Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni



Download 3,81 Mb.
bet40/131
Sana22.06.2022
Hajmi3,81 Mb.
#691736
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   131
Bog'liq
9-sinf kimyo

Dasrning turi: an`anaviy Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik
Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
Yangi darsni rejasi.
1.Metallarning fizik va kimyoviy xossalari. 2.Metall bog‘lanish.
3. Metallarning elektrokimyoviy kuchlanish qatori.
Yangi darsning bayoni.
Fizik xossalari. Metallar (fransiy va simobdan tashqari) odatdagi sharoitda qattiq agregat holatdagi moddalardir. Kristall holatidagi metallar nurni yaxshi aks ettirganliklari uchun yaltiroqlikka ega. Indiy va kurnush nurni yaxshi aks ettirganliklari uchun projektor va reflektorlar tayyorlashda ishlatiladi. Aluminiy va magniydan boshqa barcha metallar maydalangan (kukunsimon) holda qoramtir yoki to`q kulrangga ega bo`ladi. Oltin va misdan boshqa metallar oq yoki kulrangning turli tuslarida tovlanadi.Barcha metallar elektr tokini va issiqlikni yaxshi o`tkazadi. Kumush va mis bu sohada dastlabki o`rinlarni egallaydi. Metallar bolg`alanuvchanlik va plastiklik xossasiga ega. Bolg`alanuvchanlik - jismlarning tashqi ta'sirlar natijasida osongina shaklini o`zgartirish qobiliyati. Eng bolg`alanuvchan metall oltin bo`lib, undan yupqa folga va nozik ip tayyorlash mumkin.
Metall bog`. Metallarning bu kabi tavsifli xossalari ular ic ikki tuzilishining o`ziga xosligi bilan izohlanadi. Metallarning kristall panjarasi tugunlarida neytral atomlar, musbat zaryadlangan ionlar joylashadi va ular orasida erkin elektronlar harakatlanadi. Metallarda doimiy ravishda atomlardan elektronlarning ajralishi va ionlarga birikishi sodir bo`lib turadi. Shu erkin elektronlar bo`lishi ularning elektr toki va issiqlikni yaxshi o`tkazishini ta'minlaydi. Elektronlar butun kristall bo`yicha umumiy hisoblanadi.Metallarda musbat ionlar va umumiy elektronlar orasida vujudga kelgan j kimyoviy bog` metall bog` deb yuritiladi.Metall bog` qattiq va suyuq agregat holatida bo`lisbidan qat'iy nazar, faqat metallar uchungina xosdir.Zichlik, suyuqlanish va qaynash harorati, qattiqlik metall atornlarining xususiy xossalari bo`lgan yadro zaryadi, massa, metall bog`ning mustahkamligiga bog`liq.Umumiy zichlik bo`yicha metallar yengil, ya'ni zichligi 5OOO kg/m3 dan kichik (litiy, natriy, magniy, aluminiy va b.) hamda zichligi bundan katta og`ir metallarga (rux, temir, mis, simob, oltin, platina, osmiy va b.) bo`linadi.Eng quyi suyuqlanish harorati simobga tegishli (-38,87°C) bo`lsa, eng yuqorisi volframga tegishli (341O°C). Eng qattiq metallar xrom va volfram bo`lsa, eng yumshoqlari natriy, kaliy va indiydir.
Kimyoviy xossalari. Metallarning kimyoviy xossalari ular atomlarining valent elektronlarini oson berib tegishli ionlarga aylanish qobiliyatlari bilan aniqlanadi. Kimyoviy reaksiyalarda metallarning atomlari qaytaruvchilik xossalarini namoyon qiladi. Masalan, kislorodda yonish jarayonida metall valent elektronlarini berib, musbat zaryadli ionga aylanadi-oksidlanadi, kislorod esa elektronlarni qabul qilib, manfiy zaryadli ionga aylanadi-qaytariladi:Natriy xlor bilan birikkanda elektronlarini xlorga beradi, rux sulfat kislota bilan ta'sirlashganda, uning bergan elektronlarini vodorod qabul qiladi (reaksiya tenglamalarini yozing).Metallarning elektrokimyoviy kuchlanish qatori. Metallarning qaytaruvchanlik xossasi turlicha namoyon bo`ladi. Rux qo`rg`oshin nitratidan qo`rg`oshinni siqib chiqaradi:

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish