Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
Yangi darsni rejasi.
1.Kimyoviy korroziya. 2.Elektrokimyoviy korroziya. 3.Ingibitorlar
Yangi darsning bayoni.
Metallar korroziyasi. Metall buyumlar nima uchun anglaydi? Metall buyumlar (turli xildagi detallar)ning zanglashi natijasida yuzaga kelgan salbiy oqibatlarning qanday oldini olish mumkin?Atrof-muhit ta'sirida metallardan tayyorlangan ko`p buyumlar metallarning oksidlanishi natijasida oksidlar, gidroksidlar, tuzlar kabi kimyoviy birikmalar hosil qilib yemiriladi. Korroziyaning quyidagi turlari kuzatiladi: kimyoviy korroziya, biokimyoviy yoki biokorroziya, elektrokimyoviy korroziya. Korrozion jarayonning borish sharoitiga ko`ra korroziyaning quyidagi turlari farqlanadi: atmosferaviy, suyuqlikda yoki elektrolitlarda, tuproqda yoki yer ostida, elektrokorroziya, tirqish korroziya, kuchlanish ostidagi korroziya. Korroziya - metallarning atrof-muhit bilan ta'sirlashishi natijasida mirilish jarayoni.
Kimyoviy korroziya- elektr tokini o`tkazmaydigan muhit bilanta'sirlashish natijasida metallning yemirilishi.Elektrokimyoviy korroziya - boshqa metall yoki elektrolit, suv bilanbevosita ta'sirlashish natijasida metallning yemirilishi. Kimyoviy korroziyaga natriy va kalsiyning havoda oksidlanishi, vodorod sulfidli, galogenli, oltingugurt (IV)-oksidli va boshqa gazli muhitda, elektr tokini o`tkazmaydigan neft, benzin, toluol kabi suyuqliklar ta'sirida metall yemirilishi misol bo`ladi. Bunda elektronlar metalldan bevosita oksidlovchiga o`tadi.
Elektrokimyoviy korroziyada murakkab jarayonlar ro`y beradi. Texnikada ishlatiladigan metallarga hamma vaqt boshqa metallar aralashgan bo`ladi. Shuning uchun metallar elektrolit eritmasiga tekkanda uzluksiz ishlaydigan galvanik element hosil bo`ladi, bunda metall faol yemiriladi. Havoda har qanday metall buyum yuzasida suv kondensatlanadi. Unda atmosfera gazlari erib, elektrolit hosil bo`ladi. Agar metall boshqa metallga tegib tursa yoki tarkibida qo`shimchalar tutsa, galvanik juft hosil bo`ladi va elektrokimyoviy korroziya yuz beradi. Toza metallar elektrokimyoviy korroziyaga uchramaydi.
Korroziya xalq xo`jaligiga katta zarar keltiradi. Avtomobillar, kimyo sanoati uskunalari, asboblar, trubalar va boshqalar korroziya natijasida eng ko`p zararlanadigan obyektlardir.Metall kuchlanishlar qatorida qauchalik chapda turgan bo`lsa, ya'ni qauchalik faol bo`lsa, u shuuchalik oson korroziyalanadi, deb aytish mumkin. Metallar va metall konstruksiyalarni korroziyadan himoyalashning quyidagi usullari amalda keng qo`llaniladi:Himoya qoplama hosil qilish.
Korrozion muhitning faolligini kamaytirish (ingibirlash).Metallning xossalarini o`zgartirish (qo`shimchalarni yo`qotish yoki qo`shimchalar qo`shish).Elektrokimyoviy himoyalash.Kimyoviy barqaror materiallardan foydalanish.Metallar korroziyasi xalq xo`jaligiga juda katta zarar yetkazganligi uchun metallarni korroziyadan saqlash muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun yuqorida ko`rsatilgan usullardan eng muhimlarini ko`rib chiqamiz.Himoya qavatlar. Metall sirtiga uni korroziyadan saqlash uchun metall bo`lmagan qoplamalar: lok-bo`yoq, emallar, smolalar, plastmassalar, oksidlar (oksidlash), tuzlar (fosfatlash) va boshqalar qoplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |