Kraudfandingda loyihalarini moliyalashtirish usullari asosan quyidagicha bo‘lishi mumkin3:
3 Ўша ерда
“Hammasi yoki hech narsa”. Agarda belgilangan muddat ichida yetarlicha miqdordagi mablag‘ yig‘ilmasa, pullar egalariga qaytariladi, loyiha tashabbuskoriga hech qanday mablag‘ berilmaydi.
“Barchasi”.Belgilangan muddat ichida qancha pul yig‘ilsa, o‘sha mablag‘ning barchasi loyihaga o‘tkaziladi.
“Doimiymoliyalash”. Mablag‘ yig‘ish muddati belgilanmaydi, kerakli miqdordagi pul yig‘ilmaguncha loyiha ochiq turadi.
“To‘xtash nuqtasi”. Mablag‘ “to‘xtash nuqtasi”ga yetib kelganidan so‘ng (masalan so‘ralgan mablag‘ning yarmi yig‘ilganidan so‘ng) loyiha muallifiga beriladi.
“Nomoliyaviybonus”. Loyihaga pul o‘tkazgan shaxs biror moddiy buyumga ega bo‘ladi. Masalan, kitob chop etilishi uchun mablag‘ o‘tkazgan shaxsga o‘sha kitob bepul taqdim etilishi mumkin.
Ushbufaoliyatdamablag‘yig‘ishdahar bir kraudfanding maydonchasi loyiha, uning muuallifi va homiylarga nisbatan o‘z talablariga ega bo‘ladi. Umuman olganda bu talablar bir-biridan unchalik farq qilmaydi. Platformalarning talabiga ko‘ra, uning ishtirokchilari voyaga yetgan, o‘z loyihasini taqdim etishi, loyiha qonunchilikka zid bo‘lmasligi hamda yig‘ilgan pul o‘sha loyihani amalga oshirishga sarflanishi lozim. Muallif loyihani, uning o‘ziga xos xususiyatlari va qanday naf keltirishini bayon etadi. Asosiysi, pul qanday maqsadda yig‘ilayotganligi aniq ko‘rsatilishi kerak. Muallif shuningdek, maqsadga erishish uchun qancha mablag‘ kerakligini ham ko‘rsatadi.
Loyihaning ishlash tartibi juda oddiy. Sayt foydalanuvchisi o‘z g‘oyasini ilgari suradi va yozma ravishda izohlaydi, kerakli bo‘lgan mablag‘ni ko‘rsatadi va mablag‘ni yig‘ishning eng so‘nggi muddatini belgilaydi. Ayrim hollarda foydalanuvchi beg‘araz moliyalashtiruvchilarga turli mukofotlar taklif qilishi mumkin, masalan o‘z logotipi tushirilgan futbolkalarni sovg‘a qilishi mumkin. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, barcha beg‘araz yordam pullari yaxshi maqsadlarda yig‘iladi va bepul futbolka loyihani amalga oshirish uchun pul tikkan insonlar olishi mumkin bo‘lgan yagona narsadir. Har qanday loyiha homiysi o‘zi pul tikkan
loyihaning amalga oshirilishini kuzatishi mumkin, biroq loyiha muallifi foydasidan foiz olishga haqli emas, ulush yoki korxonani tashkil etishdagi aksiyalarga egalik qilish huquqiga ham ega emas.
Bu borada yig‘ilgan pullar Amazon Payments tizimi yordamida yaratilgan maxsus hisobraqamga yo‘naltiriladi. O‘ziga ma’qul kelgan g‘oyalarga pul tikmoqchi bo‘lgan xohlovchilar pul miqdorini o‘zlari mustaqil belgilaydilar. Oldindan belgilangan muddat nihoyasiga yetsa mablag‘lar yig‘ilishi to‘xtatiladi. Agar belgilangan mablag‘ to‘plangan bo‘lsa, pullar muallifning hisobraqamiga o‘tkaziladi. Agar belgilangan miqdor tegishli muddatgacha yig‘ilmagan bo‘lsa ham pul yig‘ilishi baribir to‘xtatiladi va bekor qilinadi. Bu o‘z navbatida mualliflarni o‘z g‘oyalarini yanada tushunarliroq va ko‘proq insonlarni jalb qilish uchun qiziqarliroq qilib taqdim qilishga undaydi.
Kickstarter jalb qilingan mablag‘lardan 5%, Amazon Payments esa o‘z navbatida qo‘shimcha 3—5% komission haq ushlab qolishadi4. Mablag‘ va investitsiyalar jalb qilish uchun mo‘ljallangan boshqa ko‘plab forumlardan farqli o‘laroq, Kickstarter loyiha va ishlanmalarga nisbatan mulk huquqiga da’vo qilishmaydi, lekin sizdan olingan intellektual mulkni eksklyuziv bo‘lmagan turli maqsadlarda foydalanishi mumkin. Shunga qaramasdan saytda amalga oshirilgan loyihalar saqlanib qoladi va barcha uchun ochiq sanaladi. Loyihani moliyalashtirish yakunlangandan keyin ham saytga yuklangan ma’lumotlar tahrir qilinishi yoki o‘chirilishi mumkin emas. Kickstarter ishtirokchilari saytni o‘z mahsulotlarini sotish va sinab ko‘rish uchun maydon sifatida foydalanishlari mumkin. Hozirda Kickstarter tizimidan faqat AQSH fuqarolari foydalanishlari mumkin. Biroq shunga o‘xshash tizimni bizning mamlakatimizda ham yaratishda aytarlik cheklanishlar yo‘q.
Aslida kraudfanding O‘zbekiston uchun ham begona emas, amalda bu usuldan foydalanish holatlari mavjud. Masalan, biror bir kishining sog‘ligi yomonlashganda operatsiya yoki davolanish uchun zarur bo‘lgan pulni to‘plash kerak bo‘lsa internet ijtimoiy tarmoqlarida va turli saytlarda yordam so‘rab plastik karta raqamlarini
4 Ўша ерда
qoldirgan holda murojaat etish holatlari mavjud. Bu ham kraudfandingning bir ko‘rinishi.
Biroq kraudfandingni iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish va yangilik kiritish bo‘yicha qilinadigan loyihalardagi g‘oyalarni moliyalashtirishga yo‘naltirish juda muhim sanaladi. Shunday g‘oyalar borki, ular mavsumiy yoki bir martalik harakterga ega, yaratuvchisiga moddiy manfaat olib kelmaydi, biroq jamiyatga juda katta foyda berishi mumkin. Aynan shu loyihalarni moliyalashtirishda kraudfandingning o‘rni beqiyosdir. Biroq bunda loyihani amalga oshiruvchi mablag‘ kelib tushadigan tashkilot yoki insonning naqadar ishonchli va maqsadli harakat qilishi masalasi asosiy o‘ringa ko‘tariladi. Ularning faoliyati shaffof va kuzatuvchilar uchun ochiq bo‘lishi lozim. Shundagina kraudfandingdan samara yuqori bo‘ladi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda innovatsion loyihalarni tatbiq etishning tashkiliy-huquqiy va institutsional asoslarini rivojlantirish maqsadida bir qator qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. Shu jumladan, 2006 yil 7 avgustda PQ–436 sonli “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi PQ-916 sonli “Innovatsion loyihalar va texnolgiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 2017 yil 30 noyabrdagi PQ-3416-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori, 2018 yil 7 maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori. Ushbu qarorlar asosida Respublika innovatsion g‘oya, texnologiya va loyihalar yarmarkasi amalga oshirilmoqda. Bu yarmarka Iqtisodiyot Vazirligi, Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish Qo‘mitasi, investitsiyalar va savdo Vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan.