mavzu: investitsiya faoliyatida kapital qurilish



Download 0,76 Mb.
bet67/96
Sana28.03.2022
Hajmi0,76 Mb.
#513718
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   96
Bog'liq
mavzu investitsiya faoliyatida kapital qurilish – mavzu Kapita (1)

Amalga oshirish muddati bo‘yicha:

    • qisqa muddatli - 3 yilgacha

    • o‘rta muddatli - 3-5 yil

    • uzoq muddatli - 5 yildan ortiq.

  1. Ko‘lami bo‘yicha (ko‘p hollarda loyiha masshtabi investitsiya hajmi bilan aniqlanadi):

    • kichik loyihalar;

    • o‘rtacha loyihalar;

    • yirik loyihalar;

    • megaloyihalar.

  1. Asosiy yo‘nalishi bo‘yicha:

    • tijorat loyihalar;

    • ijtimoiy loyihalar;

    • ekologik loyihalar;

    • boshqalar.

Investitsion loyihalarning samaradorligini baholash texnik, texnologik, moliyaviy, tarmoq yoki hududiylik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lmagan holda yagona tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Ular quyidagidan iborat:

    • loyihani uning butun hayot sikli davomida ko‘rib chiqish;

    • pul oqimlarini modellashtirish, bunda loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq barcha pul tushumlari va hisobot davridagi turli valyutalarni ishlatish ehtimolligini hisobga olgan holdagi harajatlar kiritiladi;

    • ishonchlilik va maksimum samara.

Investitsion loyiha investor nuqtai nazaridan samarali deb baholanishi uchun, birinchidan, uni amalga oshirish ijobiy bo‘lishi, ikkinchidan, alternativ loyihalarni solishtirish chog‘ida yuqoriroq samaraga ega bo‘lgan loyihani ma’qul qo‘rish lozim.

    • vaqt omili hisobi;

    • loyihani amalga oshirishdagi kutilayotgan harajatlar va tushumlar hisobi;

    • baholashning ko‘p bosqichligi;

    • inflyatsiya ta’siri va loyihani amalga oshirishdagi bir nechta valyutalarni qo‘llash ehtimolini hisobga olish;

    • noaniqlik va risklar ta’sirining hisobi;

    • loyihaning turli ishtirokchilari borligini inobatga olish.

Investitsiya loyihalarini har tomonlama (xususan moliyaviy, texnologik, tashkiliy, muddati va boshqalar) harakterlash mumkin. Bularning har biri investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda muhimdir, lekin ko‘p hollarda investitsiya faoliyatida moliyaviy va iqtisodiy mezonlar hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Mamlakatda investitsion loyihalarni moliyalashtirish jarayonini samarali olib borish, kelgusida yuqori daromad keltirib, iqtisodiyotdagi ishsizlik masalasini hal etishda ham muhim omil bo‘lib hisoblanadi.
Shunday qilib, sinditsiyalashtirilgan kredit deganda bir necha banklar tomonidan yirik investitsiya loyihalarini birgalikda kreditlash. Yirik investitsiya loyihasi – umumiy qiymati tijorat banklarining birinchi darajali kapitalining 25 foizidan oshadigan investitsiya loyihasidir. Bank sindikati sinditsiyalashtirilgan kredit berish borasida ikki yoki undan ortiq banklar o‘rtasida o‘zaro kelishuv bo‘lib, bunda yetakchi bank sinditsiyalashtirilgan kreditlash tashabbusi bilan chiqqan va zimmasiga ishtirokchi banklar nomidan kredit hujjatlarini yuritish mas’uliyati yuklatilgan qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisob varag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bank hisoblanadi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra sinditsiyalashtirilgan kreditlar faqat yuridik shaxslarga beriladi. Tijorat banklari tomonidan sinditsiyalashtirilgan kreditlash qaytarishlik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida amalga oshiriladi.
Sinditsiyalashtirilgan kreditni berish qarz oluvchi va ishtirokchi banklar o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Sinditsiyalashtirilgan kredit berish muddati yirik investitsiya loyihalarini qoplanish muddatiga bog‘liq holda kredit shartnomasida belgilanadi. Sinditsiyalashtirilgan kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori sinditsiyalashtirilgan kredit to‘g‘risidagi kelishuv shartlariga ko‘ra qarz oluvchi va ishtirokchi banklar o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomasi asosida belgilanadi. Zarar ko‘rib ishlovchi, nolikvid balansga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga hamda samarasiz investitsiya loyihalarini taqdim qilgan xo‘jalik sub’ektlariga sinditsiyalashtirilgan kreditlar berilmaydi. Sinditsiyalashtirilgan kredit olgandan keyin moliyaviy ahvoli yomonlashgan qarzdordan berilgan kreditlar o‘rnatilgan tartibda muddatidan avval undirib olish chora-tadbirlari ko‘rilishi lozim. Bu qoida kredit shartnomasida albatta qayd etilgan bo‘lishi kerak.
Qarz oluvchi o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka yirik kredit berishni so‘rab murojaat qilganidan keyin, bank kreditlash uchun lozim bo‘lgan standart tadbirlarni: o‘zining ichki kredit siyosatiga mos ravishda mijozning kreditga qobiliyatliligi tahlilini, biznes-rejasi tahlilini, kredit qaytarilishini ta’minlanganligi tahlilini va boshqalarni amalga oshiradi.
Sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirishning mumkinligi to‘g‘risida kredit qo‘mitasi qaror qabul qilgan taqdirda, bank bir vaqtning o‘zida ushbu bitimga boshqa banklarni jalb etish hamda sinditsiyalashtirilgan kreditlash tashkilotchisi sifatida bank sindikatini tashkil etish haqida qaror qabul qiladi.
Ishtirokchi banklarni ushbu bitimga jalb etish va bank sindikatini tashkil etish to‘g‘risida yetakchi bank kredit qo‘mitasi qaror qabul qilinganidan keyin, yetakchi bank sinditsiyalashtirilgan kreditlashda ishtirok etish xohishini bildirgan banklarni aniqlaydi va ularga sindikatda qatnashish taklifi bilan birga tayyorlangan qarz oluvchi
to‘g‘risidagi axborotni taqdim etadi. Shundan keyin yetakchi bank ishtirokchi banklar bilan investitsiya loyihasi bo‘yicha barcha kredit hujjatlarini taqdim etadi. Taqdim etilayotgan ma’lumotlar bank siri hisoblanadi.
Sinditsiyalashtirilgan kreditni berishga xorijiy banklar va boshqa xorijiy moliyaviy institutlar jalb etilishi mumkin. Bu holda sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirish xorijiy banklar va moliyaviy institutlar bilan tuzilgan bitimlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ishtirokchi banklar bilan muzokaralar boshlangunga qadar yetakchi bank tomonidan bankning ichki kredit siyosati bilan belgilangan tartibda kredit paketini tahlili asosida barcha kredit hujjatlari hamda ishtirokchi banklar o‘rtasida tuziladigan investitsiya loyihasini birgalikda kreditlash borasidagi o‘zaro kelishuv loyihasi tayyorlab qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Yetakchi bank ishtirokchi banklarga taklif yo‘llashdan oldin qarz oluvchi haqidagi ma’lumotlarni Banklararo kredit byurosi ma’lumotlari bilan solishtirishi lozim. Kredit shartnomasining yakuniy variantini ishlab chiqish va imzolash faqatgina yetakchi bank va ishtirokchi banklar o‘rtasida mazkur investitsiya loyihasini sinditsiyalashtirilgan kreditlash to‘g‘risida o‘zaro bitim tuzilgandan keyin amalga oshiriladi.
Ishtirokchi banklar o‘rtasida mazkur investitsion loyihani birgalikda kreditlash borasida bitim imzolangandan keyin bank sindikati tuzilgan hisoblanadi va ushbu bitimni imzolagan barcha ishtirokchi banklar o‘zlariga sinditsiyalashtirilgan kreditlash borasida majburiyat olgan hisoblanadilar. Shuning bilan birga bank sindikati tuzilgandan keyin ushbu bitimdan chiqish, ya’ni sinditsiyalashgan kredit berish borasidagi kredit shartnomasini imzolashda bosh tortilgan taqdirda ishtirokchi bank qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa ishtirokchi banklar oldida boy berilgan foydani qoplab berish borasida javobgar bo‘ladi.

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish