Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti


Iqtisodiyotning ko'pukladliligi



Download 5,6 Mb.
bet77/133
Sana06.02.2023
Hajmi5,6 Mb.
#908561
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   133
Bog'liq
a5af101fc2229b08cff467493676bc88 JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR

Iqtisodiyotning ko'pukladliligi— iqtisodiyotda yirik va bir-biridan farqla- nuvchi, har biri mayda sektorlardan iborat tarkibning mavjudligi.
Yuqori daromadli mamlakatlar— aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi yalpi mil­liy daromadi 12616 dollardan oshadigan mamlakatlar.
O'rta daromadli mamlakatlar— aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi yalpi mil- liy daromadi 1036 dollardan 12615 dollargacha bo'lgan mamlakatlar.
Past daromadli mamlakatlar— aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi yalpi mil- liy daromadi 1035 dollargacha bo'lgan mamlakatlar.
Importning o'rnini qoplash siyosati— og'ir sanoat tarmoqlarini rivojlantirish va xorijiy kapitalni cheklash orqali milliy iqtisodiyotni rivojlantirish (Lotin Ame­rikasi mamlakatlari).


10-MAVZU: Rivojlanayotgan mamlakatlar – xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida


SAVOLLAR:
1. Rivojlanayotgan mamlakatlarning belgilari va guruhlanishi
2. Rivojlanayotgan mamlakatlarda sanoatlashtirish modellari
3. Rivojlanayotgan mamlakatlarda kambag'allik muammosi
1.Rivojlanayotgan mamlakatlarning belgilari va guruhlanishi
«Rivojlanayotgan mamlakatlar» atamasi ikkinchi jahon urushidan keyin mustam- laka tizimining parchalanishi va sobiq mustamlakalarning mustaqillikka erishish- lari natijasida paydo bo'lgan.
Mazkur mamlakatlar guruhiga jahon xo'jaligi mamlakatlarining 80 % kiradi, dunyo aholisining 85,3 % ushbu mamlakatlarda istiqomat qiladi. Ushbu guruhga tar- kibiga Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur va Isroildan tashqari Osiyoning boshqa mamlakatlari, Afrika qit'asida esa Janubiy Afrika Respublikasidan tashqari barcha mamlakatlar, shuningdek Lotin Amerikasi mamlakatlari kiradi.
Ingliz tilidagi adabiyotlarda rivojlanayotgan va o'tish iqtisodiyoti mamlakatlari «emerging markets» atamasi bilan nomlanadi. Iqtisodiy adabiyotda esa «shaklla- nayotgan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlar» yoki oddiygina «bozor iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlar», deb tarjima qilinadi. Bu kategoriyaga bozor islohot- larini amalga oshirishda jiddiy muvaffaqiyatlarga erishgan, milliy bank-moliya tizi- mini mustahkamlash va jahon xo'jaligiga integratsiyalashishiga erishgan yetakchi rivojlanayotgan hamda sobiq sotsialistik mamlakatlar kiradi. Bu guruhga kiruvchi mamlakatlar iqtisodiyoti xalqaro kapital bozorlarida investitsiya resurslari eksportyo- ri va importyori sifatidagi rolining keskin oshib borayotganligi bilan ajralib turadilar.
Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun quyidagi umumiy xususiyatlar xos.
Iqtisodiyotining ko'pukladliligi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda moderniza- tsiya jarayonlari natijasida iqtisodiyotning zamonaviy va an'anaviy sektorlari yon- ma-yon shakllanmoqda. Mamlakat iqtisodiy rivojlanishi darajasining ortishi bilan birinchi sektor ulushi ikkinchi sektor hisobiga ko'payib boradi. Natijada qator rivojlanayotgan mamlakatlarda kapitalistik xo'jalik ukladi bilan bir qatorda qarindosh, urug'-aymoqchilik va patriarxal ishlab chiqarish munosabatlari shakllanadi. Iqti- sodiyotda yirik va bir-biridan farq qiluvchi, har biri yana mayda sektorlardan ibo- rat tarkibning mavjudligi ko'pukladlilik deb ataladi.
Iqtisodiyotda davlatning roli. XX asr mobaynida rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida davlatning roli salmoqli bo'ldi. Jahon banki ma'lumotlariga ko'ra, past daromadli mamlakatlarda davlat xarajatlarining ulushi 1990-yilda YalM ga nisba- tan 17,1 %ni, 2001-yilda esa 20,1 %ni tashkil etdi. Bu mamlakatlarda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari davlat ixtiyorida bo'lishining sababi — davlat ularni o'zi tashkil etganligi bilan bog'liq. Rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat xarajatlari miqdorining rivojlangan mamlakatlarga nisbatan pastligi ijtimoiy sohaga sarflanayotgan xarajatlar o'rtasidagi farq bilan belgilanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat xarajatlarining aksariyat qismi investitsiyalarni moliyalashtirishga yo'naltiriladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida davlat sektori ulushining yuqoriligi quvib yetadigan iqtisodiy rivojlanish modeli bilan bevosita bog'liq bo'lib, iqtisodiyotni sanoatlashtirish davlatning faolishtirokisiz amalga oshirilishi mumkin. Bun- dan tashqari, xo'jalik subyektlarining iqtisodiy faoliyati huquqiy-institutsional asos- larini yaratishda davlatning faol aralashuvi talab etildi.
Rivojlanayotgan mamlakatlardagi jamiyatning ijtimoiy tuzilishi rivojlangan mamlakatlardan keskin farq qiladi. Aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlar jiddiy ijtimoiy muammolarga duch kelmoqda. Bu mamlakatlarda demografik portlash muammosi bilan birgalikda aholi daromadlari borasi- da kuchli ijtimoiy tabaqalashuv, rivojlanmagan ijtimoiy infratuzilma, ishsizlikning yuqori darajasi va yashirin iqtisodiyotning salmoqli ulushi mavjud.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning aksariyatida ijtimoiy infratuzilma — ta'lim, sogiiqni saqlash. uy-joy kommunal xo'jaligi rivojlanmagan. Natijada, bu mamlakatlarda savodsizlik darajasi juda yuqori (Braziliyada — 11 %, Nigeriyada — 31 %, Hindistonda — 39 %, Misrda — 29 %), aholining kutilayotgan umri davomiyligi qisqa (Afrikaning Sahroyi Kabiridan janubda joylashgan mamlakatlarda 50 yosh), aholining juda oz qismi kanalizatsiya, toza ichimlik suvi quvurlari bilan ta'minlan- gan (Afrikaning Sahroyi Kabiridan janubda joylashgan mamlakatlarda 40% dan past) . Yuqori darajadagi qashshoqlikka qarshi kurashmasdan turib iqtisodiy o'sishni ta'minlashga intilish rivojlanayotgan mamlakatlarning aksariyatida ijtimoiy vaziyat- ning keskinlashuviga olib kelmoqda.
1950-yillarda bu mamlakatlarda AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya kompaniyalari neft, tabiiy gaz, mineral resurslarni qazib chi- qarish sohasining 70-100 %ni nazorat qilgan. Rivojlangan mamlakatlarning kompaniyalari Janubi-Sharqiy Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida qishloq xo'jalik yerlari- ning katta qismiga egalik qilishgan. 1960-yillarning oxirida xorijiy kapitalga tegishli korxonalarda rivojlanayotgan mamlakatlar yalpi mahsulotining 25 % ishlab chiqaril- gan. 1990-yillarga kelib xorijiy korporatsiyalarning filiallari rivojlanayotgan mamlakatlar yalpi ichki mahsulotining 7 %ni ishlab chiqargani holda, sanoat eksportining 30 % TMK kanallari bo'yicha amalga oshirilgan. 1990-yillarda bu mamlakatlarning bevosita xorijiy kapital ta'sirida iqtisodiy o'sish sur'atlari o'rtacha 4 %ni tashkil etdi.
Yuqorida qayd etilgan chora-tadbirlarni amalga oshirilishiga qaramasdan xorijiy kapitalni faol jalb etish rivojlanayotgan mamlakatlar oldida turgan quyidagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish imkonini bermadi:
• rivojlanayotgan mamlakatlar o'rtasida iqtisodiy rivojlanish darajasi jihatdan tabaqalashuv jarayoni chuqurlashdi. Buning asosiy sababi aksariyat investitsiya- lar ustun darajada yuqori foyda keltiradigan mamlakatlar iqtisodiyotiga joylash- tirildi (Xitoy, Braziliya, Meksika);
• ular o'rtasida xorijiy kapitalni jalb etish bo'yicha raqobat kuchaydi;
• xorijiy kapital uchun yaratilayotgan imtiyozlar aksariyat hollarda mahalliy ishlab chiqaruvchilar manfaatlariga zid holda amalga oshirildi. Spekulyativ kapitalga asoslangan portfel investitsiyalarni keng miqyosda jalb etish qator rivojlanayotgan mamlakatlarda barqaror iqtisodiy rivojlanishni izdan chiqaruvchi elementga aylandi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarni strategik rivojlanishining vazifalari quyidagi- lardan iborat:
• iqtisodiy qoloqlikni bartaraf etish;
• iqtisodiyotni erkinlashtirish;
• rivojlangan mamlakatlar bozoriga kirib borish uchun kurash. 1960-yillarning o'rtalarida rivojlanayotgan mamlakatlar BMT da «77» guruhi-ni tuzishdi va hozirgi vaqtda unga 150 ta mamlakat a'zo. «77» guruhi rivojlangan mamlakatlar tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlar hisobiga har yili o'z yalpi ichki mahsulotlarining 1 %ni, shu jumladan 0,7 %ni iqtisodiy yordam sifatida o'tka- zishlarini talab etdi. Rivojlangan mamlakatlar bu talabni qabul qilmagan bo'lsalar- da, ushbu ko'rsatkich rivojlangan mamlakatlardan rivojlanayotgan mamlakatlarga yo'naltirilgan resurslarni miqdoriy o'lchov birligiga aylandi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning tavsiflanishi. Rivojlanayotgan mamlakatlarni tavsiflashda quyidagi ko'rsatkichlardan foydalanilmoqda:
• geografik joylashishi;
• sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishning rivojlanganligi;
• sanoat mahsulotlarining eksportdagi ulushi;
• iqtisodiy rivojlanish darajasi.
Jahon banki yondashuviga muvofiq rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy rivojlanish darajasi bo'yicha quyidagi uch guruhga bo'linadi :
1. Yuqori daromadli mamlakatlar. Bu mamlakatlarda aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi yalpi milliy daromadi 12616 dollardan oshadi, ularga Saudiya Arabis- toni (18030 doll.), BAA (35040 doll.), Quvayt (44730 doll.), Qatar (78720 doll.) kabi mamlakatlar kiradi.
2. O'rta daromadli mamlakatlar. Bu guruhga aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi yalpi milliy daromadi 1036-12615 dollarga teng boigan mamlakatlar kiradi.
3. Past daromadli mamlakatlar. Bu guruhga aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi yalpi milliy daromadi 1035 dollargacha bo'lgan mamlakatlar kiradi. Past daromadli mamlakatlar guruhiga Afrikaning Sahroyi Kabir janubidagi mamlakatlarning deyarli barchasi, Osiyodan — Afg'oniston (570 doll.), Nepal (700 doll.), Bangladesh (840 doll.), Tojikiston (850 doll.), Qirg'iziston (990 doll.) Lotin Ameri- kasidan — Gayyana (460 doll.) kabi mamlakatlar kiradi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, rivojlanayotgan mamlakatlar guruhi iqtisodiy rivojlanish darajasi bo'yicha bir-biridan farqlanuvchi uch turdagi mamlakatlar guruhidan iborat:
• yangi industrial mamlakatlar;
• o'tish iqtisodiyoti mamlakatlari;
• qoloq mamlakatlar.



Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish