mavzu: investitsiya faoliyatida kapital qurilish


Buyurtmachi va pudratchining huquq va majburiyatlari. Qurilish-montaj ishlarining smeta qiymati tarkibi va tuzilishi



Download 0,76 Mb.
bet10/96
Sana28.03.2022
Hajmi0,76 Mb.
#513718
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   96
Bog'liq
mavzu investitsiya faoliyatida kapital qurilish – mavzu Kapita (1)

Buyurtmachi va pudratchining huquq va majburiyatlari. Qurilish-montaj ishlarining smeta qiymati tarkibi va tuzilishi


Kapital qurilish tizimida buyurtmachi va pudratchilarning ma’lum huquqlar va majburiyatlarga ega. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega: talabgorning malakasini oldindan aniqlash yoki buningsiz tanlov savdolari o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish; rasmiy farmoyish beruvchi hujjat chiqargan holda tanlov savdolarini o‘tkazish shakli, turi va sanasini belgilash; tanlov savdolari tashkilotchisi funksiyasini amalga oshirish (ushbu funksiyalarni jalb etiladigan tashkilotga berishi mumkin); mustaqil
ravishda yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotni jalb etgan holda tanlov savdolari predmetining boshlang‘ich qiymatini belgilash.
Buyurtmachining majburiyatlari quyidagilardan iborat:

  • barcha ishlar bajarib bo‘linganidan keyin belgilangan narxning hammasini pudratchiga to‘lashi yoki ishlarning ayrim bosqichlari tugallanganidan keyin narxning tegishli qismini to‘lashi;

  • pudratchidan olingan loyiha-smeta hujjatlaridan faqat shartnomada nazarda tutilgan maqsadlarda foydalanishi, loyiha-smeta hujjatlarini pudratchining roziligisiz uchinchi shaxslarga bermasligi va undagi ma’lumotlarni oshkor qilmasligi;

  • loyiha va qidiruv ishlarini bajarishda shartnomada nazarda tutilgan hajmda va shartlarda pudratchiga xizmat ko‘rsatishi;

  • tayyor bo‘lgan loyiha-smeta hujjatlarini tegishli davlat organlari va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bilan kelishib olishda pudratchi bilan birga qatnashishi;

  • pudratchiga bog‘liq bo‘lmagan holatlar tufayli loyiha va qidiruv ishlarini bajarish uchun boshlang‘ich ma’lumotlar o‘zgarishi bilan bog‘liq qo‘shimcha harajatlarni pudratchiga to‘lashi;

  • tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlarining yoki bajarilgan qidiruv ishlarining kamchiliklari borligi munosabati bilan uchinchi shaxs tomonidan buyurtmachiga nisbatan qo‘zg‘atilgan da’vo yuzasidan ishda qatnashishga pudratchini jalb qilishi shart.

Pudratchining majburiyatlari. Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasiga muvofiq pudratchi:

  • ishlarni loyihalash haqidagi topshiriq va boshqa boshlang‘ich ma’lumotlarga muvofiq bajarishi;

  • tayyor bo‘lgan loyiha-smeta hujjatlarini buyurtmachi bilan kelishib olishi, shuningdek, buyurtmachi bilan birga tegishli davlat organlari va fuqarolarning o‘zini- o‘zi boshqarish organlari bilan kelishib olishi;

  • tayyor bo‘lgan loyiha-smeta hujjatlarini va qidiruv ishlari natijalarini shartnomada belgilangan muddatlarda buyurtmachiga topshirishi;

  • buyurtmachining roziligisiz loyiha-smeta hujjatlarini uchinchi shaxslarga bermasligi shart.

Kapital qurilishda buyurtmachi tomonidan quyidagilar ta’minlanadi: yer uchastkasini tanlash va ajratish, birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlarni va qurilish hududini tayyorlash, loyiha oldi ishlarini tashkil etish, loyihaning, ish hujjatlarining (ob’ektni foydalanishga tayyor holda qurish hollaridan tashqari) va tanlov hujjatlarining tasdiqlanadigan qismini kelishish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash; loyihalovchi va pudratchini (bosh pudratchini) tanlov savdolari orqali tanlash; ishlarni bajarish va moliyalashtirish jadvallari bilan birgalikda shartnomalar tuzish; qurilish ob’ektini Davlat arxitektura qurilish nazorati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish; pudratchiga qurish uchun birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlarni berish; buziladigan, ko‘chiriladigan yoki rekonstruksiya qilinadigan binolarda, shuningdek, ob’ekt qurilishi hududida yashayotgan shaxslarni ko‘chirish; moliyalashtirish, pudratchi tomonidan qabul qilingan shartnoma majburiyatlariga va shartnomada qayd etilgan boshqa funksiyalarga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish; texnik kuzatish va ob’ekt qurilishi ustidan texnik nazorat qilish; qurilishi tugallangan ob’ektni belgilangan tartibda foydalanish uchun qabul qilish; kafolatli davrda aniqlangan nuqsonlar bartaraf etilishi ustidan nazorat qilish.
Pudratchi tomonidan quyidagilar ta’minlanadi: ish hujjatlarini ishlab chiqish va uning texnologiya qismini buyurtmachi bilan kelishgan holda qurilish jarayonida (ob’ekt foydalanishga tayyor holda qurilganda) ekspert kuzatish; ish hujjatlarini (ob’ekt foydalanishga tayyor holda qurilganda) texnologik izchillik va ob’ekt qurilishining aniq shartlari bilan bog‘liqlikda hajmlar va muddatlarda ishlab chiqarishga berish; ishlarni bajarish jadvaliga muvofiq hamda belgilangan standartlarga, qurilish me’yorlari va qoidalariga rioya qilgan holda tasdiqlangan loyihada nazarda tutilgan ishlarni bajarish; shartnomaga muvofiq qurilishni asbob- uskunalar, konstruksiyalar va qurilish materiallari bilan butlash;
Buyurtmachi va pudratchi qonun hujjatlariga va shartnoma shartlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi. Buyurtmachi bilan pudratchi o‘rtasidagi vazifalarni aniq taqsimlash, shuningdek, ularning mulkiy javobgarligi darajasi qonun
hujjatlariga va tanlov savdosi shartlariga muvofiq aniq bir pudrat shartnomasini tuzishda aniqlashtiriladi. Ob’ektni foydalanishga qabul qilib olish belgilangan sifat standartlari hisobga olingan holda «Davarxitektqurilish» qo‘mitasi organlarining xulosasi asosida buyurtmachi tomonidan ta’minlanadi. Qurilishning qiymati va uni moliyalashtirish hajmlarini aniqlash, shuningdek, buyurtmachi va pudratchi o‘rtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirishga oid hujjat smetani anglatadi va u tayyor qurilish mahsulotining bahosini ifodalaydi.
Pudrat shartnomasida bajariladigan ishning bahosi yoki uni aniqlash usullari ko‘rsatiladi. Pudrat shartnomasidagi ishning bahosi pudratchining chiqimlarini va unga to‘lanadigan haqni o‘z ichiga oladi. Ishning bahosi smeta tuzish yo‘li bilan aniqlanishi mumkin. Ish pudratchi tomonidan tuzilgan smeta bo‘yicha bajarilgan taqdirda, smeta buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab kuchga ega bo‘ladi va pudrat shartnomasining bir qismi bo‘lib qoladi. Ishning bahosi (smeta) taxminiy yoki qat’iy bo‘lishi mumkin. Pudrat shartnomasida bunday ko‘rsatma bo‘lmasa, ishning bahosi (smeta) qat’iy hisoblanadi. Qurilish shartnomasida quyidagilar aks ettiriladi: tomonlarning majburiyatlari, etkazilgan zararlarni qoplash tartibi; mavjud muammolarni hal qilish yo‘llari, xo‘jalik sudiga da’vo arizasini kiritish tartibi; shartnoma ishtirokchilarining malakasini tasdiqlash.
Smeta asosida qurilish ishlari harajatlari: texnologik, energetik, ko‘tarma- transport va boshqa uskunalar, korxona faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan boshqa asboblar va ishlab chiqarish inventarlari haridi harajatlari; ushbu uskunalarni o‘rnatish ishlari harajatlari; qurilish maydonini o‘zlashtirish harajatlari; texnik va mualliflik nazoratini amalga oshirish harajatlari; loyiha hujjatlarini ishlab chiqish harajatlarini o‘z ichiga oluvchi kapital qo‘yilmalar hajmi aniqlanadi. Qurilish-montaj ishlarining smeta qiymati buyurtmachilar va pudratchilar, uskunalar etkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzish va shartnoma bahosini aniqlash hamda ular o‘rtasida hisoblashishni amalga oshirish uchun ishlatiladi.
Smeta qiymati ko‘rsatkichlari ishlab chiqarish va noishlab chiqarish ob’ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihaviy echimlar variantlarini baholash va ulardan iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofig‘ini tanlash uchun zarur
bo‘ladi. Bundan tashqari, smeta qiymati qurilishni tashkil etish va ishlarni bajarish variantlarini taqqoslash, konstruktiv va bajariladigan ishlar hajmini aniqlash hamda qurilish materiallari va uskunalarni tanlash uchun ishlatiladi.
Loyihaning smeta qismi o‘z tarkibiga qurilish bo‘yicha yig‘ma smetani va ob’ekt qurilishi bo‘yicha smetani hamda bajarilgan ish turlarini qamrab oladi. Bino va korxona qurilishi bo‘yicha yig‘ma-smeta qurilishni moliyalashtirishni amalga oshirishdagi asosiy hujjat hisoblanadi.
Yig‘ma-smeta quyidagi harajat turlarini o‘zida aks ettirishi lozim: qurilish maydonini tayyorlash; ishlab chiqarish ahamiyatiga oid asosiy ob’ektlar; ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ahamiyatiga oid yordamchi ob’ektlar; transport xo‘jaligi va aloqa ob’ektlari; elektroenergetika ob’ektlari; kanalizatsiya, issiqlik va gaz ta’minoti, suv ta’minoti; korxona hududini obodonlashtirish; vaqtinchalik bino va inshootlar; loyihaviy va qidiruv ishlari; boshqa ishlar.
Qurilish uchun yig‘ma-smetada kutilmagan ishlar va harajatlar uchun quyidagi miqdorlarda mablag‘lar zaxirasi ko‘zda tutiladi: yakka tartibdagi ob’ektlar qurilishini ko‘zda tutuvchi sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport inshootlari va korxonalarini qurishdagi barcha harajatlar umumiy qiymatining 5 foizi miqdorida; barcha tarmoq korxonalarining namunaviy loyihalari bo‘yicha ob’ektlar barpo etilishidagi barcha harajatlar umumiy qiymatining 3 foizi miqdorida. Hozirgi iqtisodiy sharoitda qurilish ob’ektlari smeta qiymatini aniqlash bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:

        1. TIA tarkibidagi loyiha oldi bosqichida TIA ko‘rsatkichlarining hisob- kitoblari natijasida ob’ektlar barpo etilishidagi taxminiy harajatlar aniqlanadi.

        2. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bosqichida loyihalashtiruvchilar amalga oshirilgan hisob-kitoblar va smeta me’yorlarini qo‘llash natijasida ob’ekt qurilishining smeta qiymatini aniqlaydi, shu jumladan, lokal smetalari, alohida bajariladigan ishlar uchun harajatlar qiymati va qurilish qiymatining yig‘ma-smeta hisob-kitobi. Ob’ektning smeta qiymatini aniqlashda quyidagi ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi: bevosita harajatlar – BX; ustama harajatlar – UX; rejali jamg‘arma – RJ (smeta foydasi). Unga ko‘ra, qurilish mahsulotining (ob’ektining) smeta bahosi (SB) quyidagi tenglik bilan ifodalandi:

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish