Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti


-rasm. Jahon moliya bozorining asosiy sub’ektlari



Download 5,6 Mb.
bet68/133
Sana06.02.2023
Hajmi5,6 Mb.
#908561
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   133
Bog'liq
a5af101fc2229b08cff467493676bc88 JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR

8.1-rasm. Jahon moliya bozorining asosiy sub’ektlari



Jahon moliya bozori sub’ektlari operatsiyalarda ishtirok etish xarakteriga ko‘ra bevosita va bilvosita ishtirokchilarga ajratiladi. Birja(boshqariladigan) jahon moliya bozorlarida bevosita ishtirokchilar guruhiga o‘zhisobidan mijozlar hisobi va topshiriqnomalariga ko‘ra operatsiyalarni amalga oshiruvchi brokerlar, maklerlar kiradi. Birjaning azosi bo‘lmagan mijozlar brokerlarga murojaat qilishadi va ular o‘z navbatida bilvosita ishtirokchilar guruhiga kiradi. Birjadan tashqari(boshqarilmaydigan) bozorlarda bevosita ishtirokchilar guruhiga yirik marketmeykerlardan tashqari barcha ishtirokchilar bilvosita ishtirokchilar guruhiga kiradi.
Jahon moliya bozori ishtirokchilari ishtirok etish maqsadig ako‘ra xedjerlar va spekulyantlarga bo‘linadi. Spekulyantlar o‘z navbatid atreyderlar va arbitrajlarga ajratiladi. Xedjerlarvalyuta kurslarining kelgusida salbiy tomonga o‘zgarishidan ko‘riladigan moliyaviy zararning oldini olish bilan shug‘ullanuvchi ishtirokchilardir. Spekulyantlar moliyaviy instrumentlarning kurslari o‘zgarishidan foydalangan holda bir yoki bir nechta shartnomalar asosida foyda olishni ko‘zlagan jahon moliya bozori ishtirokchilari.
Jahon moliya bozori investorlar turiga ko‘ra xususiy va institutsional ishtirokchilarga ajratiladi. Xususiy investorlar-moliyaviy instrumentlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslardan iborat. Keyingi guruh investorlari-institutsional yoki jamoaviy investitsiyalash bilan shug‘ullanuvchi moliya institutlari guruhi hisoblanadi.
Jahon moliya bozorining shakllanishi milliy ssuda kapitalining xalqaro operatsiyalarorqalibaynalminallashuvitufayliyuzberdi. BujarayonXXasrning 60-yillarigatug‘rikeladi. Bungachadeyarli 40 yildavomida 1929-1933yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi, Ikkinchi jahon urushi, valyuta cheklovlari, bozor, depozitlar bo‘yicha stavkalar va boshqalar qattiq nazorat ostida bo‘lganligi uchun moliya bozori deyarli faoliyat ko‘rsatmas edi. Buyuk depressiya davridan boshlab pul bozorlari qattiq nazorat qilina boshladi. Masalan, AQSHda banklar depozitlari bo‘yicha foiz to‘lovlari 1 %dan 2,5 % gacha chegaralab qo‘yilgan edi. Bunda kreditlar bo‘yicha bozor stavkalari ancha yuqori bo‘lib, kapitallarni xorijiy banklarga qo‘yilishiga undardi.
Jahon moliya bozori rivojlanishining ob’ektiv sababi xo‘jalik aloqalarining xalqaro darajaga ko‘tarilishi va milliy moliya bozorlarining xalqaro operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatlarining cheklanganligi hisoblanadi. Jahon valyuta, kredit, qimmatli qog‘ozlar va oltin bozorlari rivojlanishiga asosiy turtki raqobat muhiti bo‘lgan. Aynan raqobat muhiti moliyaviy resurslarning xalqaro oqimi hajmini,valyuta-moliya va to‘lov shartlarini nazoratqilib, qayta taqsimlab beradi.
Lekin shuni alohida takidlab o‘tish lozimki, raqobat muhiti har doim ham kutilgan natijani beravermaydi. Shuning uchun bozor nazorati hukumat va hukumatlararo nazorat tizimlari bilan birlashadi. Hukumatlar va xalqaro tashkilotlar jaxon moliya bozorini nazorat qilishlaridan ko‘zlangan maqsad bu sohada inqiroz holatlari yuzaga kelishining oldini olishdan iborat.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi, xom ashyo manbalari, foydali investitsiyalar, yangi bozorlarga bo‘lgan raqobat kurashining rivojlanishi jadal suratlar bilan moliyaviy resurslarning bir mamlakatdan boshqasiga oqib utishiga, bunday resurslar milliy xarakterining tobora yuqolib borishiga olib keldi. Milliy moliya bozorlari o‘zlarining nisbiy mustaqilligini saqlab qolishgan bo‘lsada,
Lekin jahon moliya bozorlari bilan chambarchas bog‘lanib bormoqda. Jahon moliya bozorlarining barqaror suratlarda o‘sishi tufayli keng imkoniyatlarning mavjudligi va tobora mobillashib borishi xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimidagi muhim sohalardan biriga aylandi.
Malumki, bugungi kunda jahon iqtisodiyoti chuqur tizimli inqiroz sharoitida bo‘lib, fond va bank tizimining inqirozga uchrashi tufayli iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga tasir ko‘rsatdi.
Jahon xo‘jaligining moliyaviy sektoriga ko‘rsatayotgan tasiri inqirozning milliy iqtisodiyotga tasirini minimallashtirish maqsadida markaziy banklar tomonidan moliya bozorini doimiy ravishda kuzatib, tahlil qilib borishini talab etmoqda.
Global moliya bozori xalqaro masshtabda kapitallarning harakatini taminlab berishi bilan jahon iqtisodiyotining muhim elementi bo‘lib xizmat qiladi. Xx asrning 60 yillarida jahon moliya bozorining vujudga kelishi ssuda kapitallari bozori xalqaro operatsiyalarining baynalmilallashuvi asosida ro‘y berdi. Bu davrga qadar bir qator sabablar— 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi, Ikkinchi jahon urushi, mavjud valyuta cheklovlari va bozorning qattiq nazorat etilishi tufayli xalqaro savdo faol bo‘lmay, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar va moliyaviy operatsiyalar deyarli yuq edi. Bretton-Vudsda shakllantirilgan institutlarga (XVF va Jahon banki) kapitallar oqimini xalqaro miqyosda kengaytirish va jadallashtirish orqali jahon savdosi rivojlanishiga turtki berish maqsadida asos solingan edi. Jahon banki to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar tanqisligini tuldirib turishi, Xalqaro valyuta fondi esa savdodagi disbalansni bartaraf etish uchun moliyaviy kreditlarga bo‘lgan talabni qondirishi kerak edi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda asta-sekin tashqi savdo va valyuta cheklovlarini bekor qilish siyosati olib borildi. Jahon moliya bozoridagi operatsiyalarga davlatning aralashuv shakli hamda darajasi har bir mamlakatning valyuta-kredit tizimi va iqtisodiyotining holatidan kelib chiqqan holda o‘zgarib turar edi. Integratsion jarayonlar yagona foiz stavkalari tizimining shakllanishi va muomaladagi valyutalar doirasining qisqarishiga olib keldi. Yirik milliy kompaniyalar va banklarning transmilliylashuvi sodir bo‘ldi. Aynan shular qo‘shimcha daromad olish maqsadida bo‘sh turgan aktivlarni xorijdagi ishlab chiqarish va moliya strukturalarini investitsiyalashga turtki berib zarurat tug‘ilganda jahon moliya bozoridan qo‘shimcha kapital qarzga olinar edi.
Yuqori axborot texnologiyalarining rivojlanishi turli moliya bozorlarining bir-birlariga bog‘liqligi hamda ularning barchasining AQSH iqtisodiyoti va moliyasiga bog‘liqligini kuchaytirib yubordi.
O‘ziga xos rivojlanish suratlariga ega bo‘lgan integratsiyalashgan global moliya bozori shakllandi. Uning ichida kapitallarning doimiy harakati ro‘y berib, qisqa muddatli qo‘yilmalar o‘rta va uzoq muddatli kreditlarga aylandi, qimmatli qog‘ozlar emissiyasi o‘rnini oddiy bank zayomlari egalladi. Qimmatli qog‘ozlar bozori hajmi astronomik ko‘rsatkichlarda hisoblanadigan darajada spekulyativ kengayishi va kapital qo‘yilmalari hajmining ko‘payishi yuz berdi. Ishlab chiqarish xarajatlari rivojlanayotgan mamlakatlardagi arzon ishchi kuchi va resurslar hisobiga tovarlarning tannarxiga minimal darajada tasir ko‘rsata boshladi.
XX asr oxiri XXI asr boshlariga kelib jahon moliya bozori miqyosi juda katta hajmga ega bo‘ldi. Xalqaro hisob-kitoblar Banki va XVF malumotlariga ko‘ra, muomalaga kiritilgan xalqaro obligatsiyalarning qiymati 2,3 trln. dollarni, butun mamlakatlarning tashqi qarz majburiyatlari esa 3,2 trln. Dollarni tashkil qilar ekan.70 yillarning oxirida yuzaga kelgan hosilaviy moliyaviy dastaklar bozori jadal suratlar bilan rivojlanib kelmoqda. Ulardan eng muhimlari hisoblangan foiz svoplari va opsionlari hamda zayomlar bo‘yicha valyuta svoplarining umumiy qiymati 40trln. Dollardan oshib ketgan.Bu esa, biznesning naqd puldagi operatsiyalarning muddatli operatsiyalarga va real sohadagi operatsiyalarning moliyaviy sohadagi operatsiyalarga ko‘chib o‘tishini ko‘rsatadi.

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish