2-vaziyat
O‘z ish vaqtingizni «Alplar», «AVS» va 60:40 usullaridan foydalangan holda (menejer rioya qilishi lozim bo‘lgan barcha talablardan kelib chiqqan holda) rejalashtiring, agarda ish kunining doimiyligi 9 soatni tashkil etadigan bo‘lsa, xulosalarni asoslab bering.
3-vaziyat
Agarda ish kunining davomiyligi 8 soatni tashkil etsa, o‘z ish vaqtingizni Pareto vaqt tamoyiliga (80:20 nisbatdagi) rioya qilgan holda rejalashtiring.
4-vaziyat
Qurilish tashkiloti bosh direktorining topshirig‘i bo‘yicha «Alplar» usulidan foydalangan holda, quyida sanab o‘tilgan vaziyatlarni amalga oshirish bo‘yicha rejani ishlab chiqing.
Korxona bo‘limlari rahbarlarining 0’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida malakalarini oshirishni va attestatsiya qilish jarayonini tashkil etish. Muddat - 01.05.2008 yilgacha.
Korxona xarajatlarini oktgan yarim yillikka nisbatan 10%ga kamaytirishni ta’minlash. Muddat - 01.07.2008 yilgacha.
Korxona xodimlarining mehnatga layoqatsizligi tufayli yo‘qotitadigan ish vaqtini 20%ga kamaytirish. Muddat - 01.07.2008 yilgacha.
Kalendar rejalashtirishni joriy etish hisobiga kranlar yuklamasini BMD(boshqarishning miqdoriy dasturi) bilan 15%ga oshirish (ikki smenali korxona ish rejimida). Muddat - 01.07.2008 yilgacha.
Mahsulotlarni iste’molchilarga jo‘natish muddatlariga rioya qilish (jami jo‘natilgan mahsulotlar hajmida o‘z vaqtida jo‘natilgan mahsulotlar ulushini 98%gacha oshirish). Muddat - 01.01.2008 yilgacha.
Foydalaniladigan xom ashyo chiqindilarini 25 %ga kamaytirish. Muddat - 01.04.2008 yilgacha.
CHiqarilayotgan agregatlarda uzellar sifatini kompyulerda nazorat qilish tizimini o‘rnatish. Muddat - 01.04.2008 yilgacha.
5-vaziyat
Menejerning ishbilarmonlik sifatlarini tahlil etishda siz quyidagi balli ekspert baholash usullar modifikatsiyasini qanday baholaysiz?
Ekspertlar savolnomalarni besh balli shkala bo‘yicha menejer sifatlarini baholagan holda to‘lg‘azishadi. Keyinchalik har bir ekspert boshqa ekspertlarning hisobotlari yig‘indisiga ega bo‘ladi va qaytadan o‘z bahosini ko‘rib chiqadi. Agarda uning bahosi boshqa ekspertlarning baholaridan ancha farq qiladigan bo‘lsa u bunday holda ushbu farqni tushuntirib beradi. Ushbu jarayon integratsion takrorlanishi mumkin.
Ekspertlarning anonimligi (noma’lumligi) shaxslararo ixtiloflardan «qutilishga yordam beradi.
6-vaziyat
Henry Mintzbery 60-80 soatlik ish haftasi bo‘yicha firma rahbarining ish vaqtini taqsimlash misolini (1.3.3-rasmda) keltiradi. Siz ushby rahbarning ish vaqtidan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qanday tavsiyalar bera olasiz?
7-vaziyat
Tushunchalami aniqlashtirishga harakat qiling:
taqsimlash» (kimga qancha vazifa topshirilgan);
«javobgarlik» (avariyali vaziyatlar uchun qanday xodimlar javobgar hisoblanishadi va ishda aniqlangan xatolardan keyin qanday harakat qo‘llanilgan).
1.3.4.jadvalda keltirilgan vaziyatlar uchun 3 va 4 ustunlarni to‘lg‘azing.
Do'stlaringiz bilan baham: |