Dasrning turi: an`anaviy Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik
Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
Yangi darsni rejasi.
1.Qotishmalar .2.Ishlatilishi
Yangi darsning bayoni.
Oltin zaxiralari bo`yicha o`zbekiston dunyoda 4-o'rinda turadi.Oltin konlari Qizilqumdagi Muruntov, Ajibugut, Bulutkon, Balkantov,Aristontov, To`rboy va boshqa yerlarda joylashgan. Kumush konlari Navoiy viloyatidagi Visokovoltnoye, o`qjetpes,Kosmonachi; Namangan viloyatidagi Oqtepada joylashgan.Olmaliq kon-metallurgiya kombinati eng yirik korxonalardan biri bo`lib,Qalmoqqir konida qazib chiqarilgan ruda asosida ishlaydi va rangli metallar ishlab chiqaradi.Shuningdek o`zbekistonda Au, Ag, Cu, Re, Mo, Pb, Zn, W, Cd, Ni, Os, V, Sc, Te, Se kabi ko`plab metallar konlari mavjud.
Qotishmalar - suyuqlantirilgan metallarda boshqa metallar, metallmaslar, murakkab moddalar erishidan hosil bo`lgan eritmalar. Qotishmalar kristall tuzilishga ega bo`ladi. Qotishmalar qattiq va yumshoq, qiyin va oson suyuqlanuvchi, ishqor va kislotalar ta'siriga chidamli turlarga bo`linadi.Metallar qotishmalarining issiqlik va elektr o`tkazuvchanligi yuqori bo`ladi. Qotishmalaming xossalari ular tarkibini tas ikkil qiladigan moddalarning xossalarigabog`liq. 99 % mis va 1 % berilliydan tas ikkil topgan qotishma misdan 7 marta qattiq bo`ladi.5O,1 % vismut, 24,9 % qo`rg`oshin, 14,2 % qalay, 1O,8 % kadmiydan iborat qotishma 65,5°C da suyuqlanadi (vismut - 271,3°C, qalay -231,9°C, kadmiy - 32O,9°C, qo`rg`oshin - 327,4°C da suyuqlanadi). Rux, mis, aluminiy alohida bo`lganda suvda erimaydi, lekin 5 % rux, 5O % mis, 45 % aluminiydan iborat qotishma odatdagi sharoitda suv bilan ta'sirlashib, vodorod ajratib chiqaradi.
Qotishmalar ham metallar kabi kristall tuzilishga ega va ularning xossalari tuzilishlariga bog`liq bo`ladi. Kristallanganda ba'zi qotishmalarda kimyoviy birikmalar vujudga keladi; ba'zilarida esa metallar atomlari kimyoviy jihatdan bog`lanish hosil qilmaydi. Bunday qotishmalar qattiq eritmalar deb ataladi. Qotishmalarning kristall panjaralari sof metallarnikidan keskif farq qiladi, 8-rasmda sof rux va mis hamda ularning bir-biridagi qattiq eritmalar: kristall tuzilishlari ko`rsatilgan.
Qotishmalar xossalarining turli-tumanligi tufayli sanoatda va maishiy turmushdz keng qo`llaniladi. Masalan, qalay bronzasi 5OOO yil muqaddam ham ishlatilgan Hozirgi vaqtda temir va aluminiy asosidagi qotishmalar eng keng tarqalgan otishmalardir.Gomogen qotishmalar - atom radiuslari o'lchamlari yaqin metallar orasida hosil bo'lgan, kristall panjara tugunlarida atomlari almashib joylasha oladigan qotishmalar (Cu-Au, Ag-Au, Na-K, Bi- Geterogen qotishmalar - atom radiuslari o'lchamlari keskin farqlanuvchi metallar orasida hosil bo'lgan, kristall panjara tugunlarida atomlar almashib joylasha olmaydigan qotishmalar (Sn-Al, Zn-Al).Intermetall (metallararo) qotishmalar - elektrmanfiylik qiymatlari bir- biridan keskin farqlanuvchi metallardan hosil bo'lgan qotishmalar. Ularda metallar turli ekvivalent miqdorlarda birikib, kimyoviy birikmalar hosil qiladi (CuZn, Cu3Al, Cu5Zn8).Ayrim hollarda metallar bir-biri bilan aralashmaydi va qotishma hosil bo'lmaydi.Kundalik turmushimizda sof metallardan tayyorlangan buyumlarni deyarli uchrat- maymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |