Maxsus pedagogika


-B O B . YO RDA M CH I MAKTABLARDA M E H N A T TA’LIM I


bet68/134
Sana04.03.2022
Hajmi
#481907
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   134
Bog'liq
fayl 182 20210326

5-B O B . YO RDA M CH I MAKTABLARDA M E H N A T TA’LIM I
Yordam chi m aktablardagi m ehnat ta ’limi nuqsonli o ‘quvchilarni 
um um texnik, k a s b -h u n a r va x o ‘jalik -m aish iy b ilim lari, k o ‘nikm a, 
m alakalar bilan qurollantirishni o ‘z oldiga m aqsad qilib q o ‘yadi va 
maktablarda shu maqsad asosida ish olib boradi. Har bir ayrim m ehnat 
turlari maxsus maktablarda, maxsus dasturlar asosida olib boriladi. Barcha 
turdagi m eh n atn in g m azm u n i, m ohiyati, tashkil qilinishi aqli zaif 
o‘quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash, ularda texnik qobiliyatlarni 
rivojlantirish, mustaqillik, faollikni tarbiyalashga qaratiladi. Turli toifadagi 
nuqsonli o kquvchilarning jism oniy, ruhiy rivojlanish xususiyatlari maxsus 
maktablardagi m ehnat ta ’limining m azm unini, usullarini belgilab beradi. 
Maxsus m aktablar o ‘z o^quvchilarini ishlab chiqarishga tayyorlash bilan 
birga ularning n u q so n la rin i kam ay tirish u ch u n m e h n a td a n asosiy 
pedagogik vosita sifatida ham foydalanadi. Bu vazifalarni hal qilishda barcha 
pedagogik, tibbiy va texnik vositalardan foydalaniladi.
Yordamchi maktablardagi m ehnat ta ’limi — aqli zaif o ‘quvchilarning 
psixofizik nuqsonlarini tuzatishda asosiy vositalardan biri sanaladi. Sodda 
turdagi m ehnat faoliyati oligofren bolalarga birm uncha tushunarli b o lib , 
ulardagi b a rc h a sezgi o rg a n la rin in g sam arali ishlash iga, fikrlash 
jarayonlarining rivojlanishiga yordam beradi. Yordamchi m aktablarning 
asosiy vazifasi, deb ta ’kidlanadi shu m aktablar dasturida, debil darajadagi 
aqli zaif bolalarni tarbiyalash va o kqitishdan iborat. Aqli qoloq bolalarga 
xos um umiy nuqson — bilish jarayonlarining cheklanganligidir. Shu 
sababli, aqli zaif bolalar ta ’lim-tarbiyasining rivojlanishida birinchi o'ringa 
bolalarning bilish faoliyatlarini tuzatishga alohida o ‘rin, e ’tibor berilgan. 
Yordamchi m aktablarning m ana shu asosiy, o ‘ziga xos vazifalari asosida 
ta ’lim m azm uni, usullari ochib beriladi. Respublikamizda yordam chi 
maktablar maxsus m aktablarning bir tarm o g ‘i sifatida taraqqiy etdi. 
Yordamchi m aktablardagi ta ’lim bevosita nuqsonli bolalarni hayotga 
moslashtirishga xizmat qiladi. Yordamchi m aktablarni tugatgan o ‘quv- 
chilarning 90 foizi ishlab chiqarishning turli sohalarida ishga o ‘rnashib, 
o ‘zlarini m o ddiy jih a td a n t a ’m inlay o lar ek a n la r. Oz qism aqliy 
n u q s o n lila r g in a n o g ir o n la r m u a s s a s a la r id a , d a v o la s h - m e h n a t 
ustaxonalarida ro ‘yxatda tu ra r ekanlar. Bu m a ’lu m otlar yordam chi
117


maktablarning o ‘z oldiga q o ‘ygan ijtimoiy vazifalarni muvaffaqiyatli hal 
etilayotganligining ishonchli dalilidir.
Aqli zaif bolalarning bevosita jam iyat ishlab chiqarish jarayonida 
qatnashishlari natijasida bu o ‘quvchilarning ijtim oiy-huquqiy masalalari 
ijobiy hal etiladi, ya’ni ular ham normal tengdoshlari qatori dam oladilar, 
d av o lan ad ilar, ijtim oiy ta ’m in o td an foydalanadilar. Bir so ‘z bilan 
aytganda, ular ham jamiyatning teng huquqli fuqarolari sifatida yashaydilar. 
M ana shu natijaga erishish uchun barcha mamlakatlardagi defektologlar, 
pedagoglar, shifokorlar, psixologlar harakat qilm oqdalar. Y ordam chi 
maktab o ‘quvchilarga bilim berish, tarbiyalash, ularni mustaqil hayotga 
tayyorlashni asosiy maqsad qilib q o ‘ygan ekan, dem ak, birinchi o ‘rinda 
m a ’lum m ehnat tu rlarid an bilim berish, ularda tegishli k o ‘nikm a, 
malakalar shakllantirish turadi. M ehnat ta ’limining asosiy yetakchi vazifasi 
nuqsonlarni tuzatishdir.
M ehnat ta ’limidagi barcha tuzatish ishlari qat’iy maqsad asosida izchil 
amalga oshirib borilishi kerak. Bolalarga biror narsani tayyorlash jarayonini 
tushuntirish asosida ayrim bilish jarayonlarini tarbiyalash ham amalga 
o s h irib b o rilis h i e ’tib o rd a tu tilis h i k erak . B ilish ja r a y o n la r in i 
takom illashtirish va shaxsiy sifatlarni rivojlantirish o ‘z -o ‘zidan ta ’lim 
natijasi sifatida yuz bermaydi. Aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan 
m ehnat ta ’limi va tuzatish ishlariga taalluqli ta ’lim jarayonida normal 
bolalarning rivoji orasida o'xshashlik mavjud. Bunda ta ’lim yetakchi rol 
o ‘ynaydi. Buning uchun ta ’lim o ‘qituvchi to m o n id an rivojlantirish, 
tuzatish ruhida tashkil etilishi darkor. Yordamchi maktabdagi tuzatish 
vazifalari um um ijtim oiy vazifalar bilan bog‘lab olib borilishi kerak. 
Yordamchi maktablardagi mehnat ta ’limining ijtimoiy va tuzatish vazifalari 
o kz navbatida bu ishning aniq, tashkiliy usul va shakllarini aniqlashga 
yordam beradi, o ‘qu vchilarning um um iy tayyorgarlik darajasi, o ‘z 
navbatida, m a’lum m ehnat turini tanlashni taqozo etadi. Bu maktabni 
bitirgan o ‘quvchilar asosan birinchi va ikkinchi toifali mutaxassis bo‘lib 
yetishadilar. Y ordam chi m aktab o ‘z o ‘quvchilariga sodda, to r soha 
bilimlarini berish bilan kifoyalanadi. Bularga tem irchilik, duradgorlik, 
tikuv ishlari h a m d a k a rto n m u q o v ala sh , so d d a q ish lo q x o ‘ja lik
mutaxassisliklari kiradi. Bulardan tashqari bo‘yoqchilik, maishiy ishlar, 
q o ‘g‘irchoqlar yasash bo‘yicha ham aqli zaif bolalar m a’lum bilimlar 
egallashlari mumkin. Bularning barchasida sodda, murakkab b o ‘lmaganlik 
xarakterli belgidir. Demak, yordam chi maktablardagi m ehnat ta ’limining 
birinchi vazifasi aqli zaif o ‘quvchilarni ishlab chiqarishga jalb etsa, ikkinchi 
vazifa — m ehnat orqali ularning nuqsonlarini to ‘g ‘rilash, yumshatish, 
kamaytirish, ularda ijobiy shaxsiy sifatlarni tarbiyalashdir.
Barcha ijodiy faoliyatlar singari m ehnat qilish uchun ham o ‘qish, 
o ‘rganish kerak. Inson m a’lum mutaxassislikni egallashi uchun m a’lum
118


vaqtda, m a ’lum hajmdagi bilim, ko ‘nikm a, malakalarni o ‘zlasht.irishi 
lozim.
T a ’lim dagi m uvaffaqiyat berilayotgan b ilim larning m urakkablik 
darajasiga, olib borilishiga, ta ’lim usullariga ham da ta ’lim olayotgan 
o‘quvchilarning psixofizik imkoniyatlariga bog‘liq. M ana shu omillar orasida 
m a’lum bog‘liqlik mavjud. Bolalarga m a ’lum mutaxassislik berish uchun 
ular jis m o n iy , aq liy to m o n d a n y e tilg a n b o ‘lish lari kerak . A gar 
berilayotgan ta ’lim «yaqin vaqtlarda rivojlanishi mumkin bo‘lgan zona»da 
bo‘lsa, unda bolaning psixofizik qobiliyatlarining rivojlanishiga ijobiy ta ’sir 
etadi. Aqli zaif bolalar bilish faoliyatlaridagi mavjud psixofizik nuqsonlar 
asosida ta ’lim jarayonining ayrim kom ponentlari orasidagi bog‘liqlik 
qiyinlashadi. M ehnat ta ’lim ining yordam chi m aktab o ‘quvchilarining 
umumiy kamolotiga ta ’sirini belgilashda bularni e ’tiborga olish kerak.
M a’lumki, har bir kishining m ehnati jam oa va jam oa uchun amalga 
oshadi. Shu sababli aqli zaiflarda m ehnatga ijobiy m unosabat, intizom , 
jam oada ishlash ko‘nikmalarini tarbiyalash kerak. Kichik bolaning eng 
oddiy, ixtiyorsiz, in stink tiv h arak atlari se k in -a sta ixtiyoriy, ongli 
harakatlarga aylanib boradi. Shu jarayonda ta’lim katta rol o ‘ynaydi. Bolalarda 
m ehnat malakalariga oid harakatlar shakllantirish ham m ehnat ta ’limi 
tarkibiga kiradi. Bu harakatlarni shakllantirishning o ‘ziga xos qonuniyatlari 
bo£lib, m ehn atda aqliy harakatlar shakllantirish bilan uzviy b o g liq . 
Mehnat ta ’limida aqliy rivojlanishning yetakchi omili bolalarning mustaqil, 
maqsadga m uvofiq m eh nat faoliyatini tashkil etishdir. Bu esa, o ‘z 
navbatida, u larn in g aqliy rivojlanishi bilan b og‘liq. Rus oligofre- 
nopedagogikasida m ehnat ta ’limiga e ’tibor o ‘zining xarakterli tom onlari 
bilan ajralib turadi. 1910-yildayoq m ashhur defektolog A.Pabst ham q o l 
mehnatiga katta e ’tibor bilan qaragan edi. Q o‘l m ehnati aqli zaif bolalar 
bilan ish olib boradigan yordam chi m aktablar uchun ayniqsa m uhim . 
Bu yerda birinchilardan bo‘lib psixik rivojlanishdagi nuqsonlarni m ashqlar 
orqali bartaraf etish mumkinligi am alda ko‘rsatiladi. Aqli zaif bolalarga 
haqiqiy bilim berishni boshlashdan oldin ularning sezgi va muskullarini 
mashq qildirish, rivojlantirish zarur.
1913-yilda xalq m aorifining Butun Rossiya qurultoyida q o ‘l m ehnati 
aqli zaif bolalar kamolotiga yaxshi ta ’sir etuvchi pedagogik vosita sifatida 
e’tirof etildi. Bunda m ehnatning rivojlantiruvchi ahamiyati tan olindi.
H a q iq a ta n , Y e.K .G rach y o v a, M .P.P astav skaya, G .C h .T ro sh in , 
V.P.Kashenko, G .N .R ossolim o, D.I.Azbukin, A .I.G raborov va boshqa 
rus defektologlarning ishlarini tahlil qilsak, ularning har biri u yoki bu 
a sn o d a q o ‘l m e h n a tig a a lo h id a e ’tib o r b e rg a n lig in i k o ‘ra m iz . 
V .P.K ashenkoning ta ’kidlashicha, q o ‘l m ehnati «asosiy, yetakchi fan 
sifatida tan olinishi va barcha tarbiyaviy va ta ’limiy ishlarimizning asosi 
bolishi lozim».
119


Bundan tashqari muallif qo‘l mehnatidan boshqa fanlardan ham alohida 
ish usuli sifatida foydalanishni tavsiya etgan. Bizningcha, qo‘l mehnatining 
ijobiy tomonlari A.I.Graborov ishlarida birm uncha kengroq va izchilroq 
aks ettirilgan. «Bola tafakkuri bilan uning muskullari orasida, — deb yozadi 
u 1920-yilda, — uzviy aloqa bor. Aqli zaif bola ishlay turib, narsalar ishlab 
chiqara turib, topshiriqlarni bajarib, o ‘zida ishonch tarbiyalaydi hamda 
shaxsini takomillashtirib boradi». Demak, bola mehnat faoliyatida o ‘z-o‘zidan 
rivojlanib borar ekan.
Insonning m ehnat faoliyatida harakatlar zaruriy qism lardan b o lib , 
insonga xos b o ‘lgan faoliyatning maqsadga qaratilganligi bilan ajralib 
turadi.
M ehnat faoliyati tarkibiga kiruvchi aqliy harakatlar turli m alakalar 
tarzida nam oyon bo ‘ladi. Bularga quyidagilar kiradi:
a) og‘zaki, yozm a, surat va jadvallardan foydalana olish;
b) o ‘lchash, hisoblash uchun o lc h a s h ishlarini bajara olish;
d) buyum larning tartib b o ‘yicha yasalish jarayonini rejalashtira olish;
e) o ‘z ishini izchil n a z o ra t qilib b orish (ta x m in a n , asb o b lar 
asosida);
0
m a’lum buyum lar yasash jarayonida sabab-oqibat bog‘lanishlarini 
tushuna olish.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish