67
Qushlar eski inlariga qaytib kelganlaridan keyin, uni «tuzatadilar». Ular
tumshuqlarida pat va xashaklarni tishlab inlariga olib keladilar. Ba’zan
ular daraxt
shoxlarida shovqin-suron qilib shox talashadilar. Bu vaqtda qushlarning sayrashlari,
hushtaklari va qiyqirishlari, ajoyib parvozlari kishini o’ziga jalb qiladi.
In qurish vaqtida ota qushlar patlarining to’kilishi juda yaqqol ko’zga tashlanadi.
Ona qushlarniki u qadar yaqqol ko’zga tashlanmaydi. Bolalar bilan ekskursiyaga
chiqqanda ularning e’tiborini bu narsaga qaratish zarur.
Mart oyida g’urraklarning g’urullashi yanada ko’proq eshitila boshlaydi.
CHittaklarning ovozi yana ham o’tkirroq, sa’valarning ovozi esa ahyon-ahyondagina
eshitiladi.
Zag’cha, qarg’a singari ko’chib yuruvchi qushlar esa asta-sekin uchib keta
boshlaydilar. Mart oyida ko’pgina hasharotlar (yaltiroq qurt), qarsildoq qo’ng’iz va
boshqalar) paydo bo’ladi. Ular o’simliklarning asosiy ildizlarini kemirib, ularga katta
zarar yetkazadilar. Buning natijasida ko’pgina o’simliklar nobud bo’ladi. Ayniqsa bu
kabi hasharotlar tut daraxtlarining ildizlariga zarar yetkazadilar. Mart oyining
boshlarida, ba’zan esa fevralь oyining oxirlarida iliq kunlar boshlanishi bilanoq arilar
o’z uyalaridan uchib chiqadilar.
Asalarilar katta-katta oila bo’lib yashaydilar. Har bir oilada bitta ona urug’i bo’lib,
u besh yilgacha yashaydi. Bahorgi iliq kunlarning boshlanishi va gullarning ochila
boshlashi bilan ona ari tuxum qo’ya boshlaydi.
Bundan avvalo lichinkalar,
keyinchalik esa qo’g’irchoqlar paydo bo’ladi va nihoyat katta asalarilar yetishadi.
Bolalar bilan mevali bog’larga ekskursiyaga chiqilganda asalarilarning o’rik,
shaftoli va boshqa o’simlik gullarining biridan-ikkinchisiga qo’nib yurganligini
kuzatish mumkin. Bolalar asalarilarning g’uvillashini eshitadilar. Maktabgacha ta’lim
muassasasi gulzorlarida ham asalarilarni kuzatish mumkin.
Hovuzlar tagidan suzg’ich qo’ng’izlar, suvsevar qo’ng’izlar suv yuziga chiqadilar.
Suzg’ich qo’ng’izlar chuchuk suvlarda yashovchi umurtqasiz hayvonlarning eng yirik
va kuchli vakillaridan biridir. Uning tanasi yashil-qora tusda va tanasi atrofida sariq
hoshiyasi bor. Hovuzlarga ekskursiya vaqtida tarbiyachi suvdagi qo’ng’izlarni
o’simliklarga ilashtirib oladi. Uni ehtiyotlik bilan olish kerak, bo’lmasa qo’lni tishlab
oladi.
Suvsevar qo’ng’iz ham yirik suv qo’ng’izlari qatoriga kiradi. Uning rangi qora yoki
qo’ng’ir bo’ladi. U o’simliklar bilan ovqatlanadi.
Tabiat burchagida qo’ng’izlarni baliqlardan bo’lak akvariumda saqlash kerak,
chunki qo’ng’iz yovvoyi hasharotdir. Suzuvchi qo’ng’iz qo’yiladigan akvarium keng
va baland bo’lishi kerak. Qo’ng’iz unda bemalol suzib yura oladi. Bunda akvarium
doka bilan bekitiladi. Suzg’ich qo’ng’izlar, odatda, kechasi ovqat izlab chiqadilar.
Katta guruh bolalari bilan suzg’ich qo’ng’iz hamda baliqlar ustida kuzatishlar olib
borish mumkin.
Bolalar baliq ham, suzg’ich qo’ng’iz ham suvda yashab, ammo ucha
olishi ham mumkinligi haqida tasavvurga ega bo’ladilar. Bunda baliq tanasi
tangachalar bilan qoplanganligiga, qo’ng’izlarda esa qanot borligiga bolalarning
diqqatlarini jalb qilish zarur. Baliq suzg’ich
qanotlari yordamida, qo’ng’iz esa orqa
oyoqlari yordamida suzadi. Qo’ng’izning old oyoqlari orqa oyoqlariga qaraganda
uzunroq bo’ladi. U xom go’sht va chuvalchang yeydi.
68
Aprelь oyida uya quruvchi qushlarning uchib kelishi ancha kamayadi. Zarg’aldoq,
bulbul, moyqut, ko’rshapalak, laylak, ko’k qarg’a, chivinxo’r,
shuningdek, o’zining
kelganligidan xabar beruvchi kakkular ham uchib keladilar.
Aprelь oyida turg’un qushlarda ham katta jonlanish boshlanadi. Ularning xatti-
harakatlari ham o’zgaradi. Jumladan, chumchuqlar uchishdan to’xtaydilar. Ular
juft-juft bo’lib, ota chumchuq yangi chiqqan patlarini yozib ona chumchuq oldida
sakrab yuradi. CHumchuqlar uylarning bo’g’otlarida, shuningdek, katta qushlar
tashlab ketgan bo’sh joylarga uya soladilar.
Aprelь oyida ko’kqarg’a, go’ngqarg’a, sa’valarning uchib ketishi tugaydi.
SHaharda endi so’fito’rg’aylarni uchratib bo’lmaydi.
Uy parrandalari: tovuqlar, o’rdaklar, g’ozlar tuxum bosadilar. Bu tuxumlardan
quyuq patli, ko’zlari mo’ltirab turgan, chopishga va ovqat cho’qishga qobiliyatli
bo’lgan qush bolalari — jo’jalar chiqadilar.
Aprelь oyida turli qo’ng’izlar: tillaqo’ng’iz (ko’k rangli qo’ng’izcha), tutxo’r
qo’ng’iz (havo rang va yonlarida sarg’ish dog’lari bo’lgan kichkina qo’ng’izcha), meva
qo’ng’iz (yashil belgili, qanot ostlarida uchta oltinsimon chuqurchasi bo’lgan
qo’ng’iz)lar paydo bo’ladi.
May oyida qizil zag’chalar uchib kela boshlaydi. Kakkularning sayrashlari eshitiladi,
qizilishton, laylak, popushak, ko’kqarg’a, qaldirg’ochlar tuxum qo’ya boshlaydilar.
Kakku o’z uyasiga tuxum qo’ymay, balki boshqa qushlarning uyasiga (uning
tuxumlari 20 tagacha bo’ladi) qo’yadi. Kakku uyaga tuxum qo’yganida uya
egasining
bitta tuxumini olib tashlab, o’zining tuxumini qo’yadi. SHunday qilib,
uyadagi tuxumlarning soni o’zgarmay qolaveradi. SHu bilan kakkuning nasllar
haqidagi g’amxo’rligi tamom bo’ladi.
Kakkular boshqa qushlarga nisbatan bir sutka ilgari tuxumlarni ochib
chiqadilar, tuxumni uyadan chiqarib tashlab o’zlari qoladilar. Ular uyadagi boshqa
qushchalarga mutlaqo o’xshamaydi, biroq qushlar o’z bolalari singari ularni ham
muhabbat bilan parvarish qilaveradilar.
May oyining o’rtalarida qushchalarning tuxumdan chiqishi boshlanadi. Yosh
chumchuqlar, zag’chalarning
bolalari chiyillaydilar, jarqaldirg’ochlar ovoz chiqarib
uchib yuradilar. Bolalar ularning ovoziga quloq soladilar va qushchalarni
ko’rsatishni iltimos qiladilar.
May oyida har xil rangdagi kapalaklar: limon o’simligi kapalagi, qichitqi o’t
kapalaklari va boshqalar paydo bo’ladi. Ekin maydonlarida sassiq qo’ng’iz (katta
hajmdagi qo’ng’iz), go’rkov qo’ng’iz, xonqizi paydo bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: