Vaziyat
|
Taqsimlash
|
Javobgarlik
|
1
|
2
|
3
|
4
|
|
1
|
Xodim ishxonaga video magnitafonlarning platasini montaj qilish bo‘yicha qabul qilingan. Tayyor mahsulotni nazorat qilish jarayonida bosma platalar montajidagi brak aniqlandi.
|
|
|
2
|
Vrach-jarroh tibbiy hamshiraga o‘tkaziladigan operatsiya jarayoni uchun qon quyishni tayyorlashni topshirdi. Bemor tibbiy hamshira noto‘g‘ri tallangan qon guruhi sababli o‘ldi.
|
|
|
3
|
Muhandisning xatosi sababli ko‘rsatuvchi mehanizmlarni ishlab chiqarish uchun butlovchi buyurtma berilmaydi va tayyor maxsulotni yuklash bo‘yicha zavodning majburiyatlari o‘z muddatida bajarilmadi.
|
|
|
12.MEHNAT JAMOALARIDA XODIMLARNI BOSHQARISH
Menejer mehnati va uning xususiyatlari. Menejerning mehnati, tovar ishlab chiqaruvchilarning mehnatini ajralmas qismi, menejment funksiyalarining operativ bajarilishi. Boshqaruv kadrlari xakida tushuncha. Hozirgi bozor iqisodiyoti sharoitida kadrlar ahamiyati. Kadrlar siyosatining strategiya va taktikasi. Kadrlar ishi tizimini boshqaruv xodimlari bilan bo‘ladigan ishni shakli, usuli, yo‘nalishi va o‘lchovlarining birlashmasi. Kadrlar bilan bo‘ladigan ish, kadrlarni tanlash, joy joyiga qo‘yish, bir joydan ikkinchi joyga o‘tkazish va ularni yuqori lavozimlarga ko‘tarish, ishlarini rejalashtirishni tashkil etish va rahbarlik qilish ishlari.
Topshiriq
Mutaxassislarning fikricha menejerning kadrlar bilan ishlashi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
menejerning firma xodimlarining fikrlari va ularning erishgan natijalari bilan tanishishga qiziqishini ifoda etishi;
xodim o‘z fikrini qo‘rqmasdan ayta olishi mumkin bo‘lgan holatni yaralishi;
firma ichidagi kommunikatsiyani yaxshilashi;
muammoli sohalarni aniqlash va ixtiloflarni yechish uchun kuchlarniyo‘naltirishi;
informatsiyani tezkor (operativ) yangilash va mehnat bo‘yicha ko‘rsatkichlar bazasini dolzarblashtirishi;
kooperatsiyalash va hamkorlik muhitini yaxshilashga erishishi;
mehnatni tashkil etishi va boshqarishni takomillashtirishning yo‘nalishini aniqlashi;
personalni korporativ vazifalarni yechishga jalb etish va firmaning iqtisodiy yutuqlari uchun javobgarlik hissini qo‘llab-quvvatlashi.
Savollar: 1. Sizning o‘ylashingizcha bu yerda kadrlar menejmenti faoliyatining barcha asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatilganmi yoki nimadir qoldirilganmi (oxirgisini aniqlashtiring)?
2.O‘zbekiston amaliyotiga taqqoslaganda kompaniyaning inson resurslarini boshqarishda qanday o‘ziga xos holatlariga asosiy e’tiborni qaratish talab etiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |