maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat



Download 178,16 Kb.
bet138/187
Sana31.12.2021
Hajmi178,16 Kb.
#259659
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   187
Bog'liq
yonalishga 12

4.2 Gazning tarkibi

Gaz so‘zini birinchi marta XVII asrda gollandiyalik olim Van Gelmond kiritgan. U qattiq va suyuq jismlardan farqli ravishda oddiy sharoitlarda o‘z xossalarini sakrashsiz o‘zgartirmasdan butun bo‘shliqda bemalol tarqaladigan moddani anglatar edi. Shu vaqtdan boshlab «gaz» so‘zi dunyoning barcha asosiy tillariga kirib keldi.

Uglevodorod gazlarini kelib chiqishiga qarab ikki guruhga ajratish mumkin: a) tabiiy gaz, ya’ni yer ostida tog‘ jinslari qatlamida hosil bo‘lgan gazlar;

b) qattiq yoki suyuq yoqilg‘idan olinadigan sun’iy gazlar.

Tabiiy gaz parafinli (metanli) uglevodorodlardan, asosan metan , etan , propan , normal butan va izobutan lardan iborat. Tabiiy va neft gazlarida uchuvchan yengil suyuq uglevodorodlarning bug‘lari ham uchraydi.

Uglerod uchun zanjir hosil qilishi, ya’ni uning atomlari bir-biri bilan ketma-ket birikish xususiyati mavjud. Uglerod atomi qolgan bog‘lariga vodorod atomlari yoki uglevodorod radikallari (R) birikadi. Bunday zanjirlar 2,3,4 va undan ko‘proq uglerod atomlaridan tashkil topgan tuzilishga ega bo‘lishi mumkin.

, , , lar oddiy atmosfera sharoitlarida (O0S harorat va 0,1 MPa bosim) gaz holatida bo‘ladi.

Oddiy parafinli (metanli) uglevodorodlar () ning tuzilishi (struktura formulasi) quyidagicha:

Uglerod atomlarining bir-biri bilan birikkan zanjiri kimyoviy strukturada to‘g‘ri chiziq bo‘yicha yoki tarmoqlangan tuzilishda bo‘ladi. Uglerod atomlari chiziqli to‘g‘ri zanjir tuzilishida bo‘lsa, normal-parafin uglevodorodlar, agar tarmoqlangan tuzilishda bo‘lsa izomer parafin uglevodorodlar deyiladi. Masalan, butan va izobutan, bir xil kimyoviy formulaga ega, ya’ni 4 ta uglerod atomi va ularga birikkan 10 ta vodorod atomidan iborat. Butan va izobutan o‘zaro tuzilishlari bilan farq qiladi, butan to‘g‘ri chiziqli zanjir, izobutan esa tarmoqlangan zanjir ko‘rinishdagi tuzilishga ega.

Parafin uglevodorodlar kimyoviy jihatdan ancha barqaror bo‘lib, ular to‘yingan uglevodorodlarga tegishli. Oddiy atmosfera sharoitlarida parafin uglevodorodlar lar gaz holatda, lar suyuq holatda va hamda undan yuqorilari qattiq holatda bo‘ladi. Neft tarkibidagi tarkibli izomerlar ham suyuq holatda uchraydi.

Cho‘kindi tog‘ jinslari qatlamlaridagi tabiiy gazlar tarkibidan uglevodorodlardan tashqari uglerod oksidi (karbonat angidrid) vodorod sulfidi , azot , vodorod , geliy Ne, argon Ar va oz miqdorda bo‘lsa ham boshqa turdagi gaz qo‘shimchalari bo‘ladi.

Tog‘ jinslari eng yuqori qatlamlarida ba’zi hollarda tarkibida azot 78,08%, kislorod 20,94%, karbonat angidrid 0,035% qo‘shimchalari bilan birgalikda argon 0,93%, noyob gazlar (geliy, neon) kripton, ksenon va boshqa gazlar uchraydi.


Download 178,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish