Mavzu № sosiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi obyekti va predmeti antik dunyo olamining «oltin davri»


Zamonaviy sosiologiyaning predmeti va obyekti



Download 0,68 Mb.
bet2/76
Sana13.07.2022
Hajmi0,68 Mb.
#788003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Bog'liq
sotsialogiya yak.

Zamonaviy sosiologiyaning predmeti va obyekti. Fan predmeti – fundamental tushunchalarning mantiqiy o’zaro bog’langan va qarama-qarshi bo’lmagan tizimi hisoblanib, mazkur fanning tadqiqot usullariga yo’naltirilgan obyektiv reallik qismini ifodalaydi. Fan predmeti deb ataladigan tushunchalar majmui alohida faktlarni muntazam, takrorlanadigan hodisalar bo’yicha tartibga soladi va tashkil etadi. Sosiologni tanholigi yoki noyobligi emas, qonuniyligi yoki tipikligi qiziqtiradi.
Sosiologiya – bu ijtimoiy tizimlar, ularning vazifalari, ijtimoiy tizim va jamoalarning (dunyo, jamiyat, institut, guruh, tashkilot, oila, shaxs) harakatlanish va rivojlanish (faoliyati va o’zaro ta’siri) qonuniyatlari (qonuniyatlar, tendensiyalar), haqidagi fandir. Sosiologiya tabiiy va texnik fanlar bilan ko’pgina umumiylikka ega. Mazkur o’zaro munosabatlarning sababi shundaki, sosiologik bilishning obyekti jamiyat hisoblanadi. Biroq «jamiyat» tushunchasini sosiologiyaning predmeti sifatida dastlabki aniqlash uchun belgilash yetarli emas. Jamiyat barcha gumanitar fanlar tadqiqotining obyekti hisoblanadi. Tadqiq etuvchining faoliyati yo’naltirilgan barcha narsalar bilish obyekti hisoblanadi. Bunga muvofiq ravishda sosiologiya obyekti deganda jamiyatning yaxlit sosial voqyeligi tushuniladi, unda obyektiv ijtimoiy hodisalarni ajratishimiz mumkin (ya’ni ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy tashkilotlar, ijtimoiy jamoalar, ijtimoiy jarayonlar, ijtimoiy institutlar, ijtimoiy subyektlar).
Sosiologiya predmetlariga shaxs, ijtimoiy guruhlar, jamoa va butun jamiyat faoliyati va rivojlanishi qonun va qonuniyatlari, shuningdek, jamiyatning ijtimoiy hayoti (sosial subyektlarning ijtimoiy mavqyelar, rollar, ijtimoiylashuv muammolari bo’yicha o’zaro ta’siri) kiradi. Zamonaviy sosiologiya predmeti – uzoq vaqt davom etgan tarixiy rivojlanish natijasi bo’lib, ko’plab olimlar avlodlarining mehnatlari mahsulidir, ulardan har biri yangi bilim tamoyillarini qo’shib borgan, yuzaga kelgan vaziyatni ko’rib chiqqan, tanqid qilgan, bahs-munozara olib borgan, yangilik kiritgan, tekshirgan va shu yo’l bilan bugun sosiologiya predmeti sohasiga kiritilganlarni barchasini elakdan o’tkazgan. Sosiologiya predmetining bosh sababchisi ikkita tushuncha hisoblanadi - «status» va «rol». Birinchisi jamiyatning statistik, ikkinchisi esa dinamik tasvirini ochib beradi. Insonning guruhdagi yoki jamiyatdagi o’rni, holati status (mavqye) deb ataladi. To’ldirilmagan mavqyelarning majmui bizga jamiyatning ijtimoiy tuzilmasini beradi. Ijtimoiy mavqyelar ijtimoiy munosabatlar bilan, shaxsiy mavqyelar esa shaxslararo munosabatlar bilan bog’liq. Sosiologiya uchun insonlar qanday shaxsiy munosabatlarga kirishishlari emas, balki ular orasidan qandaydir asosiyroq bo’lgan qarashlar, ya’ni sosial munosabatlar muhimdir.
Sosiologiya ijtimoiy guruh va ijtimoiy xulq-atvorni ilmiy o’rganuvchi fan xisoblanadi. Shuningdek ijtimoiy munosabatlarni yoritish ,qanday qilib bu munosabatlar kishilar xulq-atvoriga ta’sir yetishi, qanday qilib bu munosabatlar rivojlanadi va o’zgarishi qonuniyatlarini o’rganuvchi fan hisoblanadi.
Sosiologik bilimlarning eng muhim elementi jamiyatdagi shaxsning madaniy normalari va ularga amal qilish o’lchovlarini kabul qilishi va amal qilishi konuniyatlani aniqlaydi. Jamiyatda shaxs ijtimoiy muammolarni boshidan kechiradi va buni tushinib boradi bu sosiologik tahlil uchun muxim sanaladi.1
Sosiologiya yempirik fan xisoblanadi. Ijtimoiy xodisalarni tizimli ravishda qayd qilib borishi bilan tadkikod borasida yutuqlarga erishishi mumkin. Sosiologyada jamiyat borasida axborot to’plashning turlicha usullari majud. Sosiologiyada tadqiqot olib borish xususiyatlari o’rganilayotgan obyekt spesifikasidan kelib chiqib belgilanadi.2
Jamiyat haqidagi fanlar umumiy tizimida sosiologiya fani xususiyatiniyatini yuqorida zikr etilgandek tushuntirish, hozirgi zamon sosiologiyasining predmetini shunday ta’riflashning imkonini beradi: Sosiologiya jamiyatni murakkab ijtimoiy organizm sifatida o’rganadi. Sosiologiya jamiyatni mavjud tarkibiy tuzilmalari mohiyati, ularning harakat tendensiyalari va taraqqiyot qonuniyatlarini sosial tashkil etilgan tizimda tadqiq etadi. Shuningdek, sosiologiya asosiy e’tiborni jamiyatni xar xil ijtimoiy va hududiy tuzum bosqichlarida vujudga keladigan keng ma’nodagi insonlararo munosabatlari va jamoatchilik fikrini o’rganishga qaratuvchi fandir. Sosiologiya fani jamiyatning turli sohalari iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy-axloqiy va boshqa tarmoqlarida tadqiqotlar o’tkazadi. Mamlakatimizda sosiologiyaning roli ortib bormoqda, bu fanga umumiy qiziqish kuchaymoqda. Buni tushunish mumkin, chunki O’zbekistonda hozir yangi ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy iqlim shakllandi. Ijtimoiy hayotning barcha jabxalarida o’zgarishlar kuzatilmoqda, sosial tarkibda o’zgarishlar qayd qilinmoqda, yangi ijtimoiy institutlar va munosabatlar paydo bo’lmoqda. Vatanimizda sosiologiya hyech qanday to’siqsiz rivojlanish va mustaqil ijtimoiy fan sifatida o’zini anglash imkoniyati tug’ildi. Jamiyatimizda kuzatilayotgan ijtimoiy o’zgarishlar va jarayonlar sosiologiya fanining diqqat markazida turibdi. Sosiologik fikrlashning eng muhim jihati jamiyat hayotida inson shaxsini tushunishdan iboratdir. Shaxsga bo’lgan sosiologik nuqtai nazarning o’ziga hosligi shundan iboratki, bu fan unga ijtimoiy voqyeilikni o’zgartiruvchi faol mavjudot sifatida qaraydi. Ijtimoiy institutlar ko’p jixatdan inson ahloqini ifodalaydi, ammo ayni shu vaqtning o’zida ular inson faoliyatining ifodasi va individlarning o’zaro ijtimoiy ta’siri xosilasidir. Jamiyat to’g’risidagi xozirgi bilimlarning o’ziga hos hususiyati shundan iboratki, ular sosiologik fikrlashning kuchli ta’siri ostidadir. Jamiyatimizda kuzatilayotgan murakkab jarayonlarni sosiologik tahlilsiz to’g’ri tushunish mumkin emas. Mamlakatimizda sosiologiyaning keyingi rivojlanishi va takomillashtirilishi jamiyatni chuqur o’rganish va anglash, jamiyat oldida turgan o’tish davrining murakkab muammolarini ancha samaraliroq yechishga imkon beradi.
Sosiologiya strukturasi. Struktura bu fandagi asosiy elementlar ularning joylashishi, munosabati va tartibidir. Struktura bevosita fanning rivojlanish darajasi va uning elementlariga bog’liqdir. Fanning rivojlanib borishi davrida uning elementlari bir tizimga to’planib, bu sistema orqali esa bilimlarni tashkil qilish vositaligi ta’minlanadi. Buning natijasida esa nazariy, metodologik, metodik va boshqa elementlar o’rganilayotgan voqyelikni (reallikni) yaxlit ko’rinishda aks ettiradilar. Fan bir tizim sifatida, qachonki umumiy asoslar, kategoriya va tushunchalarni ishlab chiqgandagina va bilishning har xil darajalari va shakllari orasida mantiqiy bog’lanish bo’lsagina yuzaga kelishi mumkin. Bu holatda fanning turli xil rivojlanish yo’nalishlari bilimning shakllangan tizimi bilan muvofiqlashadi. Agarda sosiologiya haqida gapiradigan bo’lsak, u hali yetuk birlashgan ilmiy tizim sifatida shakllangani yo’q. Hali yosh va rivojlanayotgan fan sifatida sosiologiya har xil ilmiy tizimlarning to’plami sifatida ko’zga tashlanyapti.
Sosiologiyaning strukturasini har xil tahlil qilish mumkin. Ayniqsa, bu strukturani aniqlash nazariy sosiologiya, metodologiya va empirik tadqiqotni ajratib olishlik bilan ko’pincha yuzaga keladi.
Lekin bu sosiologiyaning komponentlarini ajratib olish umumiyroq ma’noga ega, natijada esa fanning murakkab va har xil ko’rinishga ega bo’lgan strukturasining mazmuni kashf etilmaydi. Shuning uchun to’laroq va har tomonlama xususiyatga ega bo’lish bilangina sosiologiyani strukturasini ko’rsatib berish lozim. Sosiologiya strukturasida fundamental va amaliy yo’nalishlarni, nazariy va empirik tadqiqotlarni, maxsus va tarmoq sohalarni ajratib ko’rsatish darkor. Ular bir-birlari bilan juda murakkab o’zaro dialektik aloqadordirlar. Ayrim hollarda bir-birlariga qo’shilib ketadilar, boshqa holatlarda esa bir-birlarini inkor qiladilar. Tadqiqotimiz ilmiy, teran bo’lishligi uchun sosiologiya strukturasini bu elementlarini alohida tahlil qilib chiqishga harakat qilamiz.
Lekin farovonchilikka erishish uchun hokimlar sohta emas, balkim haqiqiy faylasuflar bo’lmoqliklari darkor.
Keyingi zarur bo’lgan hislatlardan biri – bu jasoratdir, U ham jamiyatning hamma a’zolari ega bo’lgan hislat emasdir, lekin donishmandlikka nisbatan u ko’proq fuqarolarga xosdir. Platonning fikricha huddi donishmandlik kabi (davlat donishmand bo’lishi uchun jamiyatning hamma a’zolari donishmand bo’lishlari shart emas) jasorat ma’lum bir fuqarolarga xos bo’lib, shuning o’zi jamiyat uchun nima daxshatli, nima daxshatli emas ekanligini bilish uchun yetarlidir.
«Donishmandlik» va «jasarat» dan o’laroq sabr-qanoat alohida, maxsus sinfning emas balki jamiyatning barcha a’zolariga xos bo’lgan sifatdir. Bu sifat mavjud bo’lgan sharoitda jamiyatning hamma a’zolari mukammal davlatda qabul qilingan qonunlarni va mavjud hukumatni tan oladilar. Buning natijasida esa axmoqona harakatlardan tiyilib turiladi»
To’rtinchi sifat – bu adotaldir. Davlatda uning mavjudligi «tiyilib turish» vositasi tufayli shakllanadi. Adolat orqali jamiyatning har bir a’zosi o’zidagi ma’lum bir qobiliyat sababli o’zining alohida ishini amalga oshira oladi. «Bizningcha shahardagi har bir fuqaro o’zining tabiiy qobiliyatidan kelib chiqqan holda faqat birgina ish bilan shug’ullanishi zarur»3. Bir vaqtning o’zida bir necha mashg’ulotga intilish emas, faqat o’zining ishi bilan mashg’ul bo’lish – bu adolatdir4.
O’zining ideal davlatini Platon sinfiy aralash-quralash bo’lib ketishidan bor kuch-g’ayrati bilan ximoya qilishga harakat qiladi. Ya’ni fuqarolarning bir-birlarini vazifalarini bajarishlaridan yiroq qilmoqchi bo’ladi. Shuning uchun bunday aralash-quralashishdan tiyilish tufayli adolat yuzaga keladi. Ko’p ishni bajarishlik davlatning halokatiga sabab bo’ladi: agarda sanoatchi boyligi kshpaygan sari harbiy ish bilan shug’ullangisi kelib qolsa, yoki askar qobiliyati bo’lmasa ham davlat rahbari bo’lgisi kelsa. Hatto adolatdan tashqari hamma uchta sifat mavjud bo’lganida ham ko’p mashgullik va vazifalarni o’zgartirish davlatga ulkan zarar keltiradi. Va bu xatti-harakat o’z xalqiga nisbatan qaratilgan buyuk adolatsizlikning ko’rinishidir O’zining vazifasini bajarish esa bu adolatsizlikka karashi tura oladi va shaharni adolatlik bo’lishini ta’minlaydi. Mukammal davlatning bu shakli Platonning fikricha faqat greklarga xosdir. Boshqa xalqlar esa o’zlarinng ijtimoiy tartiblarini yarata olmaganliklari uchun bunday ideal davlatga erisha olmaydilar. O’zining ideal davlatini mustaxkam bo’lishi uchun Platon bu uch sivfni o’zaro birodar bo’lishlarini talab qiladi. asalan ishlab chiqa ruvchilar qolgan ikkita sinr uchun mehnat qilishlari kerak, harbiylar esa ularni kuriklashi kerak, o’z navbatida hokimlar harbiylarga bunday ko’riklashni buyuradilar va ko’rsatmalar beradilar.
2. Platon Akademiyasining yetuk tolibi, jahon ijtimoiy tafakkur olamiga hissa qo’shgan mutafakkir Aristotel hisoblanadi.
Ijtimoiy jarayon, Aristotel ta’biriga ko’ra, imkoniyatlardan natijalarga o’tishga bo’lgan intilishdir. Odamlar ijtimoiy jarayonda qancha ko’p ishtirok etsalar, davlat va jamiyatning ijtimoiy-siyosiy asoslari shunchalik mustahkamlanib boradi.
Har qanday mamlakatdagi ijtimoiy tartibsizliklar, inqirozlar va davlat to’ntarishlari ijtimoiy tenglikning buzilishidan kelib chiqadi. Ammo tenglik tushunchasi o’z mazmuniga ko’ra ham miqdor jihatdan, ham mavqye-martabaga ko’ra farqlanadi. Mavqyega ko’ra tenglik jamiyatdagi o’nta obro’li shaxs mavqyei 100-200ta oddiy fuqarolarning mavqyeiga mos bo’lishi mumkin. Shu boisdan mavqyeni hisobga olib ijtimoiy tenglikni amalga oshirish jamiyatda barqaror muhitni saqlash imkoni beradi. Miqdoriy tenglikni ta’minlash uchun esa davlat boshqaruvini amalga oshirishda u yoki bu xudud vakillaridan teng miqdordagi amaldorlarni vazifalarga tayinlashni to’g’ri yo’lga qo’yish zarurdir.
Demokratik asoslardagi davlatlarda hokimiyatni egallash uchun qilinadigan to’ntarishlar odatda demagoglar tomonidan amalga oshiriladi. Aristotel jamiyatning ijtimoiy stratifikasiyasi tizimida barqarorlik, turg’unlik mezoniga amal qilishi zarurligini ta’kidlaydi. Har bir shaxs nafaqat mavjud davlat tuzumiga, balki o’z ijtimoiy tabaqasiga ham sodiq qolishi hamda o’z kasbi-kori, xizmat sohasi doirasida kamolotga intilishi lozim. Kishilarning bir sohadan boshqa sohalarga, bir ijtimoiy mavqye doirasidan boshqasiga o’tishi davlat tartibotlariga umumiy ishonchni pasaytiradi.
Aristotel davlat tuzumini olti xil ko’rinishga tasniflab, ulardan uchtasi (monarxiya, aristokrat va politiya) to’g’ri va uchtasi (tiraniya, oligarxiya va demokratiya) noto’g’ri davlat tuzumlari, deb hisoblaydi.
Xullas, Aristotel antik dunyo sosiologiyasi tarixini eng mazmundor davri bo’lmish grek sosiologiya maktabiga mantiqiy yakun yasagan. Uning sosiologik qarashlari dastlab qadimgi Rimning sosiologiya maktabi namoyondalari (Siseron, Lukresiy, Vergiliy, Gorasiy, Ovidiy) ga hayotbaxsh ilhom bag’ishladi, so’ngra esa o’rta asrlar sharqining buyuk mutafakkirlari Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ibn Rushdlar dunyoqarashlariga o’z ta’sirini ko’rsatdi.
3. Movaraunnahrda tabiat va jamiyatni anglash va o’rganish ulug’ mutafakkir Al-Forobiy tomonidan jiddiy kengaytirildi. U o’zining «Fozil odamlar shahri» asarida insondagi insonlik mohiyati o’zlikni anglashdan boshlanishi, fozil shaxs voqyea va xodisalarning mohiyatini idrok eta bilishini, mohiyatga intilish haqni tanish ekanligini, insonga berilgan ruh aqlni rivojlantirishga, unga quvvat bag’ishlashga mas’ul ilohiy kuch ekanligini, aql esa inson tomonidan narsalarni mohiyatan tanlab farqlashga ko’mak berishini asoslab beradi.
Forobiy jamiyatning boobro’ shaxslari, olimlari, oqil kishilari ijtimoiy taraqqiyotning harakatlan-tiruvchi kuchlaridir, deb hisoblaydi. Forobiy o’sha paytdayoq ijtimoiy fikrning ahamiyati katta ekanligini chuqur anglab, zamonaviy sosiologiyada ko’p qo’llanuvchi ekspertlar, ya’ni o’z davrining yetuk donishmandlari fikrlariga tayanib ish tutish zarurligiga urg’u beradi. «Donishmandlarga ishonib, ularga ergashuvchi odamlar o’sha narsalarni donishmandlar bilganday bilib oladilar. Zero, donishmandlarning bilimlari, eng exshi bilimlardur»
Birinchi ming yillikning so’ngida (973 yil, 4 sentyabr) tavallud topgan ulug’ bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy ham sosiologiya nazariyasini rivojlantirish ishiga ulkan hissa qo’shdi. Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» deb nomlangan qomusiy kitobini to’la ma’noda insoniyat tarixining o’tgan 5 ming yilligi voqyealari tahlili va sinteziga bag’ishlangan mumtoz etnososiologik asar, deb baholash mumkin.
Abu Rayhon Beruniy dunyoning sosiologik manzarasi evolyusion jarayon natijasida tarkib topganligini alohida qayd etadi. «Tuzilish va buzilish natijasida unsur bo’laklari bir-biriga qo’shilib, dunyo obod bo’lgan va olam tartibga tushgan».
Ayni chog’da Beruniy olamni ijtimoiy taraqqiyotga olib keluvchi kuch ziddiyat va qarama-qarshiliklar emas, balki turli ijtimoiy darajalardagi murosa va konsensus ekanligini uqtiradi. «Qarama-qarshiligi ravshan ayon bo’lgan narsaga qanday ishonib bo’ladi», deb ulug’ mutafakkir qarama-qarshiliklardan xoli bo’lgan jarayonlarida o’zgarish ehtiyoji kuchayishiga ishora qiladi.
XI asrda yaratilgan turkiy xalqlar uchun muqaddasi obida xisoblanuvchi kitob Yusuf Hos Xojibning «Qutadg’u Bilig» - «Saodatga yo’llovchi bilim» deb atalgan asari ham sosiologik qarashlarga boydir. Bu kitob axloq-odob, ta’lim va tarbiya hamda ma’naviy kamolotning yo’l yo’riqlarini, usullarini, chora-tadbirlarini mujassamlashtirib, o’zida jam qilgan buyuk qomusiy asardir.
Yusuf Hos Xojib jamiyat va tabiat borasidagi barcha bahslarni ta’lim atrofida olib borar ekan, o’z davri, mavjud ijtimoiy-siyosiy tuzum, ma’naviy-moddiy hayot jarayonlari xususida mufassal ma’lumotlar beradi. U o’sha davrning turli ijtimoiy tabaqalari, toifalari va guruhlari, ularning turmush tarzi, rasm-rusumlari, qonun-qoidalari, hunar va kasbu-korlari, jamiyatda tutgan mavqyelari, davlat tuzumini qanday asoslarda qurilganligi, har bir tabaqaning dunyoqarashi xususida atroflicha sosiologik asoslangan ma’lumotlarni o’rtaga tashlaydi.
Yusuf Hos Xojib jamiyatning tom ma’nodagi kamoloti faqat ta’lim vositasida amalga oshadi, deb hisoblaydi. Dunyodagi barcha boyliklar mavaqqatdir, o’tkinchidir, sarflansa tugab bitadi, faqat bilim boyligigina qancha sarf etilsa, shuncha ko’payaveradi, deb o’rgatadi ulug’ mutafakkir.
Sosiologiyaning donishmandlik talabi yuqori bo’lgan fan ekanligi uchun ham ulug’ ajdodlarimizning jamiyatni bevosita o’rganishga doir vazmin umumlashmalarga, xulosaviy mushohadalarga boy asarlari ularni ma’naviy-aqliy kamolotga erishgan yillarida, sermazmun umrlarning so’nggi davrlarida yaratilgandir. Masalan Amir Temurning «Tuzuklari» Mirzo Ulug’bekning «To’rt ulus tarixi», Alisher Navoiyning «Majolis un nafois», «Mahbub ul-qulub» asarlari shular jumlasidandir.
Alisher Navoiyning «Mahbub ul - qulub» asarida bevosita o’z davridagi deyarli barcha ijtimoiy guruh va tabaqalarga tavsif beriladi va ularning qaysi biri yaxshi yoki yomon, qaysi biri insoniylikka, xalqqa, mamlakatga foydali yoki zararli ekanligi bayon etiladi.
Alisher Navoiy jamiyatning miqdor va sifat jihatidan ijtimoiy bo’linganligi umuman olganda ijobiy xodisa ekanligi, bu tasniflanish doirasining qanchalik kengligi mamlakat farovonlik darajasining ifodasi ekanligi xususida e’tiborga sazovor sosiologik qarashni asoslab beradi. Ulug’ mutafakkir jamiyatdagi yuzdan ortiqroq ijtimoiy tabaqa xususiyatlarini aniqlab, ularning mamlakat ijtimoiy tizimidagi o’rni va faoliyat imkoniyatlarini ravshan ifodalab beradi. Mazkur sosiologik tasniflashdan maqsad, ularni ijtimoiy foydalilik darajalarini oshirish ekanligi asarning mazmunini tashkil etadi. Zero, jamiyatdagi tasnifning qanday ekanligini bilish ularning mazmunini yaxshilashga yo’l ochadi. «Shu jihatdan, - deb yozadi Alisher Navoiy, - hamsuxbatlarni va do’st-yoronlarni bu hollardan ogoh va xabardor qilmoq vojib ko’rindiki, toki ularda har toif
4. Sosiologiyaning vujudga kelishi uzoq o’tmishlarga taalluqli bo’lib, ilk ijtimoiy masalalarini biz qadimgi Xitoy, Hindiston va ayniqsa antik davr, ya’ni qadimgi Yunoniston mutafakkirlarning faoliyatlaridan bilamiz. Albatta, bu davr mutafakkirlari o’zlarining jamiyat, davlat, insonning ijtimoiy mohiyati haqidagi ta’limotlarini o’z falsafiy qarashlarida bayon etib kelganlar. Keyinchalik esa O’rta Sharq allomalari Forobiy, Ibn Sino, al-Beruniy, Alisher Navoiy va boshqa ko’plab buyuk ajdodlarimiz ham bu an’anaga amal qilib, o’z sosiologik ta’limotlarini falsafiy asarlarining bir bo’lagi, qismi sifatida yoritib kelganlar.
Chunki bu davr olimlari o’z falsafiy ta’limotlarini ilmiy asoslab berishlari uchun albatta insonning jamiyatdagi ijtimoiy o’rni, ongli faoliyati masalalarini ham keng yoritib berishlari zarur bo’lgan. Sosiologiyaning statusi, ya’ni uni falsafa fani tizimidagi bunday maqomi XIX asrning 30-yillarigacha davom etib keldi. Bu vaqtga kelib G’arb davlatlarida kapitalizm tuzumining keskin, shiddatli rivojlanishi yuz berdi. Sanoat va shaharlarning rivojlanishi ijtimoiy fanlardan ham amaliy natijalarni talab qila boshladi.
Sosiologiya rivojida Yevropaning mo’mtoz olimlari o’zining ulkan hissalirin qo’shaganlardan Emil Dyurkgeym, Maks Veber hisoblanadi. Ular keng qamrovli, klassik fikrlovchi mutafakkirlardir. Chunki ularning g’oyalari ko’p yillardan oldin faoliyat ko’rsatayotgan va hozirda ham davom etgan jamiyatni tushunishimizga katta ta’sir ko’rsatdi. Ularning ta’limotlari faqatgina sosiologiya emas, balki boshqa sohalarga ham jumladan ilmiy-siyosiy va tarixga ham katta ta’sir ko’rsatdi. E.Dyurkem fikricha, Fransiyadagi ulkan siyosiy qiyin holatlar va din bilan bog’liq bo’lgan tartibsizliklar antisemitizm kuchayishi tufayli sodir bo’ldi va holat boshqa dinlar ichida ham yomon kayfiyat uyg’otdi. Dyurkgeym keyinroq shu narsani yozdiki, jamiyatda urf-odatlarning alohida maqsadi bor. U ijtimoiy birdamlik nazariyasini ishlab chiqganlardan hisoblanadi. Chunki, bu qadriyatlar guruh a’zolarining birlashishlariga Dyurkgeym fikricha eng katta ta’sirini ko’rsatadi. Shuning uchun u ijtimoiy barqarorlikni o’rganishga katta savolni qaratdi.
Ma’lumki, sosiolog Marksning ishlari M.Veberga katta ta’sir ko’rsatdi. Ammo, Marks jamiyat hayotining asosiy elementi, deb iqtisodni ko’rsa, Veber esa nazariyasida jamiyatning uchta asosiy o’lovi deb ta’kidlanadi: iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalar. Veber siyosiy qadriyatlar va jamiyat munosabatlari haqida kengqamrovli nazariyani ishlab chiqish bilan shug’ullandi. Veber sosiologiyani qadriyatlardan alohida bo’lishiga ishonmadi. chunki sosiologlarning ta’limotlariga qadriyatlar har doim ta’sir ko’rsatadi. Veber ta’kidlashicha, sosiologlar o’z ta’limotlarni ishlabchiqishda qadriyatlarning o’z ta’siri borligi e’tirof etadi.5

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish