Менежмент. Маркетинг


Konyunkturani bashorat qilish



Download 8,34 Mb.
bet221/448
Sana03.01.2022
Hajmi8,34 Mb.
#272838
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   448
Bog'liq
Менежмент маркетинг мажмуа 2020

8.3. Konyunkturani bashorat qilish
Ayrim tovar bozor konyunkturasini o‘rganishdan maqsad to‘g‘ri bashorat qilish va o‘zgarishlarning oldindan aytib berishdan iboratdir. Umuman bashorat - bu ob’ekt ahvolining kelajagi haqida, fikrlari va rejalarini ruyobga chiqarish yo‘llari va muddatlaridir. Bashorat insonning o‘rganish va amaliy faoliyatida yo‘llangan ob’ekti bo‘lib, jaraenlar, ko‘rinishlar, xodisalar bo‘lishi mumkin.

Bashorat qilish bu- ob’ektning kelajagini tahlil qilish va bu kelajakni qanday bo‘lishini ko‘ra bilishdir. Ijtimoiy-iqtisodiy jaraenlarning bashorat imkoniyatlari eng avval sabab va xodisa bog‘lanishlarining tabiat harakterlari orqali aniqlanadi. Oldindan aytib berish, bashorat qilish faqat umumiy xossalar va konuniylikka ega bo‘lgan sabab va xulosalar aniq bo‘lgan jaraenlarga bog‘liqdir.

Iqtisodiy bashorat konyunkturasining tuzishning asosiy imkoniyatlari iqtisodiy xodisalarni rivojlanishi to‘g‘ridan - to‘g‘ri vaqt takozosi orqali aniqlanadi. Bashorat kiluvchining vazifasi Hozirgi kunda ko‘z ostida oldingilarni esga olib, kelajak elemetlarini topish va umum tendentsiyalarini o‘rganib shu xodisalarni rivojlanishining kelajagini ko‘rsatib berishdir.

Bashoratning maqsadi va xizmati ratsional yechimlar qabul qilish uchun muqobil iqtisodiy rivojlanish va uning ijtimoiy-iqtisodiy natijalarini ko‘ra bilishdir. Bashorat qilish umumiy rejalashtirishni va boshqarishni rivojlantirish uchun samarali kurol bo‘lib xizmat kiladi. Jaxon bozori rivojlanish kelajagini aniq ko‘ra bilish uning imkoniyatlarini va ehtiyojlarini aniqlash uchun davlat mikyosida kaysi sohalarini usishi va effektivligini aniqlash va radikal o‘zgarishlarini va ilmiy ishlab chiqarishni baholashga imkoniyat beradi.

Bashorat qilish har doim ishning rejalashdan oldingi bosqichi hisoblanadi, marketing dasturi va rejasining asosiy variantlaridan biri hisoblanadi, chunki bashorat qilishning maqsadi- bilimimizning darajasiga to‘g‘ri keladigan va bashoratga kiritilishi asosida mumkin bo‘lgan holatlarning rivojlanishini kengrok bo‘lishi mumkin bo‘lgan muqobil yo‘llarini berishdir. Bu holatda qaror qabul qilish bashorat variantlarining ko‘prok bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoslangan tanlov hisoblanadi. Bashorat qilish- ilmiy analitik ajralmas bosqichdir. Ishlab chiqarilgan bashoratlar asosida qarorlarni qabul qilish ham qaror hisoblanadi. Hozirgi vaqtda iqtisodiy bashorat qilish 1-1,5 eng ko‘pi 2 yildir, o‘rta muddatli 5 yilgacha, uzoq muddatli 5 yildan ortik va 15-20gacha. Qisqa muddatli bashorat qilish bu har doimgi kon’yunktura bashoratidir, u har kungi amaliyotning boshqaruvchisi hisoblanadi, uzoq muddatli bashorat qilish umumiy tendentsiyalarini aniqlaydi, iqtisodiy programmalarni tuzishda asos hisoblanadi va u kelajak konyunkturani aniqlash uchun muhimdir. Hozirgi vaqtda zamonaviy ilm-fanda bashorat qilishning 100dan ortik turli uslublari kullaniladi. Ular bir-birlaridan kullanmalari bilan, ularni qo‘llash va asoslanganliklari bilan fark kiladi. Ularning orasida ekspert baholash uslubi, miya xujumi, tarixiy analog, EXMlarni ishlatishda har xil matematik- statistik uslublarni qo‘llash bilan fark kiladi.

Kon’yunkturani bashorat qilishda kon’yunktura rivojlanishi umumiy tendentsiya baholaridan boshlash kerak. Buning uchun esa kelajak kon’yunkturani zamonaviy kon’yunkturadan ajratish uchun hamma narsani e’tiborga olishi kerak. Bu maqsad uchun esa uzoq davr uchun xizmat kiladi.Kon’yunktura rivojlanishidagi ichki omillar bilan bir katorda yana shu mamlakatning iqtisodiyotiga jaxon kon’yunkturasini ta’sir etishini ham kuzatish kerak, chunki u ba’zi mamlakatlar uchun kon’yunktura sinish paytida katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Agar mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalari qancha kuchli bo‘lsa, shunchalik unga bo‘lgan ta’sir ortadi.


8.4. Bozor kon’yunkturasini bashorat qilish uslublari
Umuman bashoratni aniqlash ma’lum ob’ektning bo‘lajak holatini, ilmiy asosda obrazini yaratish demakdir.

Tovarlar bozori bashoratini aniqlashda quyidagi talablar e’tiborga olinishi shart:

1.Kelajakda bozor kon’yunkturasiga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda ilmiy asoslangan, ishonchli va tizimli yondashish.

2. Bashoratni aniqlashda bir necha variantlardan foydalanish, ularning natijalari bir xil yoki yaqin bo‘lishi.

3.Ishlatilgan uslublarning ilmiy asosi yetarli bo‘lishi.

4.Xulosalarni aniq va ravon tilda, ayniksa qaror qabul kiluvchilarga tushunarli ishlanganligi.

5.Bozor kon’yunkturasi istikboli o‘z vaqtida aniqlanishi va korxona, assotsiatsiya, kompaniya va vazirliklar ishini boshqarishda kullaniladi.

Bozor kon’yunkturasini iqtisodiy tenglikka yo‘likmaslik, muvozanatiga erishish sharti hisoblanadi.

Bozor kon’yunkturasini bashorat qilish uslublarini 4 ta katta sinfga bo‘lishimiz mumkin.

1. Faktografik uslublar. Bu bashorat qilishning shunday uslubiki, unda utgan davrda bo‘lib utgan xakikiy omillardan axborotli asos sifatida foydalaniladi. Bu ma’lumotlar mikdor va sifat harakteriga egadir. Bozor kon’yunkturasini bashorat qilishning faktografik uslublari o‘z navbatida 3 turga bo‘linadi. Birinchi turi ekstropolyatsiya va interpolyatsiya uslublari yigindisidan iborat bo‘lib, bu turdagi modellar uchun chizikli funksiyalarni tuzishda boshlangich axborotdan foydalanish harakterlidir. Ikkinchi turi statistik uslublar bo‘lib, ular ikki va undan ortik o‘zgaruvchan bashorat qilish ob’ektlarining o‘zaro aloqalarini tadqiq qilishda kullaniladi. Uchinchi turi mazkur ob’ektlarning kelgusidagi rivojlanishini shunga o‘xshash ob’ektlarning rivojlanish konuniyatlari bo‘yicha tadqiq qilishga asoslanadi.

2. Ekspert uslublar u yoki bu sohadagi mutaxassis-ekspertlarning fikr va muloxazalarini qayta ishlashga asoslanadi. Bashorat qilishning ekspert baholash uslubi intuitiv va analitik uslubni o‘z ichiga oladi. Intuitiv uslublarga ekspertlarni jalb qilishga, amalda bashorat qilish ob’ektini rivojlantirish jarayonlarini aniqlash hamda shaxsiy eruditsiya va tuygu vositasida kelgusidagi o‘zgarishni baholashga asoslangan uslublar kiradi. Analitik uslublarga bashorat qilish ob’ektini tadqiq qilish jarayoni modelini mantikan tahlil qilishga asoslangan usullari kiradi.

Bozor kon’yunkturasini bashorat qilishda ekspert baholash uslublari, ayniksa, intuitiv uslublar keng kullaniladi.

3. Ekstropolyatsiya uslubi. Ekstropolyatsiya uslublari bozor kon’yunkturasining turli ko‘rsatkichlari va xususiyatlarini bashorat qilishda kullaniladi. Ekstropolyatsiya formalar yoki jarayonlarning kelgusidagi holati konunlari, nazariyalari hamda tajribasini keng yoyishni takozo kiladi, ya’ni bu holda ekstropolyatsiya bashorat qilish amalga oshirilayotgan ob’ektning ilgarigi rivojlantirish tendentsiyalariga tayanadi.

Ekstropolyatsiyaning bozor tadqiqotlarida kullaniladigan asosiy modellaridan biri – bu trend modelidir. Trend modellari jarayonlarni vaqtga nisbatan o‘zgarishning asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatadi.

4. Ekonometrik modellar. Ekonometrik modellar iqtisodiy jarayonlar paramerlarining stoxastiklarini nazarda tutgan holda bozor kon’yunkturasining turli ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar va proportsiyalarni mikdoriy bayon kiladigan regression va balans tenglamalari tuzish orqali ifodalanadi. Ekonometrik modellash bozor kon’yunkturasini bashorat qilishda keng kullaniladi. Ular ishlab chtkarish va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, bozordagi narxlar darajasi, raqobat va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, iste’molchilarning ehtiyojlarini tahlil qilish, marketing tadbirlarini amalga oshirish va unga ta’sir kiluvchi omillar o‘rtasidagi va boshqa jarayonlar o‘zgarishni matematik modellar yordamida tahlil qilishga hamda bashorat qilishga yordam beradi. Ekonometrik modellarning xususiy holi korrelyatsion va regression modellashdir.

Bozor kon’yunkturasini tahlil va bashorat qilish natijalari firmaning biznes-reja tuzishda yoki firmaning bozordagi butun faoliyatini tartibga solishda va boshqarishda keng kullaniladi.



Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   448




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish