demensiya
deb
yuritiladi. D em ensiyani keltirib chiqargan sabablar, uning kechish
xususiyatlari, asoratlariga qarab
otganik, epileptik
va
shizofrenik demensiya
kabi turlarga ajratiladi.
Barcha yordamchi maktab o ‘quvchilarini amaliy maqsadda ikki guruhga
boMish m umkin.
Birinchi guruhga rivojlanish davrining m a’lum bosqichlarida bosh
miyasi zararlanib, nuqson asosida rivojlanayotgan amaldagi sog‘ bolalar
kirsa, ikkinchi guruhga maktab ta ’limi davrida ham kasalliklari davom
etib boruvchi bolalar kiradi.
Birinchi guruhga kiruvchi bolalarni yana ikkita tipik guruhlarga
bolam iz. Birinchi kichik guruhni shartli ravishda A deb belgilasak, ikkinchi
kichik guruhni В deb belgilaymiz. A guruhga bosh miyasi homila yoki ilk
chaqaloqlik davrida zararlangan bolalar (oligofrenlar) kirsa, В guruhga
bosh miyasi zararlangan bog‘cha yoki kichik maktab yoshidagi bolalar
kiradi.
Ikkinchi guruhga hayotda, ta ’lim-tarbiya jarayonida kasalliklari davom
etuvchi aqliy nuqsoniilar kiradi. Bunday kasalliklarga misol qilib asab
sistem asining revm atizm i, bosh miya zaxm i, epilepsiya (tutqano q ),
shizofreniya, gidrosefaliya va boshqalar kiradi.
Aqliy nuqsonning chuqurligiga qarab oligofreniya uch darajaga ajratiladi:
debillik, imbetsillik
va
idiotlik.
Har qaysi daraja haqida qisqacha to ‘xtalib
o ‘tamiz.
Debillik
birm uncha yengil daraja b o iib , oligofreniyaning eng kokp
tarqalgan turidir. Yordamchi maktabga bolalarni saralash vaqtlarida asosan
shu bolalar bilan ish olib boriladi. Yordamchi m aktab o ‘quvchilarining
asosiy qismini ham debil bolalar tashkil qiladi. Bu bolalarni saralash
vaqtida ham m a’lum qiyinchiliklarga duch kelinadi. Buning asosiy sababi
shuki, aqliy nuqson u darajada chuqur emas. Bu bolalar um umlashtira
oladilar. Bog‘cha yoshi davrida primitiv, sodda mazmunli o ‘yinlarni tashkil
22
qila oladi. M aktab yoshi davrida esa m a’lum muayyan holatlarni baholay
oladi, am aliy m asalalarni yechishda to ‘g ‘ri ish tutadi. N utqi asosan
saqlangan b o ‘lib, m exanik xotirasi nisbatan yaxshi natijalar beradi.
Bularning barchasi yordamchi maktab dasturi hajmidagi materiallarni
muvaffaqiyatli o ‘zlashtirishga yordam beradi. Debil bolalarda yetarli
harakatchanlik, ish qobiliyatlari saqlangan b o ‘ladi. Bu bolalarda nisbatan
hissiyot-iroda sifatlari yaxshi saqlangani natijasida o ‘zlarini nazorat qilish
imkoniyatlari mavjud. Yordamchi maktabning maxsus sharoitlari tufayli
debil bolalar 9 yil davom ida om m aviy m aktablar boshlang‘ich sinf
hajmidagi o ‘quv materiallarini egallab, m a’lum ishlab chiqarish, kasb-
hunar tayyorgarligini oladilar.
Q a to r ijo b iy x is la tla rig a q a ra m a y , m a ’lum d a ra ja d a a q liy
rivojlanmaganlik bu bolalarga ham xosdir. Bu bolalarning tafakkurlari
ko‘rgazm a-obraz m azm unini kasb etadi. Tushunchalarning shakllanishi
juda qiyin amalga oshadi. Um um lashtirish, taqqoslash jarayonlari juda
zaif kechadi. 0 ‘qilgan muayyan mazmunni qiyinchilik bilan o ‘zlashtiradilar.
F an larn i t o ‘g ‘ri idrok qila tu rib , u larn in g ichki b o g ‘lan ish la rin i
tushunm aydilar. Bunday xislatlar debil bolalar bilan mazmunli rasmlar,
izchil voqealarni tasniflash tajribalari o ‘tkazilganda yaqqol ko‘rinadi,
hisoblash malakalari ham qiyin shakllanadi. Sonlar, suratli arifmetik
belgilar mohiyatini yetarli tushunib yetmaydilar. Ular sodda masalalarning
shartlarini dastlabki tushuntirishlarda bila olmaydilar. Uni yechishda oldingi
ishlagan yollarni qollaydilar. T o ‘g‘ri yozish malakalarini qiyinchilik bilan
egallaydilar. U larning nutqi sodda, gram m atik tom oni buzilgan, tili
chuchuk b olishi m umkin. So‘zli tushuntirishlar muayyan holatlar bilan
bog‘liq b o lm asa materialni juda qiyin idrok etadilar. Debil bolalarning
yetarli aqliy taraqqiy etmaganligi ular shaxsining shakllanmaganligi bilan
birga q o ‘shilib keladi. Bu xislat fikr yuritish va qarashlarning mustaqil
emasligida, bilimga intilishlarning yetishmasligida, tashabbuskorlikning
bo‘shligida, m ehnat faoliyatlarida namoyon bo‘ladi. Hissiyot-iroda sohalari
yetarli saqlangan holda, ayrim qayg‘urish, xursand b o lish vaqtlarida
o ‘zlarini yetarli, nuqsonsiz tengdoshlaridek tuta olmaydilar. Ayrim nozik
differensiyalashgan harakatlar, yuzlardagi ifodalilik yetishmaydi. Ba’zan
nevrologik belgilar, tana displaziyasi, endokrin buzilishlar uchraydi. 0 ‘z
vaqtidagi to ‘g ‘ri t a ’lim -tarbiya, m ehn at m alakalarini berish, aqliy
nuqsonni murakkablashtiruvchi asab-ruhiy taassurotlarni yo‘q qilish orqali
debil bolalarni muvaffaqiyatli ravishda hayotga moslashtirish mumkin.
Bu bolalar tashabbus, mustaqillik, bir ish turidan boshqa ish turiga tez
o ‘tish talab etilmaydigan ish jarayonlarida yetarli unum bilan m ehnat
qiladilar. Bu bolalardagi amaliy intilishlarning borligi kelajakda jam iyatda
o ‘z
0
‘rinlanga ega bo ‘lishlarini bilishlari asosida m ehnat malakalarini
egallashlariga yordam beradi.
23
Download Do'stlaringiz bilan baham: |