Yevropa innovatsion tablosi (European Innovation Scoreboard), Texnologik yutuqlar indeksi (Technology Achievement Index), Innovatsion salohiyat indeksi
(Innovation Capacity Index); Boston konsalting guruhining umumjahon innovatsion indeksi (GII BCG), INSEAD Umumjahon innovatsion indeksi (GII INSEAD), Innovatsiyalarning global omili (Global Innovation Quotient).
Mamlakatlarning raqobatbardoshligini va ularning innovatsion faoliyatini baholash muammolari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, dunyoda milliy innovatsion faoliyatning eng muhim global reytinglaridan biri bu European Innovation Scoreboard – Yevropa innovatsion tablosidir (YEIT)1.
Yevropa innovatsion tablosi – bu innovatsion faoliyatni qiyosiy baholash usuli bo‘lib, Yevropa Ittifoqining 27 a’zosi va boshqa bir qator davlatlar masalan, Shveysariya, Xorvatiya, Norvegiya, Serbiya, Avstraliya, AQSH, Yaponiya, Kanada, Janubiy Koreya, BRIKS mamlakatlari: Rossiya, Braziliya, Xitoy, Hindiston, JAR tomonidan amalga oshiriladi. Lissabon strategiyasi doirasida Yevropa Komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan YEIT pilot loyihasi 2000 yilda boshlangan va 2001 yildan boshlab har yili tizimning sharoitlarini, yangi bilimlarni yaratish, firmalarning innovatsion sa’y-harakatlari va yangi mahsulotlar, xizmatlar va intellektual mulk bo‘yicha natijalarni qamrab oluvchi keng ko‘rsatkichlar asosida YEITning to‘liq versiyalari nashr etilmoqda. Baholash metodologiyasi aniqlangan kamchiliklarni hisobga olgan holda doimiy ravishda o‘zgartirilmoqda. Shunday qilib, 2006 yilda
1 Денисюк В.А. Конкурентоспособность и инновационная активность государств: анализ международных рейтингов и индикаторов [Электронный ресурс]. – Режим доступа: http://iee.org.ua/files/alushta/39-denisyuk- konkur_i_ innov_aktiv.pdf (дата обращения: 10.05.2013).
innovatsion tizim rivojlanishining barcha parametrlari ko‘rsatkichlar guruhlari – "input" va "output"ga bo‘lindi, 2008 yildan boshlab uchta asosiy blok (24 ko‘rsatkich) bo‘yicha qiyosiy baho olib borildi2.
imkoniyatlar (Enablers) – inson resurslari ko‘rsatkichlari (3 ko‘rsatkich va ta’lim darajasini o‘lchashni o‘z ichiga oladi), ochiq va jozibador innovatsion tizimlar (3 ko‘rsatkichni o‘z ichiga oladi va ilmiy asosning xalqaro raqobatbardoshligini o‘lchab, xalqaro qo‘shma ilmiy nashrlarga, eng ko‘p iqtibos keltirilgan nashrlarga), shuningdek moliyaviy, innovatsion sektorni qo‘llab-quvvatlash;
firmalar faoliyati (Firm activities) – firmalarning investitsiya faolligi ko‘rsatkichlari (ITTKI bilan bog‘liq bo‘lmagan); hamkorlik va biznes ko‘rsatkichlari; intellektual mulklar;
natijalar – “outputs” – kichik va o‘rta korxonalarning innovatsion faoliyati ko‘rsatkichlari, shuningdek ularning faoliyati samaradorligini baholaydigan ko‘rsatkichlar.
EIT usuli qiyoslangan ob’ektlarga qarab quyidagi ko‘rsatkichlar guruhlariga bo‘linadi (19.1 – jadval):
Do'stlaringiz bilan baham: |