  

qilish lozim, bunda faqat ushbu 1 ta shartni hisobga olish kerak, taklif qilinayotgan 

qiyinroq masalalarni yechilishi keltirilgan oddiy masalalarning yechilishi bolalarga 

ma’lum bo’lishi kerak. 

Ko’p masalalar turli usullar bilan yechilishi mumkin. To’g’ri yechish 

yo’llarini izlash bolalarni berilgan sonlar va izlanayotgan son orasidagi yangi 

bog’lanishlar ochishga shuningdek endilikda bolalarga ma’lum bog’lanishlardan 

yangi sharoitlarda foydalanishga olib keladi, bu esa yechish usulini 

umumlashtirishga keltiradi. 3 sinf o’quvchilari quyidagi tenglamalarni tuzishlari 

mumkin. Masalalarni tuzish va o’zgartirishga doir mashqlar masalalarning 

yechilish usullarini  umumlashtirishda favqulotda samarador bo’lib hisoblanadi. 

Masalalarni tuzish va o’zlashtirishga doir mashqlarning ba’zi bir turlarini 

qarab chiqamiz. 




 27


Download 224,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish