Mavzu: Diqqat va xotira



Download 0,96 Mb.
bet3/8
Sana27.05.2022
Hajmi0,96 Mb.
#611907
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Diqqat va Xotira

Xotira haqida tushuncha
O'tmishda idrok qilingan narsa va hodisalarni, tajribani eslab qolish,
esda saqlash, esga tushirish va unutish kabi ruhiy jarayonlarga xotira
deb aytiladi. Har qanday kechinmani, har qaysi ta’sirni odam qisqa
yoki uzoq vaqt mobaynida, ana shu voqealar ≪izi≫ ko'rinishida
esida saqlab qoladi. Biz so‘z va iboralarni, shuningdek, tasawurlar
holida tiklanishi mumkin boMgan obrazlami eslab qolamiz va xotirada
saqlab yuramiz.
Xotiraning uchta asosiy funksiyasi farq qilinadi: eslab qolish
(esda olib qolish), esda saqlash va esga tushirish. Shuningdek, unutish
ham xotira jarayonlaridan biri hisoblanadi. Eslab qolishda izlar
orasidagi muvaqqat aloqalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu
muvaqqat aloqalar yoki assotsiatsiyalar shartli refleksning bir turi
hisoblanadi. Masalan, bolaga uning uchun notanish boMgan narsa,
deylik ko'zoynak, birinchi bor ko‘rsatilsa, uning nomini bola aytib
bera olmaydi. Lekin u awal ko‘zoynakning tuzilishi haqida eshitgan
boMsa, bu maMumot miyada xotira izlari sifatida saqlanib qoladi va
unga ko‘rsatilgan ko‘zoynakning nomini aytib bera oladi. Chunki
ko'rish obrazi va ≪ko‘zoynak≫ so‘zidan paydo boMgan miyadagi
izlar orasida shartli reflektor bogManishlar, ya’ni assotsiatsiyalar
paydo boMadi va buning natijasida buyumning nomi xotirada qayta
tiklanadi. Demak, xotira jarayonida assotsiatsiyalarning roli juda
kattadir. Assotsiatsiya so‘zi lotinchada — associo — birlashtirish,
bogMash degan ma’noni anglatadi.
Esda olib qolish muddatiga qarab qisqa va uzoq muddatli xotira
farq qilinadi. Har qanday axborot awaliga qisqa muddatli xotira
sifatida saqlanadi. Agar miya tuzilmalarida ma’lumot zarurligi to‘g‘risida
≪qaror≫ qabul qilinsa, u uzoq muddatli xotiraga aylanadi. Aks holda,
qisqa muddatli xotiraligicha qolaveradi, ya’ni axborot miyadan
o ‘chirib yuboriladi.
Qisqa muddatli xotirada axborot 20 soniya atrofida saqlanadi. Qisqa
muddatli xotiraning uzoq muddatli xotiraga o‘tishi axborotning
naqadar zarurligiga ham bogMiq. Masalan, biz telefon raqamlari
bitilgan kitobga qarab, o ‘zimizga kerak boMgan telefon raqamini
topamiz va shu raqamni teramiz. Agar bu raqam javob bermasa yoki
bir marta gaplashilib, keyin o‘sha raqamga qaytishning zarurati
bo'lmasa, biz bu raqamni uzoq muddat xotiramizda saqlab
qololmaymiz. Keyinchalik bu raqamni eslash uchun yana telefon
kitobini varaqlashga to‘g‘ri keladi. Mabodo, odam ushbu telefon
raqamini uzoq vaqtga eslab qolsa, demak, shu raqam bilan bog‘liq
bo‘lgan ma’lumot o‘sha odamda qiziqish uyg‘otdi va bu raqam uzoq
muddatli xotiraga aylandi.
Nemis psixologi Ebbingauz tadqiqotlarining ko‘rsatishicha,
qisqa muddatli xotiraning hajmi 7 ta elementga teng ekan. Agar
odam 7 raqamdan ortiq bo‘lgan qandaydir sonni eslab qolmoqchi
bo‘lsa, ushbu sonni ikkita-uchta raqamlarga bo‘lib tashlaydi.
Mabodo talaba o‘quv materialini yaxshi eslab qolishni xohlasa, u
ushbu materialni mazmun jihatdan bo‘laklarga (qismlarga) ajratib
o‘zlashtirishi kerak. Ba’zi odamlarning raqamlarga xotirasi kuchli
bo‘lsa, ba’zilarniki so‘zlarga kuchli bo'ladi. Masalan, quyidagi
raqamlar to‘plamini eslab qolish kerak: 3912213354. Bu raqamlarni
eslab qolish mushkul, albatta. Lekin ularni 3-9-12-21-33-54 ga
bo'lib tashlasak, eslab qolish osonlashadi. Buning uchun har bir
≪—≫ dan keyingi raqam bir-biriga qo‘shib borilaveradi (3+9=12;
9+12=21 vah.k.).
Qisqa muddatli xotirada material esda qolishi uchun uning hajmi
uncha katta bo'lmasligi kerak. Masalan, reklamada bu qoidagajuda
amal qilishadi, shuning uchun ham reklamalarda uzundan-uzun
matnlar uchramaydi. Shuning uchun ham bemor bilan suhbatlashayotgan
vrach qisqa va lo‘nda jumlalarni ishlatishi kerak.
Ana shunda vrachning tavsiyalari bemorning esida uzoq saqlanib
qoladi. Yoki zarur so'zlarga alohida urg'ularni ishlatgan holda
gapirish maqsadga muvofiqdir. Eslab qolishda urg‘uli so'zlardan
boshqa so'zlar faqat shovqin tusida qoladi, urg‘uli so‘zlar esa
xotirada asosiy axborot bo‘lib saqlanib qoladi. Bu usul gipnozda
ko‘p qo‘llaniladi.
Shuni ta ’kidlab o‘tish lozimki, uzundan-uzoq gapiruvchi notiqlar,
ko‘pincha, jumlalarni grammatik jihatdan noto‘g‘ri talaffuz
qilishadi, ya’ni jumla boshlanishi uning oxiriga mos kelmaydi, chunki
ana shu jumlani talaffuz etish paytida odam jumlaning boshlanishini
unutib qo‘yadi. Ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarni ham xuddi shunday eslab
qolish qiyin.
Qisqa muddatli xotira jarayonlarini o‘rganishda psixologlar ko‘p
tadqiqotlar o‘tkazishgan. Axborot qisqa muddatli xotiradan qanday
qilib uzoq muddatliga o ‘tishi mumkin?
Dastlab axborot qisqa muddatli xotira bloklariga tushadi, bu
bloklarga asab hujayralarining muayyan guruhlari xizmat ko‘rsatadi.
Ana shu bloklarda saqlanib turgan axborot keyinchalik uzoq muddatli
xotira bloklariga o‘tadi. Lekin hamma vaqt ham shunday bo‘-
lavermaydi. Qisqa muddatli xotira uzoq muddatli xotiraga aylanishi
uchun axborot ≪tanlanadi≫. Ayonki, uzoq muddatli xotira bloklarining
axborot izlari asab hujayralarida o‘ta turg'un joylashgan
bo‘ladi. Bu jarayon xotiraning ana shu ikki turi bilan cheklanmasa
kerak, degan fikrlar mavjud. Chunonchi, o‘ta qisqa muddatli yoki
operativ xotira ham farq qilinadi. Matn bosuvchining xotirasi bunga
misol bo‘la oladi, u xotirasida atigi bir necha so‘zlarni klaviaturada
bosilgungacha saqlab qoladi, xolos. Shuni aytib o ‘tish lozimki,
qisqa muddatli xotiraning uzoq muddatli xotiraga o'tish mexanizmi
yetarlicha o‘rganilmagan, lekin bu jarayonda takrorlash asosiy
ahamiyatga egadir.
Shu o'rinda odam o‘z ona tilida va begona tilda aytiladigan so‘zlami
qancha davrgacha eslab qolishi haqida so‘z yuritsak. Ba’zi mutaxassislar
o ‘z ona tilidagi so‘zlar yaxshi eslab qolinishini ta ’kidlashadi. Bu,
albatta, uzoq muddatli xotiraga taalluqli. Lekin qisqa muddatli
xotirada-chi? Bu savolga javob topish uchun Moskva Davlat universitetida
va boshqa ba’zi xorijiy institutlarda tadqiqotlar o ‘tkazilgan va
turli xil natijalar olingan.
Z.R. Ibodullayev (2001) shu tajribani ruschani yaxshi biladigan
o‘zbek talabalari orasida o‘tkazdi.
U sog‘lom o‘zbek talabalarida o‘zbekcha va ruscha so‘zlardan
iborat 10 ta so‘zni (5 ta o‘zbekcha + 5 ta ruscha) yodlatib, qayta esga
tushirishni Ebbingauz usuli bilan tekshirib ko‘rdi (bundan oldin
faqat o‘zbekcha so‘zlar qatori, keyin ruscha so‘zlar qatori yodlatib
tekshirib ko‘rildi va deyarli bir xil natija olindi). Talabalardan qoidaga
binoan ma’no jihatdan bir-biriga o ‘xshash bo‘lmagan so'zlar
(masalan, uy, voda, havo, zima, qog‘oz, trava, barg va h.k.) ni
yodlash va qayta esga tushirish so‘raldi. Tajriba bir necha bor qaytarildi.
Talabalar yodlab qolgan va qayta esga tushirgan o‘zbekcha va ruscha
so'zlar soni deyarli bir xil bo‘lib chiqdi (17-rasm). Faqat o‘zbek
tilidagi so‘zlar (a), o ‘zbekcha-ruscha aralash so'zlar (b) va faqat
ruscha so‘zlar (v) bilan o‘tkazilgan tajribada ham natijalar deyarli
bir xil bo‘ldi. Demak, aynan o‘zbek va rus tili bilan bog‘liq bo‘lgan
mana shu tadqiqotda qisqa muddatli xotira uchun tilning ahamiyati
aniqlanmadi. Biroq bu yerda rus tilidagi so‘zlar tanishligini va
tushunarli ekanligini ham e’tiborga olish kerak.


Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish