Mavzu: Ona-Vatan
1- dars.
Bizning Vatanimiz — O'zbekiston
Mavzu: Ona-Vatan
Maqsad:
a) ta'limiy: o'quvchilarga bizning Vatanimiz O'zbekiston, uning poytaxti Toshkent ekanligi; Konstitutsiyamiz asosiy qonunimiz ekanligi haqida bilim va ko'nikmalar berish;
b) tarbiyaviy: o'quvchilarda Vatanga muhabbat, uni qadrlash va g'urur, iftihor tuyg'ularini tarbiyalash.
d) rivojlantiruvchi: o'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatish.
Dars uslubi: bayon etish, suhbat.
Dars jihozi: darslik, rasmli plakatlar, qo'shiqli disklar.
Dars texnologiyasi
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III-1
|
III-2
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
1
|
10
|
20
|
10
|
2
|
1
|
1
|
Texnologik xarita
Mavzu
|
Ona-Vatan
|
Maqsad va vazifalar
|
O'qituvchi: Mavzuni mazmunli yoritish; o'quv- chilar o'zlashtirishiga erishish.
|
Dars jarayonining borishi
|
Tashkiliy qism.
Birinchi sinf bilimlari bilan uzviylikka erishish.
Darslikka kirish va mavzu ustida ishlash.
Ijodiy ishlash.
Rag'batlantirish va uy vazifasini berish.
|
O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Uslub: bayon etish, suhbat. Shakl: frontal, yakka. Vosita: so'z-suhbat.
|
|
Nazorat: frontal, yakka kuzatish. Baholash: yakka, javoblardan kelib chiqib.
|
Kutilayotgan natijalar
|
O'qituvchi: darsni samarali o'tadi, o'quv- chilarni shu fanga qiziqtira oladi.
|
O'quvchi: darsga faol qatnashadi, ijodiy fikrlaydi.
|
Kelgusi rejalar
|
O'qituvchi: dars o'tishning samarali usullarini tanlaydi.
|
O'quvchi: uy vazifasini bajaradi, mavzuni puxta o'rganadi
|
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish.
II. Kirish suhbati.
O'qituvchi: Qadrli bolajonlarim, biz siz bilan bugundan boshlab ikkinchi yil odob saboqlarini o'rganishni davom ettiramiz. Qani kim eslaydi, o'tgan o'quv yilida nimalar haqida bilim olgan edik? (O'quvchilar birma-bir o'tgan yil saboqlarini eslay boshlaydilar):
— 1- sentabr - Mustaqillik bayrami saboqlarini bildik.
— Davlatimiz ramzlarini o'rgandik.
— Oila, oila a'zolariga mehr-muhabbat tuyg'ulari haqida bildik.
— Salomlashish odobini bildik.
— Maktab qoidalari, kiyinish odobini o'rgandik.
— Kattalarni hurmat qilishni, kichiklarga izzat ko'rsatishni bildik.
— Yigit, qizlar odobini o'rgandik.
— Ilm-hunar haqida saboq oldik.
— O'z salomatligimizni saqlashni o'rgandik.
— Milliy o'yinlarimiz haqida saboq oldik, o'yin odobini o'rgandik.
— Ona tabiatga muhabbat, uni asrashni o'rgandik.
— 9- may — Xotira va qadrlash kuni ekanligi, ziyorat odobini o'rgandik va h.k.
O'qituvchi: Bu yil 2- sinfda odob saboqlarini mana shu darsligimiz o'rgatadi (darslik ko'rsatilib, uning mualliflari haqida ma'lumot beriladi).
III. Yangi mavzu ustida ishlash.
1. Darslik bilan ishlash.
— Darslikning 3-, 4- sahifasida berilgan rasmlar asosida suhbat uyushtiriladi. O'quvchilar 1- topshiriqni shartiga binoan bajaradilar.
— Shu sahifadagi 2- topshiriq sharti bajariladi: Tursunboy Adashboyevning «Vatan — Ona» she'ri o'qilib, she'r mazmuni rasmlar bilan bog'lanadi.
— Tushuntirish matni o'qilib, uning mohiyati o'qituvchi tomonidan ochib beriladi.
(Musiqali dam olish daqiqasi).
— Islom Karimovning «Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch» asaridan olingan sitata mazmuni ustida ishlanib, ushbu asar ko'rsatiladi.
— 6- sahifadagi topshiriq o'quvchilar tomonidan bajariladi.
— «Jumboqni yeching» belgisi ostida berilgan boshqotirma yechiladi. Javob: Vatani borning davlati bor.
2. Muammoli savol bilan ishlash.
— Vatandan uzoqqa ketdingiz, deylik. O'zingizni qanday xis qilasiz? (Tez kunda Vatanimni sog'inib qolaman, degan javobga kela bilish lozim). Xulosa: Vatanning har bir qarich yeri inson uchun aziz!
IV. Umumlashtirish va xulosalash.
V. Baholash.
VI . Uyga vazifa:
Darslikning 3-6- sahifalaridagi saboqlarni o'rganish; "Ozod va obod Vatan" mavzusida ijodiy hikoya tuzish.
2- dars.
Mavzu: Ajdodlar merosi — faxr va iftixorimiz
Maqsad:
a) ta'Iimiy: o'quvchilarga mavzu yuzasidan bilim berish;
b) tarbiyaviy: o'quvchilarda ajdodlar merosiga muhabbat tuyg'ularini. tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi: o'quvchilarni ijodiy fikrlashga, o'rganganlaridan xulosa chiqara olishga o'rgatish.
Dars uslubi: muloqot, innovatsion texnologiyalardan foydalanish. Dars jihozi: testli kartochkalar, tarqatma materiallar.
Do'stlaringiz bilan baham: |