Statik sath - bu quduq usti ochiq va uzoq muddat to‘htatilgandan keyin barqarorlashgan suyuqlik ustuni sathi.
Quduq tubidagi dinamik bosim quduqdan suyuqlik yoki gaz qazib olinganda quduq tubidagi barqaror bosim. Quduqqa suv, polimerlar, issiqlik tashuvchilar va suyuqlik haydash davridagi bosim ham dinamik bosim deb yuritiladi. Umumiy holda dinamik bosim quduq tubidagi bosim ham deb ataladi.
Quduqdagi suyuqlikning dinamik sathi – bu quduq ishlayotgan paytdagi barqarorlashgan suyuqlik sathidir.
Qatlamni o‘rtacha bosimi qatlamning holati, undan neft va gazni olish imkoniyati, hamda geologik-texnologik tadbirlarni o‘tkazishdagi samaradorlik, hamda uyumni tejamkor ishlatishga ko‘maklashuvchi imkoniyatlar hakida ma’lumot beradi.
O‘rtacha qatlam bosimi Po‘r alohida quduqlardagi statik bosimni o‘lchash bo‘yicha aniqlanadi. Uyum bo‘yicha o‘rtacha muallaq qatlam bosimi quyidagicha formula yordamida aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |