Erkin bozor va kuchli raqobat muhitida nomoddiy aktivlarni kengaytirish zaruriyati
Iqtisodiyotni globallashuvi sharoitida intellektual tovarlarga bo‘lgan talabni tobora kuchaytirib boradi. Ayniqsa, aqliy mehnat mahsuli bo‘lmish tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talab ko‘tarilib boradi. Maxsus tovar hisoblangan ilmiy g‘oyalar, texnikaviy yangiliklar, texnologik ishlanmalar, xilma-xil axborotlardan xabardor bo‘lish va ulardan raqobatbardoshlikni ta’minlash maqsadida doimiy tarzda foydalanish zaruriyati paydo bo‘ladi. Erkin bozor va kuchli raqobat muhitida, ayniqsa, ilmiy texnikaviy ishlanmalarga bo‘lgan talab kuchayadi. U amalda patent, litsenziya, franchayz, nou-xau, dasturiy ta’minot, turli axborot, savdo markalari, tovar belgilari va boshqalarga bo‘lgan talablardir. Ilmiy-texnikaviy ishlanmalar bozorni,
ko‘pincha, tashqi bozorni, mamlakat tashqarisidagi bozorlarni nazarda tutadi. Ilmiy- texnikaviy ishlanmalar bozori XXI asrda tez kengayib bormoqda, yangi-yangi qismlarga ajratilmoqda va ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalarida ulardan juda ham unumli foydalanish zaruriyati yuzaga kelmoqda. Buning sababi iqtisodiyotda intellektual mehnat mavqeining kuchayib borishidir. Ilm talab ishlab chiqarishning o‘sishi eng avvalo turli xizmatlar, axborot xizmati ahamiyatining kuchayishi bilan harakterlanadi. Buni internet xizmati bozorining shiddat bilan yer yuzida o‘sib borishi tasdiqlaydi. Shunday ekan, kuchli raqobat muhitida o‘z mavqei, obro‘-e’tiborini yo‘qotish, raqobat muhitida sinish hech gap emas. Ilmiy-texnikaviy yangiliklar haridor mulkiga aylanish sharti bilan yoki o‘z egasi mulki bo‘laturib, vaqtincha foydalanish huquqi yoki shartlari orqali ishlab chiqarishga tatbiq etadi. Ishlab chiqarish sub’ektlarini novatsiyalarga, ya’ni yangilik kiritib borishga undaydi.
Nomoddiy aktivlar tarkibining asosiy qismini intellektual mulk ob’ektlari tashkil etganligi uchun mazkur paragrafda ularni baholashga alohida e’tibor qaratamiz. Ma’lumki, intellektual mulk ob’ektlarini baholash “Intellektual mulk ob’ektlarini baholash tartibi to‘g‘risida”gi4 Nizomga asosan amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, intellektual mulk ob’ektini baholash Mol-mulkni baholash milliy standartlariga muvofiq baholovchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi va baholash hisoboti bilan rasmiylashtiriladi. Intellektual mulk ob’ektining qiymati uch yondashuv bilan, ya’ni daromadli, harajatli va qiyosiy yondashuvlar bilan aniqlanadi.
Daromadli yondashuv – bu baholash ob’ektidan kutilayotgan daromadlarni aniqlashga asoslangan baholash ob’ektining qiymatini baholash uslublari majmui. Bunday usul intellektual mulk ob’ektidan foydalanishdan daromad olish yehtimollari mavjud bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Intellektual mulk ob’ektidan foydalanishdan tushgan daromadlar intellektual mulk ob’ektidan foydalanish huquqi topshirilgan huquq egasi tomonidan ma’lum davr uchun olinadigan pul tushumlari va pul to‘lovlari orasidagi farqdir. Intellektual mulk ob’ektidan foydalanishdan olinadigan asosiy daromadlar quyidagilar hisoblanadi:
4 Mazkur nizom O’zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo’mitasining 2009 yil 22 apreldagi 01/19-18/08-sonli Qarori bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligida 2009 yil 8 mayda 1953-son bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan.
mahsulot (ish, xizmat)ni ishlab chiqarish va sotishda va (yoki) asosiy va aylanma mablag‘larga sarmoya kiritishdagi harajatlardan tejash, shuningdek, harajatlarni amalda kamaytirish, intellektual mulk ob’ektidan foydalanish huquqini qo‘lga kiritishda harajatlarning bo‘lmasligi (masalan, litsenzion to‘lovlarning yo‘qligi, litsenziarga daromaddan eng ko‘p ehtimoldagi ulushni ajratish zaruratining bo‘lmasligi);
ishlab chiqarilayotgan dona mahsulotning (ish, xizmat) narxini oshirish, uning sotuv hajmini oshirish;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni kamaytirish, qarz yevaziga xizmat ko‘rsatish to‘lovlarini kamaytirish;
baholash ob’ektini ishlatishdagi pul oqimini olishdagi tavakkalchilikni kamaytirish, baholash ob’ektidan foydalanishdagi pul oqimining vaqtinchalik tuzilishini yaxshilash.
Intellektual mulk ob’ektlarini baholashning harajatli yondashuvi – bu mulkning eskirganligini inobatga olgan holda baholash ob’ektini tiklash yoki almashtirish uchun zarur bo‘lgan sarf-harajatlar miqdorini belgilashga asoslangan baholash uslublari majmui. Bunday usulni qo‘llash baholash ob’ektini tiklash yoki almashtirish imkoni bo‘lganda amalga oshiriladi. Harajatli yondashuvni qo‘llash orqali baholash quyidagi asosiy jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
baholash ob’ektiga shunga o‘xshash yangi baholash ob’ektini yaratish uchun sarflanadigan harajatlar miqdorini aniqlash;
baholash ob’ektining shunga o‘xshash yangi ob’ektga nisbatan eskirganligi hajmini aniqlash;
baholash ob’ekti qiymatini unga nisbatan shunga o‘xshash yangi baholash ob’ektini yaratish uchun sarflanadigan harajatlar miqdorini chegirib tashlash yo‘li bilan hisoblash.
Qiyosiy yondashuv – bu baholash ob’ektini unga nisbatan bitimlari qiymatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan boshqa shunga o‘xshash ob’ektlar bilan solishtirish orqali baholash ob’ektining qiymatini baholash uslublari majmui. Bunday usulni qo‘llash baholash ob’ektlarining o‘xshash narxlari haqidagi ishonchli va to‘liq
ma’lumot hamda ular bilan amalga oshiriladigan bitimlarning haqiqiy shartlari mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi. Qiyosiy yondashuvni qo‘llagan holda qiymatni aniqlash quyidagi asosiy jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
baholash ob’ektini shunga o‘xshash ob’ektlar bilan solishtirishdagi yelementlarni aniqlash;
baholanayotgan intellektual mulk ob’ektining har bir solishtirish yelementlari bo‘yicha shunga o‘xshash har bir ob’ektdagi xususiyat va farqlari darajasini aniqlash va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |