boshqaruvchilik vazifasi shakllanadi. Fikriy jarayonlar: tahlil qilish va sintez
qilish rivojlanadi. O cquvchi bir xil materiallarni boshqalari bilan fakturasiyu
shaklli miqdori bo‘yicha taqqoslab ko‘radi. Buning natijasida mantiqiy operatsiya
bo‘lgan taqqoslash usullarini amaliy o ‘zlashtirish sodir bo‘ladi. M ehnat
operatsiyasini ongli ravishda bajarish odatda buyumni fikran qismlarga ajratib
chiqishni nazarda tutadi. Bu hoi ijrochilik operatsiyalari tartibini belgilashga
yordam beradi — tahlil qilish usullari ishlab chiqiladi.
Detallardan buyumni yig‘ish, ayrim operatsiyalami yaxlit sistemaga
birlashtirish sohasidagi faoliyat sintez qilishni rivojlantiradi, faol faoliyatga
ko‘pgina tushunchalami kiritish hisobiga yordamchi maktab o ‘quvchilarining
nutqi boyib boradi, o ‘quvchilar og‘zaki nutqni tuzish ko‘nikmalarini
o ‘zlashtiradilar.
Bundan tashqari, oqilona tashkil etilgan mehnat harakatga doir turli-
tuman mehnat malakalarini rivojlantirish imkonini beradi va yurak-tomir
sistemasini mustahkamlaydi, to ‘g‘ri nafas olishni yaxshilaydi, aqli zaif
o ‘quvchilarning motor-harakat sohasidagi turli buzilishlariga barham beradi.
Maxsus maktab o ‘quvchilari orasida harakatlari buzilgan o ‘quvchilar ham
uchrab turadi (harakatlami muvofiqlashtirishning buzilishi, falajning qoldiq
hodisalari, harakatlarning patologik buzilishi), lekin bunday o ‘quvchilami
ham mehnatga o lrgatish zamr. Harakat qilishga doir mehnat ko‘nikmalarini
rivojlantirish ishlari aniq maqsadga qaratilgan va muntazam bo£lishi lozim.
Shuning uchun ham oligofrenopedagog o ‘quvchilar bilan mashg‘ulotni
tashkil etar ekan, har qanday holda har bir o lquvchi uchun ish sur’ati va
maromini belgilashi, bajarilishi kerak bo‘lgan dastlabki ishlarni aniqlashi
lozim boladi. Ayniqsa, ish usullarini to ‘g‘ri bajarishga alohida e ’tibor berish
kerak, toki keyin yana o ‘quvchilarni qaytadan o ‘rgatishga ehtiyoj qolmasin.
Ish harakatlarining aniq, yengil bolishini ishlab chiqish zarur. Jismoniy
yuklamani, ayniqsa, ta’limning uchinchi yilida sekin-asta ko‘paytirib borish
darkor.
Lekin mehnat o ‘z-o‘zidan tuzatuvchi ta ’sir ko‘rsatmaydi. Q o‘l mehnati
darslarida yordamchi maktab o ‘qituvchisi psixofizik kamchiliklarini tuzatish,
o ‘quvchilarning bilish imkoniyatlarini rivojlantirish uchun yaxshi shart-
sharoitlar yaratib berishi lozim.
Q o l mehnati darslarida olib boriladigan korreksion-tarbiyalovchi ishlar
ta ’lim va tarbiycJarayonini to‘g‘ri tashkil etish va boshqarishni taqozo etadi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: