Mavzu: Odam va hayvonlar organizimida parazitlik qiluvchi bir hujayrali hayvonlar



Download 432,25 Kb.
bet4/11
Sana22.06.2022
Hajmi432,25 Kb.
#690289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ABDUG’ANIYEVA SURAYYO

Leyshmaniya (Leishmanial urug'ining vakillari ham tripanosomalarga o’xshash tuzilgan, lekin ular odamning terisi va ichki organlarida parazitlik hujayra ichida parazitlik qilganidan xivchin hosil qilmaydi, harakatsiz parazitlar nihoyatda kichkina (3-7 mkm), ovalsimon hujayrasida bitta a kinetoplasti bo'ladi. Leyshmaniyalarning ikki turi odamda parazitlikTropik leyshmaniva (Leishmania tropica) yuz, qo'l va oyoqlar terisida parazitlik qiladi.Teri leyshmaniozining qo'zg'atuvchisini rus shifokori P.F.Borovskiy birinchi marta 1882-yilda Toshkentda aniqlagan.Teri leyshmaniozi Markaziy Osiyo va Kavkaz ortida keng tarqalgan.Parazit teri hujayralarida yashaydi va terida yaralar hosil qiladi. Kasallikning bir yil va undan ortiqroqqa cho'ziladigan shahar yoki surunkali shakli (Leishmania tropica qo'zg'atadi- xobod yarasi) va 3-6 oy davom etadi o'tkir shakli (penda yarasi) tafovut qilinadi. Teri leyshmaniozi Markaziy Osiyo xalqlari o'rtasida yomon yara, sharq kuydirgisi yoki pashshaxo'rda nomi bilan ham ma'lum.Morfologik jihatdan leyshmaniyalar ikki xil shaklda: hujayra ichida tashuvchilarining tanasida xivchinsiz hamda sun'iy usulda o'stirilganda xivchinli ko'rinishda yashaydi.Leyshmaniyalar hayotining xivchinli davri leptomonad davri deb ataladi. Visseral leyshmanioz tez-tez yoki ma'lum bir vaqtda, oralab isitma chiqarish bilan davom etadigan og'ir kasallik hisoblanadi. Morfologik jihatdan leyshmaniyaning ikkala turi ham bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Visseral leyshmaniozning qo'zg'atuvchisi odam tanasida retikulo-endotelial organlar - jigar, taloq, limfa tugunlari, ko'mik endoteliy hujayralari sitoplazmasida parazitlik qilib yashaydi va ko'payadi. Leyshmaniyalar ko'payganda bitta hujayradagi parazitlar soni 100-200 tagacha yetadi Hujayra yemirilgandan keyin ular limfa bilan qonga o'tib, yangi hujayralarga kirita oladi va ularning yemirilishiga sababchi bo'ladi.Ichki leyshmanioz bilan og'rigan bemor sobiq Ittifoq hududida birinchi marta 1909-yilda aniqlangan. Keyinchalik Markaziy Osiyo va Kavkaz ortida bu kasallikning manbalari topilgan.Ichki, ya'ni visseral leyshmaniyani (Leishmania donovani) ingliz olimi Leyshman 1903-yili shu kasallikdan o'lgan odamning talog'idan ajratib olib aniqlagan.Leyshmanioz transmissiv kasallik bo'lib, uni qonso'rar mayda hasharotlar — )tomus avlodiga kiruvchi iskabtoparlar tarqatadi. Iskabtopar kasal odamning qonini so’rganida leyshmaniyalar hasharotning hazm yo' liga о'tadi. U yerda parazitning (oldingi uchidan uzun xivchin o'sib chiqadi, ya'ni sodda hayvon xivchinli tionad) ko'rinishga o'tadi.leyshmaniozning qo'zg'atuvchisini yuqtirib olgan bu hasharot sog'lom ing qonini so'rganida parazitlarni unga yuqtiradi .leyshmanioz Shimoliy Afrika, Janubiy Yevropa va Janubi g'arbiy ing bir qancha mamlakatlarida tarqalgan. О'zbekistonning janubiy viloyatlarida ham bu kasallik tarqalgan.Lyshmaniozining tabiiy manbai kemiruvchi sutemizuvchilar (qum kalamush va yumronqoziqlar) va itlardir, ya'ni bu hayvonlar leyshmaniyaning xo'jayinlari hisoblanadi. Bu hayvonlarning quloqlari, burni va tanasining chaqa olishi mumkin bo'lgan boshqa joylarida yaralar hosil bo'ladi. Hayvonlaming inlarida iskabtoparlar kunduz kunlari yashirinib yotadi, kechga hayyvonlarning qonini so'radi va ularga bu kasallikni yuqtiradi. leyshmaniozning asosan 2 ta shakli mavjud: hind kala-azari hamda dengizi visseral leyshmaniozi.Hind kala-azarida terming rangi qoramtir, ba'zan tim qora bo'ladi. Ayrim olim- larning fikriga ko'ra, bunday hodisa buyrak usti bezlari faoliyatining susayishi tufayli kelib chiqadi, chunki leyshmaniyalar shu bezning po'st qismidagi makrofaglarida ham uchraydi.O'rta Yer dengizi visseral leyshmaniozida teri va shilliq pardalar oqarib, mumsimon bo'lib qoladi. Bemorning jigar va talog'i kattalashib, kamqonlik hamda leykopeniya kuzatiladi. Bemor ozib ketadi. Bu kasallikni ham iskabtoparlar yuqtiradi. Jigari va talog'i shishib, bemor halok bo'lishi mumkin.Kala-azar qo'zg'atuvchisi Janubiy va Shimoliy Osiyo, Italiya, Turkmaniston- ning ayrim hududlarida uchraydi.Professor N.I. Xodukin visseral leyshmaniozning endemik zanjiri: it-flebotomus- odam ekanligini aniqlagan.Akademik Ye.N. Pavlovskiy odamlar va hayvonlar o'rtasida bo'g'imoyoqlilar yordamida aylanib yuradigan kasalliklarni tabiiy manbali transmissiv kasalliklar deb ataydi.Har ikkala leyshmanioz bilan ham ko'proq bolalar kasallanadi. Kasalliklardan keyin muntazam immunitet hosil bo'ladi. Shuning uchun har bir kishi leyshmanioz bilan faqat bir marta kasallanadi.Kasallikni aniqlash uchun to'sh suyagi ko'migi mikroskop ostida qaralib, hujayralarida leyshmaniyalar bor-yo'qligi aniqlanadi.
Ko'p xivchinlilar (Polvmastigina) turkumi vakili lyambliyani birinchi marta 1859-yilda Xarkov Univer- sitetining professori Lyamble aniqlagan.Lyambliya (Lamblia intestinalis) hayot siklida vege¬tativ hamda sista ko'ririishida uchraydi.Vegetativ shakli noksimon bo'lib, uzunligi 12- 15 mkm, eni esa 8-10 mkm gacha bo'ladi.Tanasining oldingi tomonida disk bo'lib, ichak epiteliysiga yopishish uchun xizmat qiladi. Tanasining o'rtasida ikkita tayanch ipi aksostillar o'tadi. Aksostillar yordamida parazitning tanasi ikki simmetriyali nimtalarga bo'lingan bo'lib, har qaysisida bittadan yadro bo'ladi.To'rtinchi jufi xivchinlar aksostillarning orqa qismida yotadi.Aksositning hazm organoidlari bo'lmaydi. Shuning uchun osmatik yo'l bilan oziqlanadi. Ko'payish usuli jinssiz, uzunasigabo'linish (mitoz) yo'li bilan amalga oshadi.Lyambliyalarning sistalari oval shaklida bo'lib, uzunligi 10-14 mkm gacha i. Ikki qavat po'stlog'i aniq ko'rinib turadi. Yetilmagan sistalarda 2 ta yadro,yetilgananlarida esa 4 ta yadro bo'ladi.Lyambliyalarning taraqqiyoti oddiy bo'lib, hayot davri parazitning vegetativ taga o'ralgan shakllarining almashinib turishidan iborat. Vegetativ shakllari lyamliyaing 12 barmoqli ichagida yashaydi va ko'payadi. Tajriba yo'li bilan zararlangan hayvonlarda lyambliyalar ingichka ichakning yuqori qismlarida topilgan.Lyamliyaing ba'zilari sistaga o'ralib, tashqi muhitga chiqadi va odamga lyamblioz kasalligini yuqtiradigan manba bo'lib qoladi. Lyambliozni yuqtiradigan manba odam va parazit tashuvchilardir.Lyamblioz hamma yerda tarqalgan bo'lib, aholining taxminan 10 % ida tlarni topish mumkin. Lyamblioz bilan, asosan, yosh bolalar ko'proq kasallanadi. Parazitlar odamning 12 barmoqli ichagida yashashi bilan birga, ayrim notlarga qaraganda, o't pufagida ham yashashi mumkin. Ammo sun'iy o'stirilgan lyambliya o't suyuqligi pufagida yashamaydi. Hozirgacha ham lyambliyalarning o't yo'llarida, o't pufagida yashashi noaniq. L.I. Rogova va Dehqonxo'jayevalarning (1960) ma'lumotlari bo'yicha, olib tashlangan o't hamda tajriba yo'li bilan zararlangan hayvonlarning o't pufagida lyambliya topilmagan.Ko'pchilik shifokorlarning fikri bo'yicha, lyambliyalar odamga bilan lyamblioz kasalligini qo'zg'atadi. Ular ichak, o't yo'llarini jarohatlamaydi degan fikr hozir ham mavjud. Lekin ayrim olimlar lyambliyalarni shartli ravishda patogen deb hisoblashadi. Chunki parazitlar sog'lom odamlarda ham uchrab ularning soni ichakda ko'payib ketgandagina ichak faoliyatini o'zgartiradi.Shu sababli moddalarning so'rilishi susayadi.Prfessor N.A. Dehqonxo'jayeva tabiiy va tajriba yo'li bilan zararlangan hayvonning ingichka ichagini tekshirib, parazitlarni shilliq parda va shilliq osti qavat hamda ichak tukchaiarida topgan. Bunda ichak devorinifig shilliq pardasi ingan, ammo yaralar hosil bo'lmagan. Shifokorning fikriga qaraganda, ig shilliq pardasidagi o'zgarishlar darajasi kasallikning muddatiga bog'liq.Kasallikning belgilari boshqa ichak kasalliklarining belgilariga o'xshash bo'ladi. Shuning uchun ham lyambliozga tashxis qo'yishning asosiy ko'rsatkichi parazitlarni aniqlashdan iborat bo'lishi kerak. Lekin bu ancha mushkul ish. 12 barmoqli ichak suyuqligida parazitning vegetativ shakllari bo'ladi. Bemorning axlat surtmalarini yod bilan bo'yab tekshirish orqali parazit sistalarining bor-yo'qligi aniqlanadi. Ularning axlatlari bilan lyambliya sistalari tashqi muhitga chiqib turadi va haftalab tirik qolishi mumkin. Sog'lom odamga parazit sistalar bilan ifloslangan oziq-ovqat, ichiladigan suv yoki iflos qo'llar orqali yuqadi. Sistalar hazm yo'liga tushganidan keyin o'n ikki barmoqli ichakda vegetativ shaklga aylanadi.Kasallikning oldini olish uchun profilaktik qoidalarga amal qilish zarur. Buning uchun meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvish, suvni qaynatib ichish, pishirilgan ovqatni va ichiladigan suvni yopiq idishda saqlash, chivin va pashshalarga qarshi kurashish, ovqatdan oldin va hojatdan keyin qo'lni yuvish, parazit tashuvchilarni, ayniqsa, oziq-ovqat korxonalarida, bolalar bog'chalarida ishlaydiganlarni o'z vaqtida tekshirib, kasallangan odamlarni davolash, hojatxonalarni dorilab turish kabi ishlarni amalga oshirish lozim.

Download 432,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish