Oldinga qo‘yilgan vazifalar davomiyligini baholash
Oldinga qo‘yilgan vazifalarning davomiyligini baholashda 1.3.1- jadvaldagi har bir vazifalarning qarama-qarshisida uni bajarish uchun zarurbo‘lgan yaqin vaqtni qo‘ying. Vaqtinchalik oraliqlami jamlashtiring va mo‘ljallangan umumiy vaqtni aniqlang:
1.3.1-jadval
|
Oldinga qo‘yilgan vazifalar davomiyligini baholash
|
«Kunning rejasi»
|
Vaqt, soat
|
J - bozorni o‘rganish loyihasini tahlil etish
|
3,0
|
K - janob X (ekspert baholash)
|
2,0
|
SK - "BMV". sotuvchisiga (ushlanib qolgan avtomobillar)
|
1,5
|
YOI - janob Uga (xat)
|
0,5
|
T - janob Z bilan (EHM dasturi)
|
0,5
|
T - janob M bilan (sotuv statistikasi)
|
0,5
|
O‘ hujjatlami o‘rganish (hisobotlar, sirkulyarlar, gazetalar va hokazolar)
|
1,5
|
T - janob J bilan (kechki yugurish)
|
0,5
|
Jami:
|
10,0
|
Qarorlar ustuvorliklarini qisqartirishlar va qayta topshirishlar bo‘yicha qabul qilish
Ushbu bosqichning maqsadi vazifalarini ajratish uchun ajratilgan vaqtlarni 5-6 soatgacha qisqartirish hisoblanadi. Buning uchun quyidagi ishlarni bajarish ko‘zda tutiladi:
Pareto tamoyili (80:20 munosabatdagi) bo‘yicha ahamiyatli (muhim) va ahamiyatsiz vazifalar (ish)ni aniqlash. Ushbu qonuniyatni menejerning ish vaziyatida qo‘llash shuni anglatadiki, ya’ni ish jarayonidagi birinchi 20% sarflangan vaqt (xarajat) bilan 80% natijaga (chiqarilgan mahsulotlar) erishadi. qolgan 80% sarflangan vaqt bilan erishilgan umumiy natijaning atigi 20%ni tashkil etadi. Bu tamoyillardan foydalanishni kundalik ishlarga qo‘llaganda bu shuni anglatadiki, ya’ni avvalo, eng oson, qiziqarli yoki minimal xarajatlarni talab etuvchi ishlardan boshlash kerak emas, balki vazifalarga ularning mohiyati va muhimligiga qarab yondashish zarur. Agarda barcha vazifalar yakuniy natijaga muvofiq ularning ulushlari tahlil etiladigan va keyin A, V va S (AVS usuli) kategoriyalari bo‘yicha taqsimianadigan bo‘lsa, Pareto tamoyilidan foydalangan holda ketma-ket qo‘llash aniqlashtiriladi.
A,V,S usuli yordamida muhim vazifalar (ishlar) uchun bir xil ustuvorliklarni belgilash va ular bilan kunlik vazifalarning muvofiqligini aniqlashtirish (1.3.2-rasm). A,V,S tahlili tasdiqlangan tajriba bilan quyidagi 3 ta qonuniyatga asoslanadi.
eng muhim vazifalar (A kategoriya) menejer band bo‘ladigan jami vazifa va ishlarning taxminan 15%ni tashkil etadi. Ushbu vazifalaming xususiy ahamiyati (maqsadga erishish ma’nosida) 65%ni tashkil etadi;
muhim vazifalar (V kategoriya) butun vazifalar hajmining 20%ni tashkil etgani holda ularning ahamiyati ham 20%ni tashkil qiladi;
bir muncha ahamiyatsiz, ya’ni shoshilinch bo‘lmagan ishlar (S kategoriya) aksincha vazifalar umumiy miqdorining 65%ni tashkil etadi va ularning umumiy firma(korxona) maqsadiga erishishdagi ahamiyati 15%ga to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |