954
Shu dastur asosida bugungi kunda tegishli yo’nalishlar bo’yicha
belgilangan ishlar
amalga oshirilib kelinmoqda.
Muxtaram prezidentimizning “Ilm bo’lmasa, rivojlanish bo’lmaydi” deb
ta’kidlagan gaplari iqtisodiyotimizning barcha yo’nalishlariga tegishli bo’lib, shu
jumladan kimyo fanining gullab yashnashi uchun ham ilmiy-tadqiqotlarning o'rni
beqiyosdir.
O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi mamlakatimizda olib boriladigan
ilmiy-tadqiqot va amaliy izlanishlar bo’yicha yetakchi tashkilot hisoblanadi. Davlat
tomonidan belgilangan vazifalar hamda fanning ahamiyatidan kelib chiqib
О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi zarur fundamental va amaliy dasturlar,
innovatsion
loyihalar ishlab chiqadi, fanning о‘ta muhim yо‘nalishlarini aniqlash va
ishlab chiqishda qatnashadi, о‘ziga qarashli muassasalarda tuzilish va tashkiliy
masalalarni hal qiladi.
Tashkilot strukturasida “Kimyo-biologiya fanlari bo’yicha vitse-prezident”
lavozimi,
shuningdek
kimyo-biologiya
fanlari
bo’limining
mavjudligi
respublikamizda kimyo fanining eng dolzarb yo’nalishlardan
biri ekanligini va
hukumatimiz tomonidan doimiy ravishda qo’llab quvvatlanishini ifodalaydi. Shu bilan
birga, tabiiy fanlar bo’limi tarkibida:
-
Umumiy va noorganik kimyo instituti
-
Akademik A.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti
-
Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti
-
Mikrobiologiya instituti
-
Immunologiya va inson genomikasi instituti
-
Genetika va о‘simliklar eksperemental biologiyasi instituti
-
Genomika va bioinformatika markazi
-
O'simlik moddalar kimyosi insititutlari faoliyat yuritayotganligini va ular kimyo
fanlari rivojlanishi uchun beqiyos ilmiy-amaliy ko’mak berayotganligini e’tirof
etishimiz joizdir.
Fanlar akademiyasi 20 dan ortiq ilmiy jurnallar, shu jumladan “Geliotexnika”
va “Tabiiy birikmalar kimyosi” nomli 2 ta xalqaro jurnallarni nashr qiladi.
955
Respublikamizning turli hududlarida joylashgan oliy ta’lim muassasalari
huzuridagi ilmiy tekshirish laboratoriyalari va boshqa turdagi
ilmiy laboratoriyalar
tomonidan olib borilayotgan ishlar salmog’i ham anchaginani tashkil etadi. Shu bilan
bir qatorda kimyo fanlari va kimyo sanoatining rivojlanishida xususiy sektorning ham
o’ziga yarasha o’rni borligini unutmaslik kerak.
Ilmiy-tadqiqotlar ko’lami bo’yicha ilmiy tekshirish institutlaridan keyingi
o’rinda oliy ta’lim muassasalari turadi. Chunki, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim
jarayoni bilan birga ilmiy faoliyat ham yuritiladi. Shuningdek xalq ta’limi tizimida o’z
faoliyatlarini olib borayotgan minglab pedagoglar ham kimyo faniga va shu qatorda
mamlakatimizning kimyo sanoatiga o’zlarining hissalarini qo’shib kelmoqdalar.
Umuman olganda barcha yo’nalishlar bo’yicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari
natijalarini quyidagi yo’nalishlarda amaliyotga
joriy qilish kimyofanining
rivojlanishiga xizmat qiladi. Jumladan natijalarni:
-
Sanoat va ishlab chiqarishga joriy qilish;
-
Ta’limga yo’naltirish;
-
Tadqiqotlarni rivojlantirishga yo’naltirish;
-
Boshqa sohaga integratsiyalash orqali ham talimni va iqtisodiyotimizni
rivojlantirishga erishishimiz mumkin.
Yurtimizda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini bugun maishiy
hayotimizda va ilm-fan sohalarida ko’rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: