Savdo-sotiqqa oid marketing terminlarini ham xronik tarzda uchga ajratish mumkin: birinchisi, istorizmlar ( hozirda iste`molda qo`llanilmaydigan terminlar): baqqol, vofurush, bazzoz, jallob, bozurgoniy kabilar.
Baqqol – Markaziy Osiyo mamlakatlarida va butun musulmon Sharqida keng tarqalgan, kelib chiqishi asli grekcha bo`lgan arabcha termin bo`lib, oziq-ovqat mollari, sabzavotlar sotuvchi savdogar. Baqqol termini bir necha termin yasalishiga ham asos bo`lgan. Masalan, baqqolxona, baqqollik, baqqolchilik kabilar.
Ikkinchisi, arxaik terminlar ( hozirda ham iste`molda qo`llaniladigan, umumturkiy terminlar): attor, dallol, sotuvchi, oluvchi, xaridor, bozorchi, bozorkom, bozorboshi, bozorbon. Uchinchisi esa neologizm terminlar: shikaner, butleger.
Butleger – kontrabanda spirtli ichimliklarni sotuvchi, taqiqlangan tovarlarni sotuvchi shaxs.
Do'stlaringiz bilan baham: |