Aerodinamik xossasi bo‘yicha ajratishda aralashma zarralarining havo oqimi ta’sirida har hil harakatlanishiga asoslangan. Mahsulotli aralashma zarralarining ushbu xossasi uni havo oqimida tozalash va saralash uchun asos qilib olingan bo‘ladi.
Mahsulotli aralashmani zarralarning shakli bo‘yicha ajratishda uchburchak ko‘zli g‘alvirlardan foydalaniladi. Bunday g‘alvirlarda yumaloq va cho‘zinchoq to‘rtburchak shaklidagi g‘alvirlarda ajralmaydigan uchburchak shakldagi urug‘larni xuddi shu o‘lchamdagi boshqa shaklga ega urug‘lardan ajratish mumkin. Masalan, bu usul bilan bug‘doydan tatar kirlig‘i, grechkadan yovvoyi sholg‘om, timofeyevka o‘tidan shavel urug‘ini ajratib olish mumkin.
Natijada bunday urug‘lar elektromagnit barabanga yopishib qoladi, kukun yuqmagan tekis sirtli urug‘lar esa barabandan sirpanib tushib ketadi.
Donli aralashmani zarralarning shakli bo‘yicha ajratishda uchburchak ko‘zli g‘alvirlardan foydalaniladi. Bu usul bilan bug‘doydan tatar kirlig‘i, grechkadan yovvoyi sholg‘om, timofeyevka o‘tidan shavel urug‘i ajratib olinadi.
Ishchi qismlarining tarkibiga qarab umumiy ishlarni bajarishga mo‘ljallangan va maxsus tozalash mashinalarga bo‘linadi:
- umumiy ishlarni bajarishga mo‘ljallangan mashinalar:
1) faqat havo bilan tozalaydigan mashinalar;
2) havo–g‘alvirli mashinalar (ishchi qismlari: g‘alvirli va havo bilan tozalaydigan qurilma);
3) triyerli mashinalar (ishchi qismi –triyer);
4) mexanik tozalash mashinalari (rolikli, lentali);
- maxsus tozalash mashinalari (elektromagnitli, gidrodinamik, fizik (zichligi, rangi va boshqalar) xossalariga qarab tozalash.
43. Donni tozalash texnologiyasi va mashinalari
Don tayyorlashning chegaraviy me’yorlariga ko‘ra don tarkibida begona qo‘shilmalar ko‘pi bilan 5,0 foiz mikdorida, bazis me’yorlariga ko‘ra esa ko‘pi bilan 1,0 foiz mikdorida bo‘lishi kerak.
Lekin dalalarda donlarning notekis pishishi, ularning haddan ziyod qurib ketishi, begona o‘tlar ko‘p bo‘lishi, kombaynning ishchi qismlarining noto‘g‘ri rostlanishi hamda yanchish apparati ish organlarining yeyililishi natijasida yig‘ishtirilgan don tarkibidagi qo‘shimcha aralashmalar mikdori 7-9 foizgacha, chala yanchilgan boshoq qismlari esa 4-5 foizgacha borib yetishi mumkin.
Boshoqli, dukkakli, texnik moyli va boshqa ekinlar donining tozaligi va unib chiqish qobiliyati bo‘yicha I- sinfga mansub bo‘lgan don mahsulotining tozaligi 99%, unib chiqish qobiliyati 95% dan kam bo‘lmasligi kerak; II- sinfga mansub bo‘lgan don maxsulotining tozaligi 98,5 % dan kam bo‘lmasligi, unib chiqish qobiliyati – 90 – 95% bo‘lishi kerak; III- sinfga mansub bo‘lgan don maxsulotining tozaligi 97 % dan kam bo‘lmasligi, unib chiqish qobiliyati – 85- 90% bo‘lishi kerak.
Donni dastlabki ishlovberishda uning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarini hisobga olgan tozalash usulidan foydalanilanib, bu jarayonni amalga oshiradigan ishchi qismlarga ega bo‘lgan don tozalash mashinalarida amalga oshiriladi. Bu mashinalar ishchi qismlarning ishlash tarzi esa donli aralashma zarralarining ayrim fizik-mexanik xossalari farqiga asoslangandir.
Ushbu xossalarga ularning kattaligi (o‘lchami), aerodinamik xossalari, yuzasining holati, shakli, zichligi, qayishqoqligi, mexanik qattikdigi, rangi, elektrofizik xossasi va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |