2-bosqich. Loyihaviy ishlar
2.1. Qidiruv-izlanish
|
Buyurtma va shartnoma
|
Loyihaviy tashkilot
|
2.2. Bosqichlar bo‘yicha loyihani ishlab chiqish
|
Loyihalashtirish uchun belgilangan vazifalar (buyurtma), loyihani ishlab chiqish va shartnoma tuzish uchun yo‘riqnoma
|
Loyihaviy tashkilot
|
3-bosqich. Loyihani ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash
|
3.1. Loyihani ekspertizasi
|
Loyihani ishlab chiqish tartibi bo‘yicha yo‘riqnoma va loyihani ekspertiza qilish bo‘yicha yo‘riqnoma
|
Loyihaviy tashkilot, loyihalar ekspertizasi bo‘limi
|
3.2. Loyihani tasdiqlash
|
Loyihani ishlab chiqish tartibi bo‘yicha yo‘riqnoma
|
Loyihaviy tashkilot, tegishli muassasa tomonidan loyihaning tasdiqlanishi
|
Qurilishning amalga oshirilishi tegishli tartibda tasdiqlangan loyihaviy hujjatlarsiz amaldagi qonunchilikka ko‘ra ta’qiqlanadi. Kapital qurilishni
1 www.ziyonet.uz ma’lumotlari asosida
loyihalashtirishda loyiha oldi hujjatlari, loyiha hujjatlari, dastlabki TIA yoki dastlabki texnik-iqtisodiy hisoblash, yakuniy TIA yoki texnik-iqtisodiy hisoblash, ishchi loyiha, smeta, ish hujjatlari, loyihalovchi, yetkazib beruvchi (ishlab chiqaruvchi), qurilishlarning aniq ro‘yxati, qurilishlarning titul ro‘yxati, mablag‘ bilan ta’minlovchi organ, ijro hujjatlari, qurilish maydoni, vaqtinchalik inshootlar, biriktiriladigan ishlar, shartnoma narxini bo‘lib chiqish kabi tushunchalar qo‘llaniladi. Shuni ta’kidlash joizki, kapital qurilishda loyihalashtirishning markaziy qismini loyihaning TIA egallaydi.
Taniqli xorijlik iqtisodchi olimlardan V.Berens, P.Xavraneklar fikricha: “texnik-iqtisodiy asoslash – bu salohiyatli investorlar, loyiha quruvchilari va moliyachilarni investitsiyalash va moliyalash usullari bo‘yicha qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar bilan ta’minlovchi vosita”2. Rossiyalik olim V.Zolotogorov: “texnik-iqtisodiy asoslash – bu investitsiya loyihasining samaradorligi va maqsadliligini ko‘rib chiqishga imkon beruvchi texnik va tashkiliy qarorlar, hisob-smeta, baholash va boshqa ko‘rsatkichlarni aks ettiruvchi hisob- analitik hujjatlar to‘plami”3, deya tavsiflaydi. Umuman aytganda, birinchidan, loyihani TIA uning samaradorligi va afzalligini ta’minlash uchun olib borilgan izlanishlar natijasida olingan tahliliy ma’lumotlarni, baholash va hisob-smeta ko‘rsatkichlarini, texnik va tashkiliy qarorlarni o‘zida mujassam etuvchi hisob- analitik hujjatlar to‘plami hisoblanadi.
Tanlovlar iqtisodiyotda nisbatan yangi hodisa bo‘lib, bunda buyurtmachi biror ob’ektni qurish yoki loyihalash, asbob-uskunalar yetkazib berish bo‘yicha tanlov e’lon qilayotganligini ochiq yoki yopiq shaklda xabardor qiladi va xohlovchilarni shu tanlovda ishtirok etishga taklif qiladi. Bunda maxsus hujjat tayyorlanadi va unda tanlovning asosiy g‘oyasi, uning tijoriy va boshqa shartlari ko‘rsatiladi. Bunday hujjatlar majmuasi “tender” deb ataladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilish, shuningdek, ilgari to‘xtatib qo‘yilgan ob’ektlar qurilishini davom ettirish bilan bog‘liq ishlar va
2 Berens V., Xavranek P.M. Rukovodstvo po otsenke effektivnosti investitsiy: Per. s angl. perer. i dopoln. Izd-vo. – M.:
«Interekspert», «Infra-M», 1995. – S. 6.
3 Zolotogorov V.A. Investitsionnoye proyektirovaniye: Ucheb.pos. – Mn.: «Ekoperspektiva», 1998. – S. 33.
Loyiha strategiyasi va marketing konsepsiyasi (1-bo‘lim)
xizmatlarning butun kompleksini bajarish, tovarlar harid qilish, asbob-uskunalar sotib olish Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 3 iyuldagi 302-sonli qaroriga asosan tanlov savdolari (tenderlar) orqali amalga oshiriladi. Uni tashkil etish va o‘tkazish tartibi va shartlarini ushbu qarorda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari to‘g‘risida”gi Nizom belgilaydi.
Sotish dasturi (2-bo‘lim)
|
|
|
Ishlatiluvchi moddiy resurslar (3-bo‘lim)
|
|
|
Loyihaning joylashuv joyi, maydoni va atrof-muhit
(4-bo‘lim)
|
|
|
|
|
|
|
|
Loyihalashtirish va texnologiyalar (5-bo‘lim)
Do'stlaringiz bilan baham: |