Yangi darsning bayoni.
Elektrod potensiali -O,41 v dan kichik bo`lgan metallarning tuzlari eritraasidan elektr toki o`tkazilganda, katodda metall ionlari emas, balki suv molekulalari qaytarilishi kerak. Isbot uchun NaCl ning suvdagi eritmasi elektrolizini ko`rib chiqaylik,
katod «- Na+ Cl- anod (Anod) 2H2O + 2e = H2 + 2OH 2CT-2e = C12
Bu holatda suv molekulalari potensiallar qatorida aluminiydan oldin joylashgan eng faol metallar tuzlarining eritmalari elektroliz qilingandagina qaytariladi. Bunga sabab shuki, suv molekulalarining qaytarilish jarayoni o`ta kuchlanish hodisasi tufayli murakkablashadi va ularni qaytarish uchun ortiqcha elektr yuritish kuchi kerak bo`ladi. Elektroliz jarayoni boradigan eng kichik potensiallar ayirmasi parchalanish kuchlanishi deyiladi va hamma vaqt tegishli galvanik elementning elektr yuritish kuchi (e.yu.k.) E dan katta, ya'ni E > E bo`ladi.
Anodlar ikki xil - eruvchan va erimaydigan bo`ladi. Eravchan anodlar - elektroliz vaqtida yemiriladigan, ya'ni eritmaga ionlar holida o`tadigan elektrodlardir. Masalan: CuCl2 eritmasi orqali tolc o`tkazilsa va anod sifatida mis plastinka olinsa, katodda mis ajralib chiqadi, anodda esa xlor ajralib chiqmaydi. Bunday holda mis atomlari Cl- ionlariga qaraganda elektronini oson beradi. Natijada anodning o`zi eriydi, ya'ni mis anoddan Cu2+ ionlari holida eritmaga o`tadi.Eruvchan anoddan foydalaniladigan elektroliz sanoatda juda toza moddalar olish uchun, bir metallni boshqa metall qavati bilan qoplash uchun ishlatiladi. Masalan, buyumlarai nikellashda anod nikeldan tayyorlanadi, nikellanuvchi buyum esa katod bo`ladi. Har ikkala elektrod nikel tuzi eritmasiga tushiriladi.
Erimaydigan anodlar, odatda, oltin, platina yoki grafitdan tayyorlanadi. Erimaydigan anod elektroliz paytida ionlar holida eritmaga o`tmaydi. Bu holda anod sirtida yoki kislota qoldig`i ionlari, yoki suv molekulalari oksidlanadi. Elektrolit birmuucha konsentrlangan bo`lsa, kislorodsiz kislotalarning ionlari, masalan, Cl, Br-, I-, S2- lar oson zary adsizlanadi. Kislorodli kislotalarning anionlari, masalan, SO`, PO-, NO; zaryadsizlanmaydi. Kislorodli kislota yoki uning tuzi suvdagi eritmasi elektroliz qilinganda anodda suv molekulalari oksidlanib, gaz holdagi kislorod ajralib chiqadi.Agar faol metall va kislorodli kislotadan hosil bo`lgan tuzning, masalan, Na2SO4 ning suvdagi eritmasi orqali elektr toki yuborilsa, tuzning kationlari ham, anionlari ham zaryadsi/lanmaydi. Katodda suv qaytariladi va anodda oksidlanadi. Shu sababli katodda vodorod, anodda kislorod ajralib chiqadi: (Anod) 4OH - 4e - 2H2O + O2 b Na2SO4 + H2O -* 2Na+ + SOf + H2O (H+ + OH ) (Katod) 2H+ + 2e -» H+
Elektroliz jarayoni natijasida eritmadagi suv parchalanib, tuzning eritmadagi konsentratsiyasi ortadi.Ko`piucha elektrolitlar suyuqlantirilgan holda elektroliz qilinadi. NaCl singari elektrolitlar suyuqlantirilgan ionli kristall panjaralari buziladi. Hosil bo`lgan suyuqlanma tartibsiz harakat qiluvchi ionlardan iborat bo`ladi. NaCl suyuqlanmasida faqatgina Na+ ionlar musbat zaryadlanganligi sababli, elektroliz natijasida katodda xuddi shu ionlar zaryadsizlanadi: Na+ + e = Na°. Hozirgi vaqtda sanoatda ko`pgina metallar (Al, Mg, Ca, Na va boshqalar) suyuqlantirilgan birikmalarni elektroliz qilish yo`li bilan olinadi. Vodorod, kislorod, ftor, xlor, ishqorlar ham elektroliz orqali olinadi.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
8,1 g rux oksidi hosil bo‘lganda 34,8 kJ issiqlik ajralgan bo‘lsa, reaksiyaning issiqlik effekti qancha bo‘ladi?
9 g alyuminiy kislorodda yondirilganda 273,5 kJ issiqlik ajralib chiqqan bo’lsa, reaksiyaning issiqlik effekti qancha bo‘ladi?
5.9. 15,2 g magniy oksidi hosil bo‘lganda 305 kJ issiqlik ajralgan. Reaksiyaning issiqlik effekti qancha bo‘ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |