Maxsus pedagogika


bet73/134
Sana04.03.2022
Hajmi
#481907
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   134
Bog'liq
fayl 182 20210326

Savol va topshiriqlar
1. Yordamchi maktablarda mehnat ta’limini amalga oshirish bosqichlari haqida
gapirib bering.
2. Mehnat ta’limining aqli zaifbolalaidagi shaxsiy sifatlarning shakllanishiga ta’siri nimadan
iborat deb o ‘ylaysiz?
3. Yordamchi maktablarda mehnat ta’limining umumta’lim fanlari bilan bog‘liqligi
haqida gapirib bering.
4. Mehnat ta’limining tuzatuvchi, tarbiyaviy ahamiyati nimalardan iborat?
5. Q o‘l mehnati va kasb-korlik mehnatining aqli zaif bolalar bilish jarayonlarini
tuzatishdagi ahamiyati haqida gapirib bering.


6-B O B . TARBIYA USULLARI
6.1. Yordamchi maktabda tarbiya tamoyillarining q o‘llanilishi
Yordamchi maktablardagi tarbiya tamoyillari butun tarbiya jarayonini 
yaxshiroq tashkil etish m aqsadida foydalaniladigan q o n u n -q o id alar 
majmuasidir. Bu qoidalaiga tarbiyaning mazmuni, usullari, tashkil etish shakllari 
kiradi. Barcha maktablarda tarbiya tamoyillari umumiy ko‘rinishga ega. Ammo, 
yordamchi maktablarda aqli zaif bolalarning psixologik, jismoniy, hissiy 
nuqsonlariga ko‘ra o‘ziga xos yondashuvlardan ham foydalaniladi.
Oligofrenopedagogikada tarkib topgan va milliy asoslangan tarbiya tamoyillari 
tizimi tarbiyaning hayot bilan bogliqligini, shaxsiy, jamoada va jamoa orqali 
tarbiyalashni, tarbiyaviy ta’siming izchilligini va davomiyligini, tarbiyalanuvchi 
shaxsiga nisbatan o‘ziga xos talabchanlik bilan hurmatning birligini, tarbiyaning 
aqli zaif bolalarning yosh va individual xususiyatlariga mosligini, ta’lim va taibiyaning 
bogMiqligini, tarbiyada atroflicha yondashish tamoyillarini o‘z ichiga oladi.
Aqli zaif o ‘quvchi shaxsini g‘oyaviy va ma’naviy shakllantirish manfaatlari 
pedagogning har bir xatti-harakatini tarbiyaning maqsadlari bilan qiyoslashni, 
uning amalga oshirilishiga rejali tarzda va qunt bilan erishishni talab qiladi. Har 
bir tarbiyaviy tadbiming qimmati uning aqli zaif o ‘quvchilar jamoasi hayotini 
qanchalik boyitganligi, ishonchni shakllantirishga qanchalik yordam berishi bilan 
o lchanadi. Afsuski, qator yordam chi m aktablarda tarbiyaviy tadbirlar 
xo‘jako‘rsinga rejalashtiriladi. Bular oqibatda bolalarda qiziqish, jo‘shqinlik va hissiy 
shakllanishning imkonini bermaydi. Yordamchi maktab o‘quvchilarini tarbiyalash 
vositasi boigan faoliyatning barcha turlariga puxta yolnalish berilishi shart.
Yordamchi maktabda tarbiyaning hayot bilan, amaliyot bilan bogliqlik 
tamoyili yetakchi tamoyil hisoblanadi. Buning mohiyati shundan iboratki, 
tarbiyaga jamiyatning iqtisodiy va m a’naviy munosabatlarini, voqelikning 
qadriyatlarini, axloqi va estetikasini tatbiq etishdan iborat. Yordamchi maktabda 
o‘quvchilami moddiy ishlab chiqarish sohasidagi mehnatni, kasbni asosli 
tarzda tanlashi o ‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalar tomonidan chuqur 
anglab olinishi kerak. Ba’zan tarbiyaning turmush bilan bogliqligini tarbiyaviy 
ish hamda yordamchi maktab o ‘quvchilarining unumli mehnati o ‘rtasida aloqa 
o‘matishdangina iborat deb qaraladi. Ammo hayot unumli mehnatga qaraganda 
ancha kengroq va mazmunliroq tushunchadir. Yordamchi maktab o‘quvchilarini 
mehnat faoliyatining xilma-xil shakllariga jalb etayotganda bu narsani o ‘quvchilar 
jamiyatga xizmat qilish maktabi, moddiy va m a’naviy m o‘l-ko‘lligi uchun
133


umumxalq kurashining tarkibiy qismi deb idrok ctishlari hamda g‘amxo‘rlik 
qilishlari kerak. Qilinayotgan barcha tarbiyaviy tadbirlar hayotiy, ya’ni aqli 
zaif bolalar bilan ular eshitgan, ko‘rgan narsalarga asoslangan tarzda olib 
borilsa yaxshi samara beradi. Aks holda o ‘tkazilgan tadbirlar bolalar uchun 
tushunarsiz narsa bolib qolishi mumkin.
Yordamchi maktab o ‘quvchilarini jamoada jam oa orqali va jam oa uchun 
tarbiyalash tamoyili ham o ‘ziga xos o ‘ringa ega. Bu tamoyil tarbiya tizimining 
jamiyat talablaridan kelib chiqadigan tamoyillaridan biri bolib, uning tabiati 
ishlab chiqarish vositalariga munosabat, o ‘rtoqlarcha hamkorlik va o ‘zaro 
yordam munosabatlari bilan xarakterlanadi.
Jamoa shunday mashq maydonidirki, unda shaxsning xilma-xil fazilatlari 
mashq qilinadi va shakllanib boradi. Bizning pedagogikamiz ikki tomonlama: 
tarbiyachi va tarbiyalanuvchi pedagogikasidan farqli uyushtirilgan korreksion 
pedagogik jarayonni afzal ko‘radi. Birgalikda, bir maqsadni ko‘zlab tashkil 
etilgan jam oa harakatlarida insonga nisbatan m um kin qadar ko‘proq 
talabchanlik qilish, lekin shu bilan birga unga mumkin qadar ko‘proq hurmat, 
mehribonlik bilan qarash kerak.
Shu tamoyilga amal qilib, yordamchi maktab o ‘qituvchilari o ‘quvchilar 
bilan munosabatlarning shunday uslubi va tarzini tanlaydiki, aqli zaif 
o ‘quvchilarning ruhini tushirmaydi, balki ularning kuchiga ishonch, erkinlik 
beradi. Bu uslub ijobiy harakatlar va xulq-atvorga undaydi, o ‘z qadr-qimmati 
va o ‘z xulq-atvori uchun mas’uliyat tuyglusini singdiradi. Timoq orasidan 
kir qidirish, ikir-chikir gaplarga berilish bilan aloqasi bo‘lmagan talabchanlik 
insonga nisbatan eng oliy hurmatdir. M umtoz pedagoglar ta ’biri bilan 
ay tg an d a, insonga ish o nib yo n d ash ish kerak, b u n d a h a tto ayrim
tavakkalchilikka ham yo‘l qo‘yish mumkin. Pedagog o ‘quvchida ijobiy 
fazilatlami tarbiyalashni nazarda tutib va shunga tayanib, ishonchga asoslanib, 
insonni o ‘z-o‘zini tarbiyalash bilan shug‘ullanish ruhida tarbiyalaydi.
Tarbiyaviy ta ’sirning izchilligi, sistemaliligi, yaxlitligi va uzluksizligi 
tam oyili ham tarbiyaviy tadbirlarning sam arador b o ‘lishida zaruriy 
tamoyillardandir. Bu tamoyillarga amal qilish pedagogika tizimini shunday 
qurishni taqozo etadiki, uning tarbiyaviy qismlari va elementlari bir-biri 
bilan yonma-yon bolm asdan, yaxlit birlikni tashkil etishi kerak. Pedagogik 
ta’siming biror tizimga ega emasligi tarbiyaviy ishga tamomila ziddir. Yordamchi 
maktab o lquvchilariga nisbatan talablaming turlichaligi tarbiyaga ko‘p zarar 
yetkazadi. Afsuski, amalda ko‘pincha shunday boladiki, aqli zaif o lquvchilar 
oilada maktab tashabbusini qo‘llab-quvvatlashi u yoqda tursin, balki qarama- 
qarshi ta ’sir ko‘rsatadi. Ba’zan o ‘qituvchilar orasida ham talablar birligi 
ta ’minlanmaydi. Tarbiya ko‘plab kishilar ishtirok etadigan, uzoq muddatli 
jarayondir. Shu sababli ularning ishida izchillikka erishish, davomiylikka rioya 
qilish, aqli zaif o ‘quvchilarning tarbiyalanish darajasini, yaqin oradagi 
rivojlanish zonasini o ‘z vaqtida aniqlash nihoyatda muhimdir.
134


Yordamchi maktablardagi o‘ziga xos tarbiyaviy tamoyillardan yana biri 
maktab o ‘quvchilarining yosh va individual xususiyatlarini e ’tiborga olishdir. 
Bu tamoyilni amalga oshirish o ‘quvchilar faoliyatining mazmun va shakllarini 
ularning yoshi, hayotiy tajribasi, kuchi va imkoniyatlariga muvofiqlashtirishni 
talab etadi. Ayni vaqtda har bir bola — bu o ‘ziga xos alohida dunyo. Shu 
sababli tarbiya jarayoni ta’lim jarayoniga qaraganda ham ancha individual' 
bo‘lishi kerak. Agar o ‘qituvchi muayyan paytdagi talab va qiziqishlarga tayanib, 
ularni xulq-atvor va faoliyat motivlarining hal qiluvchi negizi boigan yangi 
talablar va yangi qiziqishlami vujudga keltiradigan shakl va usullarini topa 
olsa, bu maqsadga erishishi mumkin boladi. 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish