55
3-jadval
№
Amalga oshiriladigan tadbirlar
Olinadigan natija
Energiyani
tejash, %
1.
Ish mashinalarini podshipnik larini
o‘z vaqtida moylash
Yuklamani
kamaytiradi
20 % gacha
2.
Ventilyasiya
qurilmalarning
kanallarini o‘z vaqtida tozalash
Yuklamani
kamaytiradi
20 % gacha
3.
Ventilyatorlarni
unumdorligini
rostlash
YUklamani
kamaytiradi
8 % gacha
4.
Uskunalarni
salt
ishlashini
cheklash
Salt ishlash isrofini
kamaytiradi
1-5 % gacha
5.
Ventilyasiya qurilmalarini havo
yo‘llarini qarshiligini kamaytirish
Elektr energiyasini
tejash
2 - 10% gacha
6.
Nasos qurilmalarida suv oqimini
yoki sathini ortiqchasini yo‘qotish
Nasos stansiyasi elektr
energiyasini tejash
1-2%
7.
Suv isrofini kamaytirish
Nasos stansiyasi elektr
energiyasini tejash
1% gacha
8.
O‘tkazuvchi quvurlarni tozalash
Turbomexanizmlarda
elektr yuklamasini
kamaytirish
1-2 %
9.
Elektr ta’minot tizimida fazalar
nosimmetrikligini kamaytirish
Muvozanatlovchi
toklarni yo‘qotish
1-5 %
10. Ventilyator va nasoslarni FIK
yuqori
bo‘lganlari
Bilan
almashtirish.
Elektr energiya isrofini
kamaytirish
2-5 %
11. Reaktiv quvvatni qoplash
Quvvat koeffitsientini
oshirish
2-5 %
12. Quvurlarni diametrlarini oshirish
Qarshilikni
kamaytirish
2-5 %
56
Elektr mashinalarda energiya istemoli samaradorlik ko‘rsatkichlari sifatida
quvvat koeffitsienti, foydali ish koeffitsienti (yoki nisbiy energiya isroflari),
energiyada foydalanishda elektr energiyasi sifati ko‘rsatkichlarini meyyoriy
qiymatlar doirasida bo‘lishi va sh.o‘. bo‘ladi.
Bunda joriy vaqtdagi elektr energiyasi samaradorlik ko‘rsatkichlariga ta’sir
etuvchi kuchlanishni sifati ko‘rsatkichlari tahlil qilinib natijalar keltiriladi. Bular,
kuchlanishni og‘ishi va tebranishi, nosimmetriklik va nosinusoidallik koeffitsienti
va boshqalar bo‘ladi.Elektr mashinalarni belgilangan meyyoriy ko‘rsatkichlar
doirasida ishlatish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, texnologik elektr
uskunalarini optimal ish rejimida ushlab turish va shunga o‘xshash tadbirlar kiradi.
Ishlab chiqarishda asosiy ekspluatatsiya qilinuvchi elektr uskunalar elektr yuritma
va yoritish uskunalari tashkil qiladi.
Korxona elektr energiyasi istemolining asosiy qismi texnologik mashinalarning
elektr yuritmalariga to‘g‘ri keladi. Elektr yuritmalarni ish rejimlarini optimallash
va rostlanadigan elektr yuritmalardan foydalanish katta iqtisodiy samaradorlikni
ta’minlaydi. Elektr yuritmalarni samarasiz ishlashiga turli omillar ta’sir ko‘rsatishi
mumkin. Elektr motorlarni samarasiz ishlashi sabablari:
-kam yoki ortiqcha yuklantirilishi;
-nominal kuchlanishdan past yoki yuqori kuchlanishda ishlashi;
-sifatsiz elektr energiyasidan ta’minlanishi;
-sifatsiz ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish;
-istemolchilarni past energetik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi;
Elektr yuritmalardagi energiya tejash tadbirlari sifatida quyidagilarni keltirish
mumkin:
-motor quvvatini oqilona tanlash;
-energetik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan motorga almashtirish;
-salt ishlash rejimini cheklash va ish jarayonini intensifikatsiyalash;
-elektr energiyasi sifati ko‘rsatkichlarini rostlash;
-optimal ish rejimlarini ushlab turish.
-yuklamaga bog‘liq ravishda motor ulash sxemasini o‘zgartirish
-texnologik talab bo‘yicha motor tezligini rostlash
57
-yuklamaga muvofiq motor energiya sarfini rostlash
- reaktiv quvvatni qoplash.
Sanoat korxonalarida energiya tejash bo‘yicha loyihalarni oqilona variantini
aniqlashda variantli, ekstremal yoki ularni birgalikdagi hisoblash usullaridan,
hamda keltirilgan xarajatlarni umumlashgan farqi usulidan foydalanish mumkin
[60, 123, 125]. Energiya tejash tadbirlarini iqtisodiy samaradorligini baholashni
eng samarali usuli iqtisodiy va natural ko‘rsatgichlar kompleks tahlil qilish
hisoblanadi.