Maruza matnlari


Mashg’ulot bosqichlari



Download 231,85 Kb.
bet5/15
Sana17.06.2021
Hajmi231,85 Kb.
#68340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Mashg’ulot

bosqichlari

Vaqt

Mashg’ulot mazmuni

Metod

Kirish

5 daqiqa 1 0 d aqi q a

Mashg’ulot mavzusi, maqsadi, kutilayotgan natijasini bayon qilish.

T al ab alarning o’tgan ma'ruza mashg’ulotni o’zlashtirish darajasini aniqlash.

Ma'ruza

Savol-javob

Asosiy qism

25

daqiqa

30

daqiqa

O' qituvchi ta' limni texnologiyalashtirish va samaradorlikni aniqlashga qo’yilgan talablar haqida ma'lumotlar beradi.

Kichik guruhlarga mavzu bo’yicha muhokama qilinadigan 4 xil murakkablik darajasidagi nazorat topshiriqlarini echish vazifasi yuklatiladi.

Ma'ruza Taqdimot Aqliy hujum Kichik guruhlarda ishlash

Yakuniy

qism

10

daqiqa

Kichik guruhlar tahlili, xulosa qilish va yakun yasash.

Bahs-

munozara


Darsning texnologik xaritasi.



Bajariladigan ish mazmuni

Amalga

oshiruvchilar

1

Tayyorlov bosqichi:

*Maqsad: Ta'limni texnologiyalashtirish va samaradorlikni aniqlashga qo’yilgan talablar to’g’risidagi ma'lumotlarni tushunish.

*Vazifalar:

  • bo’lajak o’qituvchilarda ta'limni texnologiyalashtirish va samaradorlikni aniqlashga qo’yilgan talablar haqidagi ko’nikmalarini shakllantirish;

  • muammolarni maqsad, vazifa va fanning mazmuni bo’yicha umumlashtirish;

  • bilimlarni tekshirish va mustaxkamlash.

*Mazmun: talabalarning egallashi lozim bo’lgan bilim.

O'qituvchi

2

Darsni tashkil etish bosqichi:

Uslub: Og’zaki bayon qilish.

Shakl: ma'ruza mashg’uloti, kichik guruhlar va jamoada ishlash.

Vosita: tarqatma va taqdimot materiallari.

Usul: tayyor yozma materiallar.

Nazorat: og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish.

Baholash: rag’batlantirish, reyting tizimi asosida baholash.

O'qituvchi

3

Mustaqil ishlash bosqichi: - munozara, aqliy hujum, mikroguruhda ishlash va boshqa metodlar orqali nazorat topshiriqlarini echishga yo’naltiriladi.

  • talabalar nazorat topshiriqlarini hal qilish to’g’risidagi fikrlarini o’zaro muhokama qilishadi.

  • o’zi va mikroguruh uchun yagona javobni tanlaydi.

Talaba

4

Natijalarni eshitish va tahlil qilish bosqichi:

  • talabalar va mikroguruh fikri tinglanadi, ularga aniqlashtiruvchi savollar beriladi.

  • mikroguruhlarning javoblari to’g’risida talabalar fikri aniqlanadi.

  • javoblar tahlil etiladi.

O'qituvchi - Talaba

5

Yakuniy va baholash bosqichi: - talabalarning bergan javoblaridan ko’pchilik fikriga mos kelgani alohida ajratib olinadi;

  • talabalarning nazorat topshiriqlarini echishdagi faolligi, intilishlari hisobga olingan holda amaldagi reyting tizimi orqali baholanadi;

  • yakuniy fikr aytiladi;

  • mustaqil ish topshiriqlari beriladi.

O'qituvchi




  1. asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: O'qitishda YaPT ni qo’llashning samaradorligini aniqlash mezonlari tushunchalarini talabalarda shakllantirish.

Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Talabalar o’qitishda YaPT ni qo’llashning samaradorligini aniqlash mezonlari to’g’risidagi tushunchalarga ega bo’ladilar.

  2. Talabalar o’qitishda YaPT ni qo’llashning samaradorligini aniqlash mezonlari to’g’risidagi tushunchalarni farqlay oladilar.

  1. asosiy savol bayoni: Ta'limni texnologiyalashtirishning asosini, ta'lim jarayonini, uning samaradorligini oshirish va ta'lim oluvchilarni, berilgan sharoitlarda va ajratilgan vaqt ichida loyihalashtirilayotgan o’quv natijalarga erishishlarini kafolatlash maqsadida to’liq boshqarish g’oyasi tashkil etadi.

Bunday yondashishning mohiyati, ta'lim jarayonini tizimlashtirishdan - uni, aniq rasmiylashtirilgan va detallari bo’yicha aniq elementlarga bo’lib tashlash yordamida maksimal shakllantirishdan iborat.

O'qituvchining dars jarayonida YaPT larni qo’llashdagi ta'lim samaradorligini aniqlash ta'limni to’g’ri olib borayotganligi baholashda muhim omil bo’lib hisoblanadi. Shu sababli o’qitishda YaPT ni qo’llashning samaradorligini aniqlash mezonlarini keltirib o’tamiz.



Bunda birinchi navbatda quyidagicha dars bloklarining maqsadi va vazifalari qaraladi.

  1. Dars bloklari maqsadi va vazifalari to’g’ri aniqlanganligi.

Bunda asosan gumanitar va ijtimoiy fanlar bloki, matematik va tabiiy- ilmiy fanlar bloki, umumkasbiy fanlar bloki, maxsus fanlar bloki va qo’shimcha fanlar bloklaridagi o’quv fanlari mazmuniga qo’yilgan umumiy talablarga e'tibor beriladi.

  1. Dars bloklariga qo’yilgan maqsad va vazifalarni tanlab olingan o’qitish metodlariga mosligi aniqlanadi.

Bunda mavjud YaPT va yaratilishi lozim bo’lgan YaPTlar o’rganiladigan fanlar bloklariga qo’yilgan maqsad va vazifalarga mos bo’lib, tayyorlangan mutaxassislarning kasbiy faoliyatini takomillashtirishga mo’ljallangan bo’lmog’i kerak.

  1. Ta'lim berish jarayonida tarbiyani ham amalga oshirilishi ko’zda tutiladi.

Bunda ta'lim va tarbiya uyg’unligiga e'tibor beriladi. Ayniqsa, bo’lajak mutaxassislarning kasbiy fazilatlarini shakllantirish hamda amaliy faoliyatga tayyorlash ta'lim berish jarayoninig asosiy omillaridan biri bo’lmog’i lozim, aks holda ta'limda ham tarbiyada ham yuqori samaradorlikka erishib bo’lmaydi.

  1. Mavzuni yoritishda ma'naviy-ahloqiy tarbiyaga e'tibor berish.

Bunda har qanday fanni o’qitishda milliy-ma'naviy qadriyatlarni talabalar ongiga singdirishga e'tibor berish lozim.

  1. Darsda YaPT ni qo’llash jarayonida foydalaniladigan metod va vositalarning xilma-xilligi hamda ular ichidan samaralisini tanlash.

Bunda o’rganilayotgan fan(mavzu) xususiyati asosiy rolni o’ynaydi. Fan(mavzu) mazmuni va o’qitish jarayoniga mos YaPT lar to’planadi va ular ichidan pedagogik samarani kafolatlovchisi tanlab olinadi. Tanlash muammosi o’rganilayotgan fan(mavzu) va ta'lim oluvchilarga mos qilib tanlanadi. Aks holda eng samarali hisoblangan YaPT ham ta'lim oluvchining intellektual salohiyatiga mos kelmasa ahamiyatsiz bo’lib qolaveradi.

  1. Ta'lim oluvchilarni mustaqil ravishda bilim olishga o’rgatish.

Bunda o’quv rejasidagi mustaqil ta'lim va mustaqil ishlarga hamda ularning o’quv uslubiy ta'minotiga qat'iy e'tibor berilishi lozim. Ayniqsa mustaqil ta'lim olishda talabalarga ta'limning o’quv - axborotli ta'minoti qo’l keladi. O'quv-axborotli ta'minotni har bir fan(mavzuga mos holda tayyorlash mumkin va ulardan foydalanishga talabalarning EHM bilan muloqoti ta'minlanadi.

  1. Ta'limning faol usullarini tanlash ko’nikmasiga egalik darajasi.

Bunda ta'limning faol samarali usullari tadqiqot manbai va maqsadiga mos tanlanadi hamda shu asosidagi YaPT joriy etilib, rejalashtirilgan natijaga erishishning optimal varianti kafolatlanadi.

  1. Ta'lim jarayonida dunyoviy bilim asoslarini tadbiq qila olishi.

Bunda har qanday fanni o’qitishda ham dunyoviy va diniy ilm natijalaridan foydalanish mumkin. Ular ta'limda ijobiy sifat o’zgarishlari qilib, yuqori samaradorlikka erishishni kafolatlaydi. Ayniqsa Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan qousiy olimlarimiz bugungi kunda Er kurrasidan tortib Samogacha ma'lum va mashhurdir, ya'ni ulug’ allomalarimiz Al-Farg’oniy va Mirzo Ulug’beklar nomiga Osmondagi yulduzlardan ikkitasining nomi qo’yilgan.

  1. asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarning mustaqil va ijodiy fikrlashida bilimning shakllanganligini aniqlash tushunchalarini talabalarda shakllantirish.

Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Talabalarning mustaqil va ijodiy fikrlashida bilimning shakllanganligini aniqlash to’g’risidagi tushunchalarga ega bo’ladilar.

  2. Talabalarning mustaqil va ijodiy fikrlashida bilimning shakllanganligini aniqlash to’g’risidagi tushunchalarni farqlay oladilar.

  1. asosiy savol bayoni: Ikkinchi navbatda talabalarning mustaqil va ijodiy fikrlashida bilimning shakllanganligi quyidagi tartibda aniqlanadi:

  1. Dars mashg’ulotlarini boshlashda talabalarning fanni o’rganishga ishtiyoqini qo’zg’atish va dars maqsadi hamda vazifalarni talabalar bilan hamkorlikda ifodalash. Bunda o’rganilayotgan manba bo’yicha qisqacha qiziqarli va amaliy ahamiyatli ma'lumot berish.

Bunga asoslangan holda ta'lim maqsadi va maqsadga erishish uchun bajariladigan vazifalarni asoslash kerak. Bu jarayonning qiziqarli ketishining asosi ham shunda, aks holda mashg’ulot zerikarli bo’lib, maqsadga etishdagi vazifalar ketma- ketligiga ahamiyat berilmay qoladi. Bu erda oxirgi vazifani hal qilish maqsadga erishishning nihoyasi ekanligini ta'minlash muhim ahamiyatga ega bo’lib, ta'limdagi uzviylik hamda uzluksizlik tamoyillarining amalga oshishini ham ta' minlaydi.

  1. O'qituvchining mavzuni o’rgatishda tayanch tushunchalar oddiydan murakkabga, hususiylikdan umumiylikka qarab rivojlanib boradi.

Tayanch tushunchalar bo’yicha to’liq ma'lumotlar berilib bo’lganda mavzu to’laligicha yoritilgan bo’lishi lozim.

  1. Ta'lim berishda manbaga mos umumiy ma'lumot emas, balki ilmiy asoslangan axborotlar berish.

Bunda o’rganilayotgan manba negizi ilmiy nuqtai-nazardan tahlil qilinib, manba bo’yicha ixcham-mukammal ma'lumotlar majmuasi(tizim) ifodalanishi lozim.

  1. Bilim berishda ilmiy g’oyani o’rtaga tashlay olish.

Bunda ta'lim berishda muammoli vaziyatlar va ularga mos fan-texnikaning zamonaviy yutuqlari uyg’unligida ish olib borish yuqori samaralarni beradi va ular ta'lim-tarbiya jarayonini olib borishning ilmiy - uslubiy asoslarini ta'minlashligini ta'lim oluvchilar ongiga etkazish lozim.

  1. Ta'lim mashg’ulotlari jarayonida talabalarni axborot yig’a olishga o’rgatish.

Bu dars mashg’ulotlariga tayyorlanish jarayonida amalga oshirilib, mavzuni konspektlashtirish, mavzu bo’yicha tezislar tayyorlash va xar hil spravochnik ma'lumotlar tayyorlanadi. Ular ichidan tahlil va xulosalash asosida mavzu uchun asosiylari tanlanadi.

  1. Ta'lim mazmuni-mohiyatini tushunishga kirib borish.

Bunda asosan o’rganilayotgan fan(mavzu) bo’yicha ma'lumotlarni tahlil qilish va ular asosida shakllangan xulosalar hamda mazkur sohadagi bilimlarni takomillashtirish orqali erishiladi. Xulosa chiqarishga o’rganilganligi esa taqqoslash, muhokama qilish va umumiy xulosalash orqali amalga oshiriladi.

  1. Ta'lim jarayonini xulosalash.

Umuman olganda xulosalash malakasi jarayon va hodisalar to’g’risida ma'lumotlar yig’ish, ularni axborotlarga aylantirish hamda ma'lum tartibga solish, mantiqiy fikrlash tahlili natijalari orqali amalga oshirilib, ta'limni texnologiyalashtirishdagi mustahkam poydevordir.

  1. Ta'limni texnologiyalashtirishda qo’shimcha axborotlardan foydalanish.

Bunda asosan darsda olgan bilimlarini maxsus kurs, fan to’garaklari, ilmiy-

uslubiy seminarlar va fan-texnikaning eng so’nggi yutuqlari hamda zamonaviy ishlab chiqarishdagi ilg’or texnologiyalar haqidagi axborotlar bilan bog’lay olishi zarur. Bulardan tashqari qo’shimcha axborotlar manbaiga darslik, entsiklopediyalardagi ma'lumotlar, lug’atlar, o’quv qo’llanmalar, ilmiy-uslubiy adabiyotlar, ilmiy-ommabop matbuot va qiziqarli adabiyotlar ham kiradi.

Xullas, bu qayd etilganlar talabalarning mustaqil va ijodiy fikrlashida bilimning shakllanganligi, ya'ni dars maqsadi, mazmun-mohiyatini ifodalashdan tortib, to ta'limni texnologiyalashtirish jarayonigacha bo’lgan ketma-ketlik haqida xulosa chiqaradigan bo’lsak, ular manba(jarayon yoki hodisa) haqidagi ma'lumotlar, axborotlar asosida, faraz qilish orqali xususiy echimlardan umumiy echimga qarab harakat qilish jarayonidir.

Bunda ta'lim jarayonida fan texnikaning mos yutuqlaridan, tarixiy biografik ma'lumotlardan foydalanish ta'lim samaradorligini oshirishning asosiy omillaridan biridir. Ayniqsa, dars samaradorligini oshirishda milliy-ma'naviy, qadiryatlar, fan taraqiyoti bosqichlari, soha olimlari hayoti, faoliyatidan ibrat-namuna sifatida foydalanish, davrga tavsifnoma berish, birinchi kashfiyot yoki ixtirochilar haqidagi axborotlardan foydalanishning ahamiyati beqiyosdir.

Mustaqil ish topshiriqlari.


  1. O'qitishda YaPT ni qo’llashning samaradorligini aniqlash mezonlari haqida xulosalaringizni yozing.

  2. Talabalarning mustaqil va ijodiy fikrlashida bilimning shakllanganligini aniqlash mezonlariga doir ma'lumotlar to’plang .

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Yuldashev U.Yu., Boqiev R.R., Zokirova F.M. Informatika o’qitish metodikasi. Toshkent, “Talqin”, 2005 y.

  2. Saidaxmedov N.S. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar. T., 2003y.

  3. Saidaxmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiyalar T., “Moliya”, 2003y., 172 b.

  4. To’raqulov X.A. Pedagogik tadqiqotlarda axborot tizimlari va texnologiyalari. T., “Fan”, 2006 y., 240 b.

  5. Isoqov I., Qulmamatov S.I. Informatikani o’qitishda innovatsion texnologiyalar fanidan amaliy mashg’ulotlar ishlanmalari. Guliston, GulDU, 2013 y.

  6. Abdukarimov H., Suvonov O. Umumiy pedagogika: Texnologiya va amaliyot. O'quv-metodik qo’llanma. T., 2012 y., 120 b.

  1. Mavzu. Ta'limni texnologiyalashtirish va samaradorlikni aniqlashga qo’yilgan

talablar

Mashg’ulot turi: ma'ruza

Ajratilgan vaqt: 2 soat.

Asosiy savollar:



  1. YaPT larni qo’llashda o’qituvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yilgan talablar

  2. Ta'lim oluvchilarning axborot madaniyatini shakllanganlik darajasini aniqlash mezonlari

Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: O'qituvchining ta'lim oluvchilariga murabbiyligi, ular oldidagi ma'suliyati, talabalarning axborot madaniyati bo’yicha boshlang’ich tushunchalarga egaligi, talabalarning axborot madaniyatini ta'minlovchi omillar va vositalar, talabalarda axborotli - o’quv muhiti haqidagi bilimlar shakllanganligi.

Mashg’ulotning tafsiloti:


Download 231,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish