Mavzu: Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot va uning tahlili Reja: Kirish Asosiy qism


Pul oqimlari, pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning mohiyati, tarkibi



Download 494,88 Kb.
bet3/9
Sana03.07.2022
Hajmi494,88 Kb.
#738274
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
moliyaviy tahlil

Pul oqimlari, pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning mohiyati, tarkibi

Pul mablag’lari oqimida quyidagi muhim tushunchalar bilan tanish bo’lish lozim, chunki ular kurs ishi davomida ko’p marta foydalaniladi va pul oqimlari hisobotidagi asosiy terminlar hisoblanadi:
Pul mablag‘lari — kassadagi naqd pul va talab qilib olinadigan depozitlar, shuningdek bankning hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlaridagi mablag‘lar.
Pul ekvivalentlari — ma’lum pul mablag‘iga tez va oson almashtiriladigan hamda qiymatidagi o‘zgarishlar tufayli uncha ko‘p bo‘lgan qisqa muddatli, yuqori likvidli investitsiyalar (moliyaviy qo‘yilmalar).
Pul oqimlari — pul mablag‘lari hamda ular ekvivalentlarining oqimi (tushumi) va chiqimi (sarflanishi, chiqishi)dan iborat.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot — hisobot davrida pul mablag‘i oqimlarini batafsil ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichlar yig‘indisi.
Opyeratsion faoliyati — xo‘jalik yurituvchi sub’ektning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek sub’ektning investitsiya va moliya faoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik faoliyati.
Investitsiya faoliyati — pul ekvivalentlariga kiritilmagan uzoq muddatli aktivlar va boshqa investitsiya obyektlarini sotib olish va sotish.
Moliyaviy faoliyat — xo‘jalik yurituvchi sub’ektning faoliyati bo‘lib, uning natijasida o‘z mablag‘i va qarz mablag‘lari miqdori va tarkibida o‘zgarishlar yuz byeradi.1
Pul mablag’i ekvivalentlaridan asosan investitsiyalar va boshqa maqsadlar uchun emas, balki faqat qisqa muddatli majburiyatlar bo’yicha to’lovlar uchun foydalaniladi. Investitsiyalarni pul ekvivalenti deb hisoblash uchun ular erkin ravishda naqd pulga aylantiriladigan bo’lishi va qiymatining o’zgarishida biroz xavf bo’lishi lozim. Shu sababli‚ investitsiya qisqa muddatda to’lanadigan bo’lsa, ya‘ni xarid qilingan paytdan boshlab taxminan uch oy ichida to’lanadigan bo’lsa, uni pul ekvivalenti deb hisoblash mumkin bo’ladi.
Bank zayomlari moliyaviy faoliyatga taalluqlidir, lekin talab qilingan paytda to’lanadigan bank overdraftlari korxonalar pul mablag’ini boshqarishning ajralmas qismi hisoblanadi. Shu munosabat bilan bank overdraftlari pul mablag’ining tarkibiy qismi yoki ularning ekvivalenti hisoblanadi.
Pul oqimi pul mablag’lari va pul ekvivalentlari moddalari o’rtasidagi harakatni o’z ichiga olmaydi, chunki ular operatsion, moliyaviy yoki investitsiya faoliyatiga kirmaydi yoki xo’jalik yurituvchi subyektning pul mablag’larini boshqarishga taalluqlidir. Pul mablag’larini boshqarish pul mablag’lari va pul ekvivalentlarining ortiqchasini ishga solishni o’z ichiga oladi.
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot hisobot davri davomida operatsiya, investitsiya yoki moliyaviy faoliyat natijasida xo’jalik yurituvchi subyekt olgan pul oqimlari to’g’risidagi ma‘lumotlarni taqdim etishi lozim bo’ladi.
Operatsion faoliyat. Xo’jalik yurituvchi subyektning operatsion faoliyati natijasida vujudga keladigan pul oqimi hajmi xo’jalik yurituvchi subyekt amalga oshiradigan operatsion faoliyati natijasida olinadigan pul oqimlari harakati ssudalarni to’lash, xo’jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish quvvatlarini saqlab turish, dividendlarni to’lash va moliyalashtirishning tashqi manbalariga murojaat qilinmay yangi investitsiyalar uchun qanchalik yetarli ekanini aks ettiruvchi asosiy ko’rsatkich hisoblanadi. Operatsion faoliyatdan keladigan oldingi pul oqimining ayrim qismlari to’g’risidagi axborotdan operatsion faoliyatdan bo’lajak pul oqimlarini prognoz qilish uchun axborotning boshqa turlaridan qo’shib foydalanish mumkin bo’ladi. Operatsion faoliyatdan pul oqimi xo’jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyatidan kelib chiqadi. Odatda xo’jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyati mahsulotni sotishga, ishlarni bajarishga yoki xizmat ko’rsatishga qaratilgan bo’ladi. Operatsion faoliyatdan asosiy pul oqimiga quyidagilar kiradi2:
a) tovarlarni sotish va xizmat ko’rsatishdan tushgan pul;
b) royalti, badallar, vositachilik haqi va o’zga yo’llar bilan pul mablag’lari tushumi;
c) tovarlar va xizmatlar uchun ularni yetkazib beruvchilarga pul to’lovlari;
d) xodimlarga va xodimlar nomidan to’lovlar;
e) sug’urta kompaniyasining sug’urta polislari bo’yicha mukofotlari, talablari, yillik va o’zga to’lovlari bo’yicha pul tushumlari va to’lovlari;
f) soliqlar bo’yicha pul to’lovlari yoki uning o’rnini bosuvchi to’lovlar, agar ular investitsiya va moliya faoliyatiga taalluqli bo’lmasa;
g) savdo yoki dilerlik maqsadlarida tuzilgan bitimlar bo’yicha pul tushumlari va to’lovlari;
h) boshqalar.
Moliyaviy faoliyat. Xo’jalik yurituvchi subyekt moliyaviy faoliyatidan bo’ladigan pul oqimlari to’g’risidagi axborotni alohida ko’rsatadi. Bu axborot moliyaviy faoliyatdan bo’lajak pul oqimlarini taxmin qilish uchun zarur bo’ladi.
Moliyaviy faoliyatdan keladigan asosiy pul oqimlariga quyidagilar kiradi:
a) aksiyalar yoki o’z mablag’i bilan bog’liq boshqa vositalarni chiqarishdan keladigan pul tushumlari;
b) subyektlar aksiyalarining haqini to’lash yoki sotib olish uchun ularning egalariga to’lovlar;
c) ta‘minlanmagan obligatsiyalar emissiyasidan, moliya korxonalari tomonidan berilgan ssudalardan, garovga qo’yilgan va boshqa qisqa hamda uzoq muddatli zayomlardan pul tushumlari;
d) zayomlarni to’lash;
e) moliyaviy lizing bo’yicha majburiyatlarni qisqartirish uchun ijarachilarning to’lovlari;
f) va boshqalar.
Tahlil maqsadi: moliyaviy hisobot ma‘lumotlari asosida pul oqimini obyektlari, faoliyat turlari, shakli va davri bo’yicha o’rganish orqali xo’jalik yurituvchi subyektning pul mablag’larini ichki va tashqi omillarga bog’liq holdagi o’zgarishlarini retrospektiv va perspektiv tahlilini amalga oshirish orqali ularni maqsadli boshqarishni yo’lga qo’yishdan iborat.
Tahlil vazifalari:
- pul oqimi to’g’risidagi hisobotni tasniflash, pul oqimini tarkib qatorlari bo’yicha o’rganish;
- pul oqimini joriy tahlilini va istiqboldagi prognozlarini tashxislash;
- pul oqimining sof kirimi va chiqimiga baho berish orqali biznes samaradorligiga baho berish;
- pul oqimining moliyaviy holat va barqarorlikka ta‘sir darajasini, ular naqdligining likvidlik va to’lovga qobillikka ta‘sirini baholash;
- operatsion va moliyaviy richaglar orqali pul oqimini moliyaviy koeffitsiyentlarda baholash;
- pul oqimini taktik boshqarishning aniq chora-tadbirlarini belgilab berish va ularni amalga oshirish.
Tahlil uchun zarur bo’lgan ma‘lumotlar va ularning kamchiliklari. Tahlil uchun zarur bo’lgan ma‘lumot moliyaviy hisobotning 4-shakli bo’lgan ―Pul oqimi to’g’risida‖gi hisobotdan olinadi. Hisobot kassa usulida tuziladi. Tuzish davriyligi bo’yicha yarim yillik va yillik muddat belgilangan.
Inflyatsiya darajasi, moliyaviy hisobotlarni tuzish davriyligining uzoqligi, hisobga olish va kassali usulning muvofiq kelmasligi, pul oqimi to’g’risidagi analitik ma‘lumotlarni olish imkoniyatlari cheklanganligi, axborotlarning ishonchligidagi muammoli jihatlar tahlilning eng muhim kamchiliklari hisoblanadi3.
Xo’jalik yurituvchi subyekt pul mablag’lari va ularning ekvivalentlarini keltirib chiqarish, shuningdek‚ keltirib chiqarilgan pul mablag’lari va ularning ekvivalentlaridan maqsadli va samarali foydalanish juda qiyin jarayon. Ya‘ni pulni topish qiyin uni ishlatish undanda qiyin.
Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida, xo’jalik jarayonlarida doimo pul mablag’lari va ularning ekvivalentlariga zaruriyat seziladi. Negaki barcha munosabatlar ushbu oqim harakati bilan boshlanadi va tugaydi. Barcha moliyaviy munosabatlar ham ushbu birlik orqali tartiblanadi.
Har bitta xo’jalik yurituvchi subyekt yetarli miqdorda pul va pul ekvivalentlari bilan ta‘minlangan holdagina uning ishlab chiqarish, tijorat va moliyaviy faoliyati uzluksizligi ta‘minlanadi. Agar ta‘minotda uzilish bo’ladigan yoki zaruriy likvid mablag’larga yetishmovchiliklar kuzatiladigan bo’lsa bunday subyektning nafaqat operatsion faoliyati‚ balki butun xo’jalik faoliyatida tanglik yuzaga keladi, moliyaviy ahvoli qiyinlashadi va uni boshqarish yanada murakkablashadi.
Xo’jalik yurituvchi subyektlarning daromad keltiruvchi faoliyat turlari, shakllari qanchalik farqli bo’lmasin, ularning pul mablag’lari va pul ekvivalentlariga bo’lgan ehtiyojlari bir xil sabablardan kelib chiqadi. Bu uzluksiz va davomli faoliyatni amalga oshirish aktivlarni sotib olish va joylashtirish, o’z majburiyatlarida amalga oshirish, investorlarga daromadlarini to’lash yuzasidan zaruriy amallarning bir xilligidan kelib chiqadi.
Pul mablag’larining manbalarida birinchi navbatda xususiy kapitalning shakllanishiga ahamiyat qaratish lozim. Xususiy kapital xo’jalik yurituvchi subyektning boshlang’ich kapitalidir. Ushbu kapital asosiy va aylanma kapital minimumini ta‘minlab beradi. Pul oqimlarining shakllanishi va ularning ishlatilishidagi umumiy jihatlar bilan bir qatorda albatta har bitta korxonaning ularning harakati, tezligi yuzasidan o’ziga xos jihatlari mavjud. Masalan: pul va pul ekvivalentlarining harakati savdoda, umumiy ovqatlanishda, qurilishda, sanoatda, qishloq xo’jaligida bir-biridan tubdan farq qiladi. Bu tarmoq va bo’g’inning, korxona faoliyatining o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Pul mablag’laridan samarali foydalanishni tashkil etish ko’p jihatdan korxonalarda pul mablag’larining harakatini optimal boshqarishni tashkil etilganligiga va ular ustidan nazoratni yo’lga qo’yilganlik darajasiga bog’liq. Biroq, ko’plab korxonalarda pul mablag’lari va pul ekvivalentlarini boshqarish va doimiy nazorat qilishdagi kamchiliklar tufayli moliyaviy natijaviylikdagi ijobiy holat, debitorlik majburiyatlarini oshirib yuborish, undirilmagan qarzdorlikning ko’payishi hisobiga moliyaviy holat yomonlashganligini ko’rish mumkin. To’g’ri bu holat keyingi faoliyatlar uchun manba sifatida qaralishi mumkin, lekin ularning doimiy aylanishdan chetlanishlari tufayli korxona ish faolligi, likvidligi sustlashadi, moliyaviy ahvoli qiyinlashadi. Shu sababli, pul mablag’larini boshqarishda har bitta korxonaning pul mablag’lari va pul ekvivalentlarining faoliyat uzluksizligini ta‘minlash, majburiyatlarning ortib ketishiga yo’l qo’ymaydigan taktik boshqaruvini yo’lga qo’yish choralarini ko’rish lozim bo’ladi.
1-jadval

Download 494,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish