Mashinalarni traktorga ulash usullari va qurilmalari, ularni tuzilishi va ishlashi



Download 108,5 Kb.
bet31/46
Sana23.07.2022
Hajmi108,5 Kb.
#844446
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   46
Bog'liq
Mashinalarni traktorga

Pog‘onali. Berilgan uzatish soni diapozonida belgilangan, o‘zgarmas songa ega bo‘lib, bu sonlar o‘zaro bir uzatmada mashina-traktor agregatini unumli va tejamkor ishlashini ta’minlaydi.
Pog‘onasiz.Belgilangan diapazonda istalgan kerakli uzatish sonini hosil qilib beradi, bu esa mashina traktor parkini eng qulay rejimda ishlashini ta’minlaydi.
Kombinatsiyalangan.Odatdagi pogonasiz uzatma qutisi diapazoni kam bo‘lib, uzatish sonini zarur qiymatlarga avtomatik ravishda o‘zgartira olmasa, shundagina bu usul qo‘llaniladi. Bu hollarda ikkita uzatmalar qutilari kombinatsiyasi o‘rnatiladi. Burovchi momentni o‘zgartirish usuli bo‘yicha pog‘onasiz uzatmalar qutisi mexanik, gidravlik, elektr va kombinatsiyalangan turlarga bo‘linadi.Pog‘onali uzatmalar qutilarida ushbu ko‘rsatkich faqat mexanik ravishda bajarilib, burovchi momentni o‘zgartirish chegaralangan va imkoniyati kam bo‘lgan tishli gildiraklar (shesternyalar) juftlari soni bilan o‘zgartiriladi.Boshqarish usuli buyicha qo‘l bilan boshqariladigan, yarim avtomatik va avtomatik ravishda boshqariladigan turlarga bo‘linadi.Traktor yetakchi ko‘prigining vazifasi uzatmalar qutisi validan berilayotgan burovchi momentning harakat yo‘nalishini 90 gradusga burgan holda yetakchi g‘ildiraklarga yetkazib berishdan iborat. Yetakchi ko‘priklarning asosiy mexanizmlariga quyidagilar: bosh uzatma, differensial, tormozlar, oxirgi uzatmalar (g‘ildirakli traktorlarda) yoki burish mexanizmi (zanjirli traktorlarda) kiradi. Shu bilan bir qatorda g‘ildirakli trakorlarda oldi, orqa yoki ikkala ko‘prigi ham yetakchi bo‘lishi mumkin. Zanjirli traktorlarda asosan orqa ko‘prigi, tez yurar zanjirli traktorlarda esa, aksincha oldingi ko‘prigi yetakchi bo‘ladi. Ko‘pchilik hollarda traktorning orqa ko‘prigi g‘ildiraklar tomonidan tushadigan asosiy yuklamani va ko‘prik ichidagi tishli g‘ildiraklar tishlashishidan hosil bo‘ladigan kuchlanishlarni o‘ziga oladigan qism hisoblanadi.Shu sababli orqa ko‘prikka qo‘yiladigan asosiy talablardan biri korpus detallarining mustahkamligidir. Bunday talab traktorlarning oldingi yetakchi g‘ildiraklariga ham tegishli hisoblanadi. Bosh uzatma - uzatmalar qutisidan uzatilgan burovchi momentning harakat yo‘nalishini 90 gradusga burib berish uchun xizmat qiladi. Bosh uzatmalar tishli uzatmaning shakli bo‘yicha konussimon, silindrsimon, chuvalchangsimon turlarga bo‘linadi.Konusli bosh uzatmalar eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, ko‘rinishi to‘g‘ri, tangensial, spiralsimon (ko‘pchilik hollarda aylanasimon) bo‘lishi mumkin. Zamonaviy traktorlarda aylanasimon tishli konusli bosh uzatmalar keng tarqalgan.Differensialning vazifasi berilgan burovchi momentni chiqish vallariga taqsimlash va ularni har hil tezlikda aylanishiga imkon berishdan iborat. Konstruksiyasi bo‘yicha shesternyali, kulachokli, chuvalchangsimon erkin yurish mexanizmli differensiallarga bo‘linadi. Oxirgi uzatmalar bosh uzatmadan traktorning yetakchi gildiraklariga uzatiladigan burovchi momentni oshirish uchun xizmat qiladi. Oxirgi uzatma muttasil tishlashgan silindrik shesternyali shesternyasimon reduktordan iborat bo‘lib,

56. Traktor yurish qismlarining tuzilishi va tuproqqa ta’siri


Traktor yurish qismi o‘zining og‘irligini va ortilgan yuk, ya’ni o‘rnatilgan mashina yoki qurolning og‘irliklarini yerga uzatadi hamda uning ilgarilanma harakatini ta’minlaydi.
Qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan traktorlarning yurish qismi asosan g‘ildirakli va zanjirli (lentali) turlarga bo‘linadi.
Gʻildirakli traktorlarning yurish qismi g‘ildiraklardan(6 -rasm) iborat bo‘lib, u gupchak 6, disk 5 va to‘g‘in 3 dan iborat. Gubchak 6 shpilka va gaykalar bilan yarim o‘qqa 7 mahkamlanadi. To‘g‘in 3 ga pnevmatik shina o‘rnatilib, u pokrishka 1, kamera 2, ventil 4 to‘g‘in lentasidan iborat. Gʻildirak to‘g‘ini traktorlarda botiq (chuqur) ko‘rinishda bo‘ladi. Traktorlar uch g‘ildirakli yoki to‘rt g‘ildirakli bo‘lishi mumkin. Uch g‘ildirakli traktorlar kalta burila oladi, bu esa qayrilish uchun ensizroq joy qoldirishga imkon beradi, to‘rt g‘ildirakli traktorning burilish radiusi katta bo‘ladi. Traktorning oldingi va ketingi g‘ildiraklari yetakchi bo‘lsa, uning yer bilan tishlashishi yaxshilanadi va yumshoq yerda kamroq sirpanadi. O‘rmalovchi zanjirli traktorning yurish qismi (7 -rasm) asosan, ikkala tomoniga joylashtirilgan ikkita o‘rmalovchi zanjirli yuritgich va ularning osmalaridan iborat. Har bir yuritgich yetakchi yulduzcha 8, taranglovchi g‘ildirak 1, tayanch g‘ildiraklar 7, tutqich rolik 5 lar va ularning barchasini o‘rab turadigan o‘rmalovchi zanjir 3 dan iborat. Taranglovchi g‘ildirakning taranglovchi va amortizasiya qiluvchi moslamasi 2 bor. Yetakchi yulduzcha dvigateldan kuch uzatish mexanizmlari orqali harakatga kelib aylanganda, uning tishlari o‘rmalovchi zanjirining bo‘g‘imlariga yoki tishlariga birin-ketin ilinib, o‘rmalovchi zanjirni aylanishga majbur etadi va u o‘z navbatida traktorni ilgarilanma harakatga keltiradi.
Traktor ramasi 4 tayanch g‘ildiraklar 7 orqali o‘rmalovchi zanjirning ichki sirtidagi izga tayanadi. Demak o‘rmalovchi zanjirli traktor yer ustida yurmasdan, balki metal iz-yo‘l ustida harakat qilganligi sababli o‘zining yurishiga kam quvvat sarf etadi. O‘rmalovchi zanjirning yerga tayanib turadigan yuzasining sathi katta bo‘lganligi uchun traktor og‘ir bo‘lishiga qaramay, uning yerga tushadigan solishtirma og‘irligi g‘ildirakli traktorlarnikidan kam bo‘ladi. Ma’lumki, fermer xo‘jalik larining ekin maydonlarini kengayishi natijasida ular tomonidan yuqori unumli g‘ildirakli traktorlar, og‘irtexnikalar va kombaynlar sotib olinmoqda va ulardan foydalanish darajasi ortib bormoqda.Bu holat tuproqning zichlanish darajasini keskin oshishiga olib keladi.
Tuproqda namlik darajasi me’yoridan ortiq bo‘lsa (8 -rasm), shinalar tuproq bilan yetarlicha ilashmaydi va g‘ildiraklar shataksiraydi.
Shataksirash natijasida shina protektorlari tuproqning yuza qismini kesib oladi, g‘ildiraklar tagida yo‘lakcha hosil bo‘ladi va tuproq zichlanadi. Agar shinalar yedirilgan bo‘lsa g‘ildirak joyida aylanadi, tuproq qatlamlarini zichlanishi tezlashadi.


Download 108,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish