Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti


-MAVZU: Jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti



Download 5,6 Mb.
bet73/133
Sana06.02.2023
Hajmi5,6 Mb.
#908561
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   133
Bog'liq
a5af101fc2229b08cff467493676bc88 JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR

9-MAVZU: Jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti.
SAVOLLAR:
1. Sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarning tavsifi, belgilari, guruhlanishi va rivojlanish modellari.
2. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining tarkibi. Rivojlangan mamlakatlarda «yangi iqtisodiyot»ning shakllanishi
1. Sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarning tavsifi, belgilari, guruhlanishi va rivojlanish modellari.

Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlar — jahon iqtisodiyotining asosiy subyektlaridan biri hisoblanadi. Ushbu guruhga 30 dan ortiq mamlakat kiradi va ba'zan ushbu mamlakatlar «rivojlangan» yoki «sanoat jihatdan taraqqiy etgan» mamlakatlar, deb ataladi.


Sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarga xos bo'lgan asosiy xususiyatlardan biri daromadlarning aholi qatlamlari o'rtasida nisbatan tekis taqsimla-nishi va mamlakat hududining bir tekis o'zlashtirilishi hisoblanadi. Bundan tash-qari, ushbu mamlakatlar iqtisodiyoti ijtimoiy yo'naltirilganligi, xususan, aholining kam ta'minlangan qatlamlarini qo'llab-quvvatlash, ilm-fanni rivojlantirishga katta miqdorda mablag' sarflash (YalM ga nisbatan 2-3 %) va uning yutuqlarining ishlab chiqarishga joriy etilishi, tibbiyot, ta'lim, madaniyat sohalariga sarflanayotgan xarajatlarning yuqoriligi va atrof-muhit muhofazasiga ajratilayotgan sarf-xarajat-larning (YalM ga nisbatan 3-4 %) yuqoriligi bilan ajralib turadi.
Rivojlangan mamlakatlarning jahon iqtisodiyotidagi o'rni quyidagi miqdoriy va sifat ko'rsatkichlar bilan ifodalanadi (5.1-rasm):
5.1-rasm. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarining rivojlanish ko'rsatkichlari




  1. miqdoriy ko'rsatkichlar:

  • jahon sanoat ishlab chiqarishining 57 %;

  • jahonqishloqxo'jalikishlabchiqarishining 40 % ushbumamlakatlarhissasi­gato'g'rikeladi;

  1. sifat ko'rsatkichlar:

  • iqtisodiyotning ko'p tarmoqli tarkibga egaligi. Xizmatlar sohasi ushbu mamla-' katlar yalpi ichki mahsulotining 60% dan ortig'ini tashkil etadi;

  • jahon tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishdagi ulushining yuqoriligi. Ushbu mamla­katlar hissasiga tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishning 80 %ga yaqini to'g'ri keladi;

  • jahon ilmiy-tadqiqot ishlanmalari va yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chi­qarishdagi ulushining yuqoriligi. Ular hissasiga ushbu mahsulotlarning 90 %ga yaqini to'g'ri keladi;

  • aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi YalM hajmining jahondagi o'rtacha ko'rsat-kichga nisbatan 3,8 martaga (2012-yil) yuqoriligi (1962-yilda — 3,6 marta). Ush­bu ko'rsatkich 12390 ming dollardan (Vengriya) 98860 ming dollargacha (Nor-vegiya) tebranib turadi;

  • jamiyatning ijtimoiy tarkibida tabaqalashuv darajasining pastligi va yuqori tur-mush darajasi standartlariga ega o'rta sinf mavjudligi.

XXI asrning boshida rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlar guruhi G'arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika, Osiyo, Avstraliya va Okeaniyada joylashgan qirqqa yaqin mamlakatlarni o'z ichiga oladi. Ularning 34 tasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)' a'zosi hisoblanadi. Ushbu mamlakatlarni jahon iqti­sodiyotida tutgan o'rniga qarab uch guruhga bo'lish mumkin.
Birinchi guruhni «Katta yettilik» mamlakatlari tashkil etadi: AQSh, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada va Italiya. Katta yettilik mamlakatlari jahon xo'jaligi tizimining rivojlanish yo'nalishlarini va barcha davlatlarda ijtimoiy-iq-tisodiy taraqqiyot tendensiyalarini belgilab beradi. Bu yetakchilik mamlakatlar hudu-dining hajmi va aholisining soni bilan emas, balki jahon iqtisodiyotidagi o'rni, yuqo­ri mehnat unumdorligi, fan va texnika sohasidagi ulkan yutuqlari bilan belgilanadi.
Ikkinchi guruhni hududiy jihatdan nisbatan katta bo'lmagan, yuqori ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ega (Avstriya, Belgiya, Daniya, Niderlandiya, Shve-tsiya va b.) mamlakatlar tashkil etadi. Ushbu mamlakatlarning ba'zilari jahon tovar­lar va xizmatlar savdosida yetakchi o'ringa ega.
Uchinchi guruhga «ko'chirib o'tkazilgan kapitalizm» mamlakatlari (Avstra­liya, JAR, Isroil) kiradi.
Xalqaro valyuta fondi (XVF) mutaxassislari rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlar guruhiga Yevropa Ittifoqining 15 mamlakatini, Janubiy-Sharqi Osiyoning to'rtta yangi industrial mamlakatlari (Koreya Respublikasi, Singapur, Tayvan, Gonkong) hamda AQSh, Yaponiya, Kanada, Meksika, Avstraliya, Islan-diya, Isroil, Yangi Zelandiya, Norvegiya va Shveysariyani kiritishadi. Shuni ta'kid-lab o'tish lozimki, xalqaro maqomiga muvofiq Tayvan Xitoy viloyati, Gonkong esa 1997-yil 1-iyuldan boshlab Xitoyning maxsus ma'muriy hududi sifatida qaraladi.
Jahon savdo tashkiloti rivojlangan mamlakatlar guruhiga 36 ta matnlakatni kiritadi .
Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlar jahonning uch iqtisodiy va siyosiy markazini («triada») tashkil etishadi (5.2-rasm).

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish