2-chizma
6
-
33
81
82
6
-r
a
sm
.
1
0
3-
m
a
xs
u
s
y
o
r
d
a
m
c
h
i
m
a
k
ta
b
-in
te
m
a
td
a
6
-s
in
fd
a
on
a
ti
li
d
a
rs
i
(de
fektolog
M
a
tl
u
b
a
M
u
q
im
o
v
a
).
1. Og‘zaki uslublar (tushuntirish, suhbat, hikoya).
2. K o‘rsatmali uslublar: har xil ko‘rgazmali qurollami namoyish qilish,
ta’limda texnika vositalaridan foydalanish, ekskursiya, mustaqil kuzatish.
3. Amaliy uslublar: kitob bilan ishlash, yozm a va og'zaki mashqlar,
laboratoriya va amaliy ishlar, mustaqil ishlarning ba’zi turlari.
Har bir uslub bir necha kichik uslublardan iborat.
Og‘zaki uslublar
Og‘zaki uslublar qisqa m uddat ichida hajmi bo‘yicha eng ko‘p axborot
berish, o ‘quvchilar oldiga m uam m olar q o ‘yish, ularni hal qilish yollarini
ko‘rsatish im konini berad i. Bu uslu b lar o ‘q u v ch ilarn in g m avhum
tafakkurlarining rivojlanishiga sharoit yaratadi.
Bilimlarni tushuntirish uslubining mohiyati shundan iboratki, bunda
o ‘qituvchi m aterialni bayon qiladi, o ‘quvchi!ar esa uni tayyor holda
qabul qilib oladi. Materialising bayoni aniq, tushunarli, qisqa boMishi
kerak.
Materialni og‘zaki bayon etishga tushuntirish, o'qituvchining hikoyasi
kiradi. Yordamchi maktablarda m a’ruza qollanilmaydi. Aqli zaif bolalarning
psixofizik nuqsonlari sababli hikoya qilish 1—4- sinflarda 10 daqiqa, 5—
8-sinflarda esa 20 daqiqadan oshmasligi kerak. Tushuntirish bu yangi
materialni mantiqiy izchillikda bayon etishdir. Bu usul o^uvchilam i nazariy
bilimlar (qoida, atam a, ta ’rif) bilan tanishtirishda q o ‘llaniladi.
Tushuntirishda o ‘qituvchi yangi m aterialni oldin o ‘tilgan material
bilan boglaydi, uni bilimlar tizimiga kiritib, o ‘quvchilarda bor bilimlar
bilan yana egallanuvchi bilimlarning o ‘zaro bogiiqligini aniqlaydi. Bu
o‘zaro boglliqlikni aniqlashda o lqituvchi o ‘quvchilaming o'tgan tajribasiga
tayanib, ularda bor bilimlarni eslashga jalb qiladi.
Quyi sinflarda o'qituvchi tushuntirishda ko‘rgazmali m ateriallar,
qo‘llanm alar, tarqatm a-d id ak tik m ateriallar, jadvallar, chizm alar va
hokazolardan keng foydalanadi.
Yordamchi maktabda yangi m aterialni tushuntirish, ayniqsa, quyi
sinflarda uzoq c h o ‘zilmasligi kerak. Yangi materialni katta bo lm ag an
qismlarga bo‘lish kerak. Bitta darsda uncha katta b olm agan material bayon
qilinadi. 0 ‘qituvchi tushuntirishni ahyon-ahyonda to 4xtatib, o ‘quvchi!arga
savollar berishi m um kin: «Sizlar qanday o ‘ylaysiz, endi nim a qilish
kerak?» Bunday savollar o ‘quvchilam ing bayon qilinayotgan materialni
tushunishi, kuzatishga ulgurishlari yoki ularning diqqatlari barqarorligini
aniqlash maqsadida berib turiladi. Bunday savollar o ‘quvchilam ing bilish
faoliyatini faollashtiradi, ularning diqqatini yo‘naltirishga imkon beradi.
Ko‘pincha o ‘qituvchining tushuntirishi didaktik materiallar, amaliy ishlar
bilan birga q o ‘shib olib boriladi.
83
0 ‘qituvch inin g hikoyasi bu voqea, h odisalarni, qahram on larg a
tavsifnoma berishni ochiq, his-hayajon bilan ifodalashdir. U vaqt jihatidan
qisqa bolishiga qaramay, har doim faqat o ‘quvchilarning fikriga emas,
balki his-tuyg‘ulariga ham ta’sir etadi. Shunisi muhimki, hikoya o ‘quvchilami
qiziqtiradigan bo‘lishi, ularda darsda eshitganlariga nisbatan ko‘proq bilishga
xohish uyg‘otishi kerak. Modomiki o ‘qituvchining so‘zi asosiy bilim manbai
hisoblanar ekan, o ‘qituvchi so ‘ziga jiddiy talablar q o ‘yiladi. Bular
quyidagilardan iborat:
1. 0 ‘qituvchining so‘zi fonetik tomondan to‘g‘ri va ravshan bolishi kerak.
2. Har bir yordamchi maktab o ‘qituvchisi o ‘zining so‘zida bo‘lgan
kam chiliklar ustida ishlashi kerak. 0 ‘qituvchining jonli, ravon so‘zi
o ‘quvchilarning darsga b o igan ishtiyoqini oshiradi.
0 ‘qituvchi so‘zining tez va sekinligi o ‘quvchilarning dars materialini
egallash qobiliyatlariga bogliq boladi. Agar o ‘qituvchi materialni tez bayon
etsa, o ‘quvchilaro‘qituvchiningso‘zlarini qabul qilishga ulgurolmay qoladilar.
Natijada ularning diqqati haddan tashqari kuchayib, tez pasayadi va tarqaladi.
Shundan so‘ng o ‘quvchi o ‘qituvchining gapini eshitgisi kelmaydi, o ‘zini
ishdan chetga oladi. Biroq yordamchi maktabda nutqning juda sekinligi ham
yaxshi natija bermaydi. Chunki bola jumlaning oxirini eshitguncha uning
boshlanishini esdan chiqaradi.
Suhbat uslubi — bu o ‘qituvchining savol-javob uslubidirki, bunda
o ‘qituvchi o ‘quvchilarning bilimlarni qanday o ‘zlashtirganliklarini aniqlaydi
va amaliy tajribalariga tayangan holda, maxsus tanlangan savollar tizimi,
ularga beriladigan javoblar yo‘li bilan o ‘quvchilarni q o ‘yilgan ta ’lirn-
tarbiyaviy va tuzatish masalalarini hal qilishga olib keladi. Suhbat yordamchi
maktabda keng tarqalgan o ‘qitish uslublaridan biri hisoblanadi. Yangi
materialni tushuntirishdagi suhbat, odatda, o ‘qituvchining hikoyasi bilan
birga qo‘shib olib boriladi. Bu holda o ‘qituvchining savollari qonunlarni,
qoidalar va voqealar o ‘rtasidagi bog‘lanishlarni tushunishga yordam beradi.
Suhbat buyumlarni namoyish qilish, o ‘quvchilaming amaliy faoliyati
va mustaqil ishlari bilan q o ‘shib olib boriladi. Suhbatni o ‘tkazishga
tayyorlanishda o ‘qituvchi mavzuni va maqsadni aniqlab va uni o‘tkazishi
uchun ko‘rgazmali materiallami tanlab, savollarni puxta o ‘ylab chiqadi.
0 ‘qituvchining savollariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
1. Savol bir o‘quvchiga emas, balki butun sinfga qaratilishi kerak. Qoidani
bajarish yordamchi maktabda katta ahamiyatga ega. Chunki sinfda o‘tiigan har
bir o‘quvchi o‘qituvchi tomonidan berilgan savolga javob berish uchun doskaga
chaqirilib qolishi mumkinligini bilgan taqdirdagina ishga kirishadi. Shuning uchun
bitta o‘quvchiga berilgan savol qolgan o‘quvchilami bu vazifadan ozod etadi.
2. Har bir savol to‘g‘ri qo‘yilishi va o ‘quvchilarga tushunarli bolishi kerak.
Ko‘p so‘zli savollar berilmasligi kerak. Bundan tashqari, bir qancha savollarni
birdaniga, birinchi savolga javob olmasdan turib berish mumkin emas.
84
3. Savollar mazmuniga qarab bir-biridan farq qilishi kerakki, ommaviy
maktablarga qaraganda yordamchi maktablarda savollar ko‘proq beriladi.
Savollar juda qisqa va aniq bolishi lozim.
4. Savollarning shakli va uning oson yoki qiyinligi o ‘quvchilaming yoshiga
qarab belgilanishi kerak. Berilgan savollarning ichida javobi bolishi kerak
emas, aksincha, berilayotgan savollar o ‘quvchilarni fikrlashga undashi
zarur.
5. Berilayotgan savol oldingi savolga bogliq bolishi kerak.
6. Nutqida kamchiligi boMgan o ‘quvchilarga shunday savollar berilishi
kerakki, ular javobini ko‘rsatishlari yoki yozib berishlari, yo b o lm asa
og‘zaki bir so‘z bilan javob qaytarishlari mumkin bolsin.
7. 0 ‘qituvchi savollarni faqat og‘zaki berishi shart emas, balki yozma
tarzda berishi ham mumkin. Bu o ‘quvchilarning faqat og‘zaki nutqini emas,
balki yozma nutqini o ‘stirishga ham yordam beradi. Masalan, o ‘qituvchi:
a) og‘zaki so‘rab, og‘zaki javob talab qilishi mumkin;
b) savollarni sinf doskasiga yozib qo‘yib, o ‘quvchilardan og‘zaki yoki
yozma javob berishlarini talab qilishi mumkin;
d) o ‘quvchilarga alohida yozilgan savollarni tarqatib, ulardan o ‘ylab,
shu savollarga javob berishlarini so‘rashi mumkin.
0 ‘quvchining javobiga quyidagi talablami qo‘yish mumkin:
1. 0 ‘quvchilar savolni tushunib yetishlari kerak.
2. Mantiqiy o ‘ylab, jum la tuza bilishlari kerak.
Yordamchi maktabda o ‘qituvchi savolni to ‘g‘ri qo ‘ygani bilan har
doim ham o ‘quvchilardan to‘g‘ri javob ololmaydi. 0 ‘qituvchi har mahal
o‘quvchilarning javobini diqqat bilan tinglashi kerak. Ular tom onidan
qilingan xatolarni o ‘z vaqtida to ‘g‘rilab borishi lozim. To‘g‘rilangan xatolarni
o‘quvchilar tom onidan takrorlashni talab qilish zarur.
Aqli zaif bolalar ko‘pincha qisqa yoki bir so‘zli «yo‘q» yoki «ha» degan
javob bilan chegaralanadilar. Yordamchi maktab o ‘qituvchilari oldida turgan
eng muhim vazifalardan biri o ‘quvchilardan to ‘liq javob talab qilishdir.
Suhbat jarayonidagina o ‘quvchini savollar berishga o ‘rgatish imkoniyati
yaratiladi. Dastlab bu juda qiyin bo‘ladi. Keyinchalik bolalar sekin-asta bunga
o‘rganib boradilar.
Shunday qilib, yordamchi maktabda suhbat usuli ta ’lim jarayonida
o‘qituvchi oldida turgan um um ta’lim va tuzatish borasidagi tarbiyaviy
vazifalarni bajarishga yordam beradi.
0 ‘qituvchining bilimlarni tushuntirishi
hikoya
shaklida amalga oshirilishi
mumkin. 0 ‘qitish jarayonining ham m a bosqichlarida darslik va kitob bilan
ishlanadi, am m o bu ish o ‘quvchilardan m a’lum malaka va o ‘qituvchining
yordamini talab qiladi. Yordamchi maktab amaliyotida kitob va darsliklar
bilan ishlashning quyidagi usullaridan foydalaniladi: ovoz chiqarib o ‘qish,
ichida o‘qish, o ‘qituvchining m atnni o ‘qib berishi.
85
O'qishning birinchi yillarida ovoz chiqarib o ‘qishga katta ahamiyat
beriladi. T ofcgkri, ifodali va bir y o la o ‘qish ko‘p jihatdan o ‘qituvchining
o ‘qishga qanday e ’tib or berishiga b o g liq b o la d i. 1 va 11 sinflarda
o ‘quvchilaming to‘gkri
0
‘qishiga katta ahamiyat beriladi. Chunki o ‘quvchilar
tovushlami bo'g'in va so‘zlarga boglashda juda qiynaladilar.
Yuqori sinflarda ko'proq ichida o ‘qishdan foydalaniladi, buning yordamida
bolalar kitob bilan mustaqil ishlashga o ‘rgatiladi. M atnning o ‘qituvchi
tomonidan o kqilishi yordamchi maktabda namunali o ‘qish sifatida, o ‘qilganni
so ‘zlab berish yoki m atn m azm uni ustida suhbat o ‘tkazish uchun,
o ‘quvchiIarning mantiqiy tafakkurlarini, nutqini, diqqatini, fonem atik
eshitishini, tahlil va tasnif qilish jarayonlarini to‘g‘rilash uchun qo‘llaniladi.
Bu usulning katta tuzatish-tarbiyaviy ahamiyati borligini hisobga olib,
undan hamma o kquv yillarida keng foydalanish mumkin.
Yordamchi maktab o ‘quvchilarini kitob bilan ishlashga o ‘rgatishda avval
ularda ongli o ‘qish malakasini hosil qilish katta ahamiyatga ega. Shuning
uchun darslikda gap borayotgan narsalar va voqealar bilan o ‘quvchilarning
bevosita yoki «ko‘rgazmali vositalar» yordam ida tanishuvini maksimal
ta ’minlashga erishish kerak. Bolalar nima o ‘qiyotganliklarini tushunishlari va
tasaw ur etishlari lozim.
Darslik materialini ongli o‘zlashtirish uchun o‘quvchilar matndagi hamma
so‘zlami tushunishlari zarur. Shuning uchun darslik bilan ishlash okqituvchidan
maxsus atamalar, qiyin so‘zlar ustida lug‘at bilan ish olib borishni talab qiladi.
Darslik bilan ishlashda o ‘quvchilarning diqqatini matnda joylashtirilgan
jadval, karta, rasmlarga qaratish kerak. Matnni o ‘qitishdan oldin o ‘quvchilar
bilan birgalikda rasmlami batafsil tushunib yetmoq maqsadga muvofiqdir.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |