Менежмент. Маркетинг


Tashkilotni marketing orqali boshqarish



Download 8,34 Mb.
bet186/448
Sana03.01.2022
Hajmi8,34 Mb.
#272838
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   448
Bog'liq
Менежмент маркетинг мажмуа 2020

9.2.2 Tashkilotni marketing orqali boshqarish
Marketing majmuida - maqsadli bozorga taklif etilayotgan tovar turlari va xizmat ko`rsatish baxolari,manfaatdorlik masalalari shuningdek tovarlarni tarkatish usullarini xisobga olish katta axamiyatga egadir. Maqsadli bozorda tovarlar-chakana, ulgurja, arzon baxolarda va karzga xam sotiladi. Tovarlarni tarkatishda turli usullar qo‘llaniladi, lekin asosiy e’tibor tovarni sifati buzilmasizligiga e’tibor qaratiladi. Tovarlarni sotishda, uni sifatliligiga va yaxshililigiga ishontirilib sotilib va manfaatdorlik usuli qo‘llaniladi. Ayniksa, tovarlar nomi chikkan magazinlarda sotiladi.Bu ishlarni boshqarishda marketing xizmati boshqaruvchilari katnashadi. Marketing xizmatining eng kup tarkalgan turi funksional marketing xizmatidir. Bunda marketing bo`yicha mutaxassislar marketing faoliyatiga uning xar bir funksiyasi bo`yicha raxbarlik kiladi (22-chizma.).




Marketing byicha vitse-prezident


































Marketing xizmati boshqaruvchisi

Reklama va sotishni ragbatlantirsh

Sotish

Bo`yicha


Boshqaruvchi

Marketing tarkikotlari boshqaruvchisi

Yangi tovarlar bo`yicha boshqaruvchi

22-chizma. Marketing funksional xizmati.
Marketing nazariyalarini iqtisodiy amaliyotda ijodiy qo`llash- korxona xo`jalik mexanizmini keskin o`zgarishiga, binobarin ishlab chiqarishni boshqarishni iste’molchi va jamiyat talablariga moslash imkonini beradi.

Korxona ixtiyoji uchun xarid qilish bu bozorda mavjud tovarlarni aniq talab va narxlar asosida sotib olishga qaror qilishdir.

Korxona bozorining uch turi mavjud: sanoatga mo`ljalangan tovarlarlar bozori, oralik tovarlar va davlat muassasalari bozori.

Korxona barcha marketing, rejalashtirish ishlarini o`z ichiga oluvchi marketing xizmati tizimini tuzishi kerak. Kichik korxonalarda marketing xizmati bir kishi zimmasida bo`lishi mumkin. U marketing tadqiqotlari, reklama va sotishni tashkil kiladi, servis va mijozlar bilan ishlaydi. Agar korxona yirik bulsa, marketing funksiyasiga marketing bo`limi raxbarlik kiladi. Bu bo`limda agentlar, marketing tadqiqotchilari, reklama bo`yicha mutaxassislar, tovar ishlab chiqarishini boshqaruvchilar yoki bozor bu`g`inlari (sigmenti) boshqaruvchilari mijozlarga servis xizmati xodimlari faoliyat ko`rsatadilar.

Xar bir korxona marketing bo`limini shunday tashkil etishi kerakki, bu bo`lim butun ishlab chiqarish va tovar sotilishiga ko`maklashsin. Marketing eng muhim vazifasi istemolchilar talabini aniq maqsadni ko`zlab shakllantirish va uni firmaning manfatlariga bo`ysundirishdan iborat. O`zining dastlabni qadimlarini marketing AQSH da XX asr boshlarida boshlagan edi. Marketing kapitalistik firmalarda 50-yillarda keng joriy qilina boshladiki, bu ishlab chiqarish va kapitalni kongetragiyalashning o`sishi, mol sotiladigan bozorlarni monopoliyalashning kuchayishi, mol o`tkazish muammosining xamda eng yirik monopolyalar O`rtasida raqobatning keskinlashuvi bilan bog`liq edi. Xozirgi zamon marketingi ishlab chiqarish faoliyatining maxsulot chiqarish dasturini ishlab chiqishdan oldin keladigan boshlang`ich bosqichi sifatida bozorni tadqiq qilish masalasini kurib chikadi. Xozirgi vaqtda AQSH dagi sanoat, savdo va xizmat ko`rsatish kompaniyalaridan 90%i xamda Olmoniya va Buyuk Britaniyadagi turli tarmoklarga karashli kompaniyalarning turtdan uch qismi u yoki bu formadagi bozorni tadqiq etishni muntazam amalga oshirib turadi. Lekin fakat monopolyalargina bozorni xar tomonlama va kopleks tadqiq kila oladilar. SHuning uchun xam marketing aslida yirik korchalonlar kulidagi raqobatchilik kurolidir. Kapitalistik firmalarning bozorni malakali tadqiq qilishga bulgan extiyojining usishi ixtisoslashtirilgan tadqiqotchilik kompaniyalarning paydo bo`lishi va rivojlanishiga olib keldiki, bular komergiya shartlarida uz xizmatlarini taklif etadi.

Korxona (firma) ning ishlab chiqarish faoliyati marketing taxlilining natijalariga tayanadi, chunki bu nimani va kanday turlarda va mikdorda ishlab chiqarish, kimga va kanday narxda kachon sotish, bozorga kanday joylashib olish mumkin degan savollarga javob beradi. Marketing savdo-sotikni tashkil etishgina emas, shu bilan birga bozor talabini ishlab chiqarishga yetkazish, shunga karab ishlab chiqarishni sozlash va bozor talabini kondirishni xam bildiradi.

Firmadagi juz’iy marketing ishlab chiqarishni bozorda qisqa davrda buladigan mayda-chuyda o`zgarishlarga tayyorlaydi. Tadbirkorlik uchun strategik, ya’ni kelajakka karatilgan marketing axamiyatlirok. Marketing rejalari quyidagilarni uz ichiga oladi: 1) bozorni tanlash va uni segmentlarga ajratib, uz bozorni soxalari va xududlarini aniqlash; 2) bozordagi raqobatga yutkazib kuymaslik uchun tovarning kerakli sifatini ta’minlash, unga ma’kul narx belgilash, uz tovari reklamasini uyushtirish; 3) tovarni bozorga vaqtida yetkazib, sotishni uyushtirish; 4) bozorga kaysi turdagi, kaysi xil, kanday markali tovarni chiqarishni xal qilish.

Marketing rejasida xaridorlarga tafsilot beriladi, ularning xarid kobiliyati va didi, talab mikdori, tabakalashuvi, xarid etishning vaqtcha karab tebranib turishi ko`rsatib utiladi. Marketing uchun eng muximi uz bozorining segmenti va shunga karab tovar ishlab chiqarishni tashkil etishdir. Segmentga moslab tovarlar tarkibi, masalan, kostyum bulsa, uning kimga (erkak, ayol, yosh, kari, bolalarga) mo`ljalanganligi, uning rangi, ulchami, fasoni va xokazolar aniqlanadi. Marketing maxsulot sifatini kiyomiga yetkazib, uni bozor talabiga moslashtirishni xam bildiradi. SHu boisdan tovarni dizayni, uzok xizmat qilishi, ekologik toza bo`lishi, inson uchun kulayliklari, iste’mol uchun xavfsiz bo`lishi kabi xususiyatlar aloxida xisobga olinadi.

Marketing uchun taklif etiladigan tovarning sotilish yoki sotilmasligini aniqlash muxim. SHuning uchun xam marketingda narx tanlash katta urin tutadi. Narx quyishda tovarning uz vaqtida sotilishi xamda tovarni sotishdan foyda kurish xisobga bulinadi. SHu ikki talabga javob beruvchi narx ma’kul deb topiladi. Marketing rejasida tovarni firmaning uzi sotadimi yoki maxsus ulgurji va chekana savdo firmalari orkali sotiladimi, mamlakatning uzida sotiladimi yoki chet ellarga chiqariladimi kabi savollarga xam jabov beriladi.SHu sababdan xududiy bozor, milliy bozor va jaxon bozorlari marketinglari mavjud. Marketing ishiga tayanib firmalar ishlab chiqarish xajmi, maxsulot turlari, kerakli texnologiya, ishlab chiqarish kuvvatlari kabilarni chamalab oladilar. Xullas, marketing kup kirrali ish bulib, firma faoliyatining yetakchi tomonlarini kamraydi va firmaning xam tani-yu, xam joni vazifasini bajaradi.

Jaxon xo`jaligi murakkab, dinamik tarzdagi kupgina xolda ziddiyatli tizimdan iborat. SHiddat bilan rivojlaniyotgan fan-texnika tarakiyoti, milliy iqtisodiyotdagi tarkibiy siljishdir, xo`jalik xayotini davlat tomonidan tartibga solish shakl va uslublarning evolyugiyasi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning kiyofasini uzgartirib yubordi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ayirboshlash savdo soxasidan kuprok ishlab chiqarish soxasiga ko`chib, kapital migragiyasi ulkan ko`lamlarda amalga oshib bormoqda.

Xalqaro xo`jalik aloqalarining asosiy shakllari quyidagilar:

-tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi;

-kapitallar xarakati;

-ish kuchi migragisi;

-mamlakatlararo ishlab chiqarish kooperagiyasi;

-fan va texnika soxasidagi ayirboshlash;

-xalqaro valyuta munosabatlari.

Xalqaro xo`jalik aloqalari ayrim oldi-sotilardan mol yetkazib berishlar, ishlab chiqarish kooperagiyasi doirasida amalga oshadigan, uzoq muddatli, yirik ko`lamli savdodagi iqtisodiy xamkorlikgacha o`sdi. Tashki savdo xalqaro iqtisodiy munosabatlarning muxim tarkibi qismi. Xalqaro munosabatlar ijtimoiy xizmat ko`rsatish soxasida: maorif, sogliqni saqlash, madaniyat va san’atda keng tarqaldi. YUNKTAD malumotlariga ko`ra, xizmat jaxon YAMMning 46% ni tashkil etadi. Xalqaro savdoga ijtimoiy xizmatlar bo`yicha eng ko`p ulushni turizm qo`shadi. Xalqaro iqtisodiyotda o`z o`rnini topishi uchun xar bir mamlakat mustaqil bo`lishi kerak. Faqat shundagina ixtisoslashuvda qatnashish mamlakatning milliy manfaatiga xizmat qiladi. qaramlik sharoitida esa bunga erishib bo`lmaydi. Xalqaro miqyosda aloqalar qanchalik chuqurlashsa, mamlakatlarning bir biriga bog`liqligi shunchalik kuchayadi, ularning hamkorlik doirasi kengayadi.




Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   448




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish