sifatini oshirish tadbirlari
Agrosanoat kompleksi samaradorligini oshirish, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishini keskin yaxshilash hamda uning uzluksizligiga imkoniyat yaratish xozirgi davrning eng mas’uliyatli masalalaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan yil bo‘yi ta’minlab turish uchun xo‘jaliklarda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash ishlariga alohida e’tibor berish lozim.Ma’lumki, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yilning muayyan mavsumida yetishtiriladi, shu sababli, ularni uzoq vaqt saqlashni tashkil qilmagan holda aholini yil bo‘yi turli mahsulotlar bilan ta’minlash masalasini hal qilib bo‘lmaydi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish ko‘paygani sari ularni saqlash ishlari ham takomillashtirilishi, yangi zamonaviy omborxonalar tashkil etilishi kerak.
Mamlakatimizda ob-havo yil va sutka davomida o‘zgaruvchan bo‘lganligi sababli go‘sht, yog‘, baliq, tuhum kabi mahsulotlar issiqda juda tez ayniydi, juda qattiq sovuqda esa sabzavot va mevalar muzlab qoladi. Asosan quruq mahsulotlar tez buzilmaydigan mahsulotlar hisoblanib, ularni quruq joyda, shisha yoki chinni idishlarda, yopiladigan qog‘oz qutilarda saqlash talab etiladi. Har bir qishloq xo‘jaligi mahsuloti tirik organizm bo‘lib, ularni saqlash paytida atrof-muhit sharoitlariga bog‘liq holda turli-tuman hayotiy jarayonlar ta’sir etadi. Bu jarayonlarning intensivligi mahsulot uyumida kechadigan moddalarning faol almashinuvi natijasida uning bir qismini yo‘qolishiga hamda sifat ko‘rsatkichlarini pasayishiga, hattoki, butunlay buzilishiga olib kelishi mumkin.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifatli saqlanishini ta’minlashda quyidagi texnologik jarayonlarni bajarish kerak bo‘ladi.
a) mahsulotlarni barcha turdagi aralashmalardan tozalash. Bunda har bir mahsulot qanchalik toza bo‘lsa, uning saqlanishi va ishlab chiqariladigan mahsulotning sifati ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
b) mahsulotni quritish. Bunda mahsulotning namligi shunday ko‘rsatkichga olib kelinadiki, bunday namlikda u uzoq va sifatli saqlanishiga erishiladi.
Issiqlik o‘tkazishga ko‘ra quritish usullari quyidagi: o‘tkazuvchanlik, konveksiya va radiatsiya kabi turlarga ajratiladi3:
1. O‘tkazuvchanlik quritish usuli: Issiqlik ho‘l jismga shu jism yuzasi bo‘ylab o‘tkaziladi. Bug‘langan namlik isitish vositasidan chiqarib yuboriladi.
2 Konvektiv quritish usuli: Bu usul g‘alla quritishda keng qo‘llaniladi. Issiqlik ho‘l jismga konveksiya (issiqlikning muhit oqimi tufayli ko‘chishi) orqali o‘tkaziladi.
3. Radiatsiya bilan quritish: Bunga quyosh radiatsiyasi bilan quritish misol bo‘ladi. Radiatsiya energiyasi donga so‘riladi va issiqlik energiyasiga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |