Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti


O‘zbekistonning xalqaro moliya munosabatlarga integratsiyalashuvi



Download 5,6 Mb.
bet71/133
Sana06.02.2023
Hajmi5,6 Mb.
#908561
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   133
Bog'liq
a5af101fc2229b08cff467493676bc88 JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR

3. O‘zbekistonning xalqaro moliya munosabatlarga integratsiyalashuvi.
O‘zbekiston Respublikasining jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuvida uning hududiy va global darajadagi raqobatbardoshligi bo‘yicha qiyosiy ustunligi, tashqi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va uni amalga oshirish bilan ko‘p jihatdan bog‘liq. Amalga oshirilayotgan tarkibiy islohatlar bo‘yicha qizg‘in munozaralarning mavjudligiga qaramasdan, tashqi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqarishda, hukumat mamlakatning geografik, ishlab chiqarish va texnologik, mahnat taqsimotining kuchayishi xalqaro moliyaviy munosabatlar ishtirokchilaridan yuqori darajadagi raqobatbardoshlikni talab etadi.
SHu jihatdan jahon xo‘jaligida O‘zbekiston qo‘shni MDH mamlakatlaridan o‘zining quyidagi xalqaro ustivorliklari bilan ajralib turadi:

  • qadimiy boy madaniyat, tarixiy va diniy yodgorliklar xalqaro turizm sanoatini rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlarni yuzaga keltirish;

  • qulay tabiiy iqlim va tabiiy boyliklar – ishlab chiqarish, qurilish va qishloq xo‘jaligi sohasida raqobatbardosh muhitni shakllantiradi

  • “Buyuk ipak yo‘li”da joylashganligi xalqaro integratsiyada Evropa bilan Osiyoni bog‘lovchi “ko‘prik” vazifasini bajarishga etarlicha imkoniyatni vjudga keltiradi;

  • O‘zbekiston Respublikasi etarli darajada mamlakali mutaxassislar bilan ta’minlangan. Zamonaviy texnologiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini barpo qilish bu sohadagi imkoniyatlarni kengaytiradi;

  • Mamlakat hukumati tomonidan ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish va eksportni rag‘batlantirish siyosatining yuritilishi.

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokida xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. SHuni inobatga olib, 1992-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 633-XP sonli “O‘zbekiston Respublikasini Xalqaro Valyuta fondi,Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki,Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlikka a’zo bo‘lishi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
XVF va Jahon banki kabi tashkilotlar bilan hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi nafaqat respublikaning jahon bozoriga integratsiyasini tezlashtirdi, balki amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash samarasini oshirdi.
Xalqaro moliya institutlari bilan aloqalarning salmoqli qismi xalqaro kreditlar va qarzlar masalasi bilan bog‘liq.Ushbu munosabatlarni amalga oshirishning huquqiy asoslari sifatida O‘zbekiston Respublikasining”Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi,”Tashqi qarzdorlik to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa me’yoriy aktlar ishlab chiqildi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida olingan kreditlar va qarzlar,asosan,qisqa muddatli bo‘lib,ichki bozorni iste’mol tovarlar bilan to‘ldirishga qaratilgan bo‘lsa,keyingi yillarda hukumat mazkur qarzlarni jalb qilish sohasini tarkibiy jihatdan qayta o‘zgartirish bo‘yicha ma’lum ishlarni olib bormoqda.
Olinadigan qarzlar va jalb qilinadigan uzoq muddatli kreditlarning asosiy yunalishlari sifatida eksport salohiyatini kengaytirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish sohalari tanlandi. Mineral xomashyo resurslarini, shu jumladan neft va gazni ishlab chiqarish va qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, mashinasozlikni rivojlantirish, telekommunikatsiya. sohasini zamonaviylashtirish hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish – xorijiy investitsiyalar jalb qilinadigan ustivor yo‘nalishlar sifatida qaralmoqda. Xorijiy investitsiyalar miqyosining keskin ortishi va sifat darajasi amalga oshirilayotgan davlat investitsiyasi dasturi haqida ma’lumot beradi. Uning maqsadi – milliy va xorijiy investorlarning investitsion faoliyatini optimal darajada huquqiy tartibga solishdan iborat.
Xorijiy kapital oqimini rag‘batlantirish, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi moliya valyuta infratuzilmasini tashkil etishga bog‘liq.
Moliya valyuta infratuzilmasi xo‘jalik sub’ektlari bilan jahon pul-kapital bozori o‘rtasidagi aloqalarni ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu infratuzilmalarni tashkil etish, quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:

  • bank tizimini takomillashtirish;

  • ichki sug‘urta xizmatlari sohasini rivojlantirish;

  • ichki valyuta bozori faoliyatini yaxshilash;

  • lizing xizmatlari bozorini rivojlantirish;

  • audit va maslahat xizmatlari bozorini rivojlantirish;

  • milliy tovarni xalqaro bozorlar tomon harakatini tashkil etish va h.k.

O‘zbekiston Respublikaning xalqaro hamkorligi va iqtisodiy siyosatining ustivor yo‘nalishlari belgilandi, u mamlakatni xalqaro bozorga qo‘shilishining asosini tashkil etadi. O‘zbekiston uchun sohadagi asosiy strategik maqsadlar quyidagilardan iborat:

  • O‘zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimi integratsiyasiga qo‘shilib borishini ta’minlash;

  • eksport potensialini rivojlantirish;

  • import va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish;

  • investitsiya siyosatini takomillashtirish;

  • xorijiy investitsiyalarni takomillashtirish;

  • eksport mahsulotlari ishlab chiqarish zonalari va erkin iqtisodiy hududlarni rivojlantirish;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat infratuzilmasini rivojlantirish.

Mamlakatning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvining muhim tarkibiy qismi – davlatlarning turi xalqaro mintaqaviy birlashmalari, xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirishdan iborat. O‘zbekiston mintaqaviy xalqaro tashkilotlar, chunonchi, Evropa Ittifoqi, EXT, NATO, EKO, OIK va boshqalar bilan ham samarali hamkorlik qilmoqda. Bular orasida Evropa Ittifoqi alohida o‘rin tutadi. 1996 yilda Evropa Ittifoqi bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda bir qancha muhim ishlar amalga oshirildi.

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish