964
ФИО автора:
Unarboyev Nursulton Tohirjon o'g'li
Namangan Davlat Universiteti matematika fakulteti amaliy matematika va informatika
yo'nalishi 3-kurs talabasi
Название публикации:
«O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI
MAMLAKAT TARAQQIYOTI VA JAMIYAT
FAROVONLIGINING HUQUQIY
KAFOLATI»
Annatatsiya:
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tarixi va uning
mamlakatda tutgan o’rni haqida so’z yuritilgan.
Kalit so'zlar:
O’zbekiston Respublikasi Davlat ramzlari, O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi, Bosh qomus, asosiy qonunlar to’plami.
Kirish:
Har bir davlat o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlar ekan, xalq
farovonligini ta’minlashga xizmat qiladigan eng muhim maqsad va vazifalarini
o‘zining Konstitutsiyasi – Asosiy qonunida mustahkamlab oladi. Binobarin, o‘z
xalqining xohish-irodasi, dili va tilidagi ezgu niyatlariga hamohang Konstitutsiyaga
ega bo‘lgan mamlakat o‘zi belgilagan yuksak marralardan hech qachon
og‘ishmasdan, doimo oldinga qarab boradi.
85
Asosiy qism:
E’tirof etish kerakki, O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi
mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz siyosiy- huquqiy tafakkurining yuksak
namunasidir. U hech kimga qaram bo’lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta,
farovon yashashning qonuniy kafolati bo’lib kelmoqda. Bozor munosabatlariga
asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish borasida
mustahkam poydevor bo’lib xizmat qilmoqda.
Birinchi Prezidentimiz muhtaram I.A.Karimov rahbarligida 1990- yil iyun
oyida berilgan Konstitutsiyaning ikki yillik mashaqqatli mehnati natijasida
Konstitutsiyaning birinchi, ikkinchi va uchinchi loyihalari ishlab chiqilgan. Asosiy
qomusimiz ikki marta – 1992- yil sentabr va noyabr oylarida umumxalq
85
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 07.12.2019 nutqidan
965
muhokamasiga olib chiqildi. Loyihalar muhokamasida keng jamoatchilik, butun
xalqimiz faol ishtirok etib, mamlakatimizning taraqqiyot yo’li, uning kelajagiga
daxldor ko’plab fikr mulohazalar va takliflar bildirdi. Bosh qomusimiz loyihasiga 100
ga yaqin tuzatishlar kiritildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o’n birinchi
sessiyasida 1992-yil 8- dekabrda qabul qilindi. Konstitutsiya jamiyat va davlat, davlat
hokimiyati va boshqaruv organlari tuzilishi hamda faoliyatining asosiy prinsiplari,
ularning vakolatlari, fuqarolarning asosiy huquq va burchlari, jamiyat va shaxs
o’rtasidagi munosabatlari belgilab berilgan. Amaldagi barcha qonunlar va boshqa
hujjatlar Konstitutsiya negizida va unga muvofiq tarzda qabul qilinadi. O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak
namunasidir.
Konstitutsiyamiz asosida mamlakatimizda milliy qonunchilik tizimi, davlat
organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllandi. Bugungi kunda barcha jabhalarda
keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy
salohiyatimiz yuksalib, fuqarolarimizning dunyoqarashi tobora o’sib bormoqda.
Bularning barchasi, eng avvalo, bosh qomusimiz hayotbaxsh kuch-qudrati natijasidir.
Konstitutsiya xalqaro tashkilotlar va ekspertlar tomonidan e’tirof etilganligi esa
davlatimizning dunyo hamjamiyatidagi nufuzini oshirmoqda va mustahkamlamoqda.
Bir so’z bilan aytganda, Bosh qomusimiz “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik
jamiyatiga o’tish”ning mustahkam huquqiy poydevori bo’lib xizmat qilmoqda.
Xulosa:
Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat
va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun biz hayotimizning barcha jabhalarida
konstitutsiyada belgilangan normalarga qat’iy amal qilishimiz zarur. Bu esa pirovard
natijada inson huquq va erkinliklarini, uning sha’ni, qadr-qimmati, mol-mulkining
daxlsizligini saqlash, fuqarolarning mehnat qilish, ta’lim olish, tibbiy yordamdan
foydalanish kabi eng asosiy huquqlarini to‘la ta’minlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: