59
tashqari yerni yirik-yirik qilib ag’darish foydali, chunki
u namni va qorni yaxshi
saqlaydi. Bu esa o’simlikning yaxshi rivojlanishi uchun juda muhimdir. Odatda qish
faslida tuproqning ustki qatlamida zararli hasharotlar yashirinib qoladilar. Yerni
haydash va namlash natijasida ular o’ladilar, demak ular kelgusi yil hosili uchun zarar
keltira olmaydilar.
Barglarning to’kilishi bilan barcha zararli hasharotlar ham yerga tushadilar va
to’kilgan barglar orasiga joylashib oladilar. SHuning uchun barcha axlatlarni to’plash va
yoqish yoki ko’mib tashlash kerak. Bu yerda ularning hammasi chirib o’g’itga aylanadi.
Zararli hasharotlar,
ularning bolalari, lichinka va tuxumlari daraxt po’stloqlarining
yoriqlari orasida ham bo’ladi. Ularni eski, chirigan ildizlari bilan birga yo’qotish,
yoriqlarini esa suvash kerak. Daraxt tanalarini yangi go’ng yoki loy qo’shilgan ohak
bilan oqlash kerak (daraxt ildizlari kuyib ketib, zarar yetkazmasligi uchun) yoki dust
DDT (geksaxloral) ning bo’r bilan aralashmasini daraxtlarga surish kerak. Ana shu
vaqtda daraxt po’stlog’idan shiralar olib tashlanadi.
Oktyabrь oyida daraxt va novdalarni butash boshlanadi.
Bu ish shoxlarning
uzunasiga qarab o’sishini to’xtatadi va yosh novdalarning rivojlanishiga yordam
beradi. Bunday holda o’simlik qishni osonlik bilan o’tkazadi. Daraxt tanasidagi
o’sishga qarshilik qilgan ortiqcha, eski, chirigan shoxlari ham qirqib tashlanadi. SHu
yo’l bilan daraxtlarning kelgusi yil rivojlanishi uchun yaxshi sharoit yaratib berishga
harakat qilinadi.
Oktyabrь oyining oxirida daraxtlar va butalarni (1 va 2-ilova) bir joydan ikkinchi
joyga ko’chirish, toklarni qish mavsumiga tayyorlash boshlanadi. Bunda toklar kesilib
ko’miladi. Toshkent viloyati sharoitida ba’zi paytlarda toklarni ko’mmasdan ham
qishlatish mumkin, ayrim hollar, ya’ni to’satdan sovuq
tushishidan saqlash uchun
toklarni ko’mish maqsadga muvofiqdir. SHu maqsadda gullar, anorlar va boshqa
o’simliklar ham xashak va somon bilan o’raladi yoki qish davri uchun yerga
ko’miladi.
Xmel, pechak, chirmashuvchi gullar singari o’simliklar yig’ib olinadi yoki o’rab
qo’yiladi. Gulzorlardan kanna ildizlari,
gladiolus ildizi, kartoshkagul va boshqa shu
kabi sovuqqa chidamli ko’p yillik o’simliklar tuganaklarini kavlab olinadi.
Kartoshkagul tuganaklari oftobda bir oz quritilib, so’ng salqin joyda saqlanadi.
Gladiolus ildizlari yaxshilab tuproqdan tozalanadi va doka xaltachaga solib quruq,
salqin yerga osib qo’yiladi.
Oktabrning ikkinchi yarmida kapalakgul (bo’tako’z), dastargul urug’lari sepiladi,
bular erta bahorda gulzorlarni bezaydi.
Bolalar dala va bog’larda kattalar qilayotgan ishlarni kuzatib boradilar va urug’
sepish, qirqilgan shoxchalarni yig’ish, yerni ko’p yillik o’t
ildizlaridan tozalash va
ularni quritish singari ishlarda o’zlari bevosita qatnashadilar.
Noyabrь oyida dalalarda g’o’zaning ochilmagan ko’saklari ham terila boshlanadi.
g’o’zapoya yulib olinadi, ekin maydonlariga o’g’it solinib, shudgor qilinadi. Bundan
tashqari mana shu vaqtda kelgusi yil hosiliga zamin hozirlash maqsadida yoppasiga
sug’orish o’tkaziladi. Ekin maydonlari haydalgandan keyin ham sug’orish o’tkazish
mumkin. Bog’, maktab oldi maydonlarida, agar harorat 5 darajadan past bo’lmasa,
daraxt ko’chatlarini o’tqazish mumkin.
60
Noyabrь oyida daraxtlarni butash, mevali daraxtlar
hamda boshqa daraxtlarda
bo’ladigan zararkunandalarga qarshi kurash ishlari davom ettiriladi. Gulxonalarni
xazonlardan tozalanadi, qizitilgan go’ng yoki sharbat va superfosfat solinadi.
SHuningdek, tuproqni kuzgi shudgor qilib qo’yiladi.
2.
Do'stlaringiz bilan baham: