Maktabgacha yoshdagi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Bolalarda idrokning rivojlanishi
Bola uch yoshga to‘lib bog‘chaga qatnay boshlagach, bi-
rinchidan, bolaning faoliyat darajasi juda kengayib ketadi, ik-
kinchidan, nutqi g‘oyat zudlik bilan o‘sa boradi. Buning natijasida 
bola juda ko‘p narsalar bilan mustaqil hamda bevosita munosabat-
da bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bola hayotidagi bu o‘zgarish 
o‘z navbatida uning idrokiga ta’sir etmay qolmaydi. Ular kunda-
lik faoliyatlari davomida juda ko‘p narsalar bilan to‘qnashadilar. 
Shunday bo‘lishiga qaramay katta yoshda gi bog‘cha bolalari ham 
o‘zlari idrok etayotgan narsalar ning nima ekanligini har doim 
kattalarning yordamisiz bilavermaydilar.
Bog‘cha yoshidagi bolalar idrokida ikkinchi signallar sistemasi 
(nutq)ning roli nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, 
tevarak-atrofdagi narsalarni anglab idrok qilishda faqat narsa ning 
o‘zigina emas, bal ki uning nomi ham birga qatnashadi. Bolalar 
idroki ni takomillashtirish maqsadida uyushtiriladigan ekskursi-
yalarda (hayvonlar va o‘simliklar dunyosi bilan tanishtirishda) 
bolalar idrokida ikkinchi signallar sistemasining rolini oshirish-
ga intilish kerak. Chunki, qo‘zg‘atuvchilarning (ya’ni ekskursiya 
paytida ko‘rsatilayotgan narsalarning) ayni bir paytda har ikka-
la sig nallar sistemasiga barobar ta’sir etishi idrok qilinayotgan 
narsalarning butun va to‘la-to‘kis aks etishini ta’minlaydi.


325
Bog‘cha yoshidagi bolalar idrokining xarakterli tomonlaridan 
biri shundaki, ular turli narsalarni idrok qilishda bu narsalarning 
ko‘zga tashlanib turadigan belgilariga asoslanadilar. Biroq tajri-
balari hali yetarli bo‘lmagani, ya’ni ko‘p narsalarning mohiya -
tiga mutlaqo tushuna olmasliklari tufayli narsalar ning mohiyati 
bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim va umumiy belgilarni aks et-
tira olmaydilar. Ular narsalarni idrok qilishda faqat aniq tasav-
vurlarga asoslana dilar. Shu sababli bog‘cha yoshidagi (xususan 
kichik bog‘cha yoshidagi) bolalar uchun narsalarning eng asosiy 
va muhim belgilari ularning rangi va shaklidir. Bog‘cha yoshida-
gi bolalar shuning uchun ham o‘xshash narsalarning shaklini bir-
biridan bemalol ajrata oladilar. Lekin, bog‘cha yoshidagi kichik 
bolalar (kichkina guruh bola lari) narsalarning shaklini farqlash-
da biroz qiynaladilar. Chunonchi, kichik yoshdagi bog‘cha bola-
lariga mavhum geometrik shakllar yoki ularning rasmi ko‘rsatilsa, 
ular bu shakllarni o‘zlariga ma’lum bo‘lgan aniq narsalar bilan 
bog‘lab, ya’ni predmetlashtirib idrok qilishga intiladilar. Masa-
lan, ular aylanani «g‘ildirak», to‘rtburchakni «deraza» yoki «es-
hik» deb ataydilar.
Rus psixologlaridan S.L. Ru binshteyn, S.N. Shabalin va 
M.N. Volokitinalar tajribalarining ko‘rsatishicha, bog‘cha yoshi-
dagi bolalar aniq narsalarning shaklinigina emas, balki bu narsa-
larning qora rang bilan qilgan siluetlariga (andazalariga) qa rab 
ham ularni bir-biridan farqlay oladilar. Bolalar siluetga qarab 
(ya’ni qora rangda ishlangan quruq shaklga qarab) bu narsalar-
ning nima ekanligini yanglishmay aytib bera oladilar. Bunda shu 
narsa ma’lum bo‘ladiki, bog‘cha yoshidagi bolalar narsalarning 
shakllarini ularning mazmuni bilan bog‘liq ravishda idrok qila 
boshlaydilar. Demak, bog‘cha yoshidagi bolalar tevarak-atrofdagi 
turli-tuman narsalarni idrok qilishda shu narsalar ning mazmuni, 
mohiyati bilan organik bog‘liq bo‘lgan shaklga ham asoslanadi-
lar. Kichik guruh bolalari tur li geometrik shakllardan qilingan 
mozaikalar bilan o‘ynaganlarida ularni shakliga qarab, ya’ni 
to‘rtburchakni to‘rtburchaklar guruhiga, uchburchakni uchbur-
chaklar guruhiga, aylanani aylanalar guruhiga yanglishmay ajra-
tadilar. Bu o‘rinda shu narsa xarakterliki, mozaikadagi geometrik 
shakllar har xil rangda bo‘lishiga qaramay, ular rangni emas, 


326
balki shaklni asos qilib olib guruhlarga ajratadilar. Bog‘chada 
bolalarning narsalarni shakliga qarab to‘g‘ri farqlay olish xususi-
yatlarini o‘stirish kerak. Bunga loy yoki plastilindan turli narsa-
lar yasash va rasm chizish mashg‘ulotlari o‘tkazish orqali eri shish 
mumkin.
Bog‘cha yoshidagi bolalar idrok qilish paytida narsa larni chu-
qur analiz qila olmaydilar. Bolalar idrokidagi bu yetishmovchi-
lik turli rasmlarni idrok qilishlarida yaqqol ko‘rinadi. Bolalar 
(xususan kichik yoshdagi bog‘cha bolalari) rasmda tasvirlangan 
narsalar ning holatiga va fazoviy munosabatlariga tamomila be-
farq bo‘ladilar. Ular rasmlarni teskari ushlab ham zavq bilan to-
mosha qilaveradilar. Buning asosiy sababi rasmni idrok qilish-
ga nisbatan bolalarning anali tik munosabatda bo‘lolmasliklaridir. 
Bolalar rasmda tasvirlangan narsalarni bir-biri bilan ma’lum 
muno sabatda emas, balki tasvirlangan narsalarning hamma-
sini butunligicha idrok qilishga intiladilar. Ularda hali analiz qi-
lish xususiyatlari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Shuning uchun 
rasmlar bilan o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda tarbiyachi bolalar-
ga yo‘naltiruvchi savollar berib, ularni analiz qilishga o‘rgatib 
borishi lozim. Ana shunday mashg‘ulotlarda bolalar diqqatini, 
birin chidan, ko‘rsatilayotgan rasmning mazmunini to‘g‘ri idrok 
qilishga, ikkinchidan rasmning umumiy ko‘rinishida har bir tas-
virlangan narsaning o‘rnini to‘g‘ri idrok qilishga, ya’ni rasmdagi 
narsalarni bir-biridan keskin farq qila bilishga, uchinchidan esa, 
rasmda tasvirlangan narsalar o‘rtasidagi munosabat larni to‘g‘ri 
idrok qilishga qaratish kerak. Rasmlarni idrok qilish ana shun-
day tarzda yo‘lga qo‘yilgandagina bolalarning analitik idrok qi-
lish qobiliyatini hamda kuzatuvchanlik xususiyatini rivojlantirish 
mumkin.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning asosiy faoliyatlari o‘yin faoli-
yatidir. Ular o‘zlarining kundalik o‘yin faoliyatlarida juda ko‘p 
narsalarga to‘qnash keladilar. Bu narsalarni bilganlaricha idrok 
qilib, bir-birlariga tushuntiradilar. Umuman o‘yin faoliya tida ular-
ning idroki to‘xtovsiz rivojlanib boradi. Bog‘cha yoshidagi bola-
larda turmush tajribasining yetarli emasligi ba’zan ular idroki ning 
rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Bu murakkab idrok jarayonida, 
ya’ni fazo hamda vaqtni idrok qilishda yaqqol ko‘rinadi. Ma-


327
salan, ular narsalar o‘rtasidagi fazoviy munosabatlarni, fazo 
ham da vaqt o‘lchovlarini to‘g‘ri idrok eta olmaydilar, Narsalar 
o‘rtasidagi fazoviy munosabatlarni hamda vaqtni bolalar asosan 
bog‘cha yoshidagi davrda o‘zlashtira boshlaydi. Bolalar o‘zidan 
uzoq va yaqin, baland va past joylashgan narsa lar bilan bevosita 
munosabat da bo‘lish jarayonida fazoviy tushunchalarni to‘g‘ri id-
rok qila boshlaydilar. Bunda tarbiyachilar ning narsalar o‘rtasidagi 
har xil fazoviy munosabatlarni so‘z bilan ifoda etishlari bolalar 
idrokining rivojlanishiga katta yordam beradi. Uzoq-yaqin, ba-
land-past, chuqur-yuza, katta-kichik, keng-tor kabi fazoviy tu-
shunchalarni hamda narsalar o‘rtasidagi bunday fazoviy muno-
sabatlarni bolalar o‘z faoliyatlarida, ya’ni o‘yin va mashg‘ulotlarda 
ma’lum darajada o‘zlashtirib boradilar. Lekin, chap va o‘ng kabi 
tushunchalarni bolalarga o‘z vaqtida o‘rgatish zarur, chunki bola 
chap va o‘ng qo‘lning farqiga bormay ko‘p ishlarni chap qo‘lida 
bajaradigan bo‘lib qolishi mumkin. 
Bog‘cha yoshidagi bolalarda fazoviy tasavvurlarning yetar-
li darajada aniq emasligini ularning chizgan rasmlarida yaqqol 
ko‘rish mumkin. Masalan, kichik va o‘rta guruh bolalari rasm 
chizganlarida narsalarning hajm munosabatlariga unchalik 
e’tibor bermaydilar. Ularning chizgan rasmlarida uyning baland-
ligi avtomashinaning balandligi bilan, odamning bo‘yi esa terak-
ning bo‘yi bilan barobar bo‘lishi mumkin. Bu bog‘cha bolalarini 
mutlaqo hayron qoldirmaydi. Fazoviy munosabatlarni to‘g‘ri id-
rok qilish va fazo viy munosabatlar haqida to‘g‘ri tasavvurga ega 
bo‘lish asta-sekinlik bilan bolalarning turmush tajribalari orta 
borishi davomida o‘sib boradi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning vaqtni idrok qilishlari fazo-
ni idrok qilishlari kabi mukammal xarakterga ega emas. Bola-
larda vaqtni to‘g‘ri va anglab idrok qilish fazoni idrok qilishdan 
ham qiyinroq desak yanglishmaymiz. Bolalar uchun vaqtni id-
rok qilishda qiyin tomonlaridan biri shuki, ular vaqtning uzluk-
siz o‘tuvchanligini (ya’ni vaqtning beto‘xtov harakatini) anglay 
olmaydilar va, binobarin, idrok ham qila olmaydilar. Bu narsa-
ni ular ga ko‘rgazma asosida ko‘rsatib bo‘lmaydi. Natijada bolalar 
vaqt o‘lchovlarini ma’lum narsalar va hodisalar orqali aniqlash-
tirib idrok qilishga intiladilar.


328
Odatda so‘zlar bilan ifodalanadigan quyidagi asosiy vaqt 
o‘lchovlari bordir: «soniya», «daqiqa», «soat», «kun», «hafta», 
«oy», «yil», «asr», «kecha», «bugun», «ertaga» «indinga», «erta-
lab», «peshin», «kechqurun», «kechasi», «avval», «keyin» kabilar. 
Ana shu vaqt o‘lchovlaridan bog‘cha yoshidagi bolalar erkin foy-
dalana bilmaydilar. Chunki bu vaqt o‘lchovlari (vaqt tushuncha-
lari) nisbiy hamda mavhum xarakterga egadir. Bolalar ertaning 
bugunga, bugunning kechaga, kechaning o‘tgan kunga tabiiy ra-
vishda aylanib qolishini hech bir tasavvur eta olmaydilar.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning ayrim vaqt o‘lchovlarini id-
rok qilishlarida rejimning roli juda kattadir. Bolalarning kunda-
lik hayotlarida doimiy ravishda takrorlanib turadigan rejim (kun 
tartibi) ayrim vaqt o‘lchovlarini birin-ketin ajratib olishga yordam 
beradi. Bundan tashqari, ular ayrim vaqt o‘lchovlarini vaqtning 
asosiy belgilariga qarab ham farqlay oladigan bo‘ladilar. Masalan, 
«Kun (quyosh) chiqqanda – ertalab bo‘ladi», «Kun botganda – 
kechqurun bo‘ladi», «Qorong‘i bo‘lib hamma uxlaganda – kecha-
si bo‘ladi» deb aniqlaydilar.
Shu narsani aytish kerakki, vaqt tushunchalarini idrok qilish 
qiyin bo‘lgani uchun bog‘cha yoshidagi bola lar (xususan kichik 
guruh bolalari) asosan hozirgi zamon (shu bugungi) tushunchasi 
asosida yashaydilar. Ana shu sababli ular kelasi va o‘tgan zamon 
tushunchalariga nisbatan hozirgi zamonga oid vaqt o‘lchovlarini 
to‘g‘ri idrok qila oladigan bo‘ladilar. Shuning uchun bolalar 
dastavval «ertalab», «peshin», «kechqurun», «kechasi», «bugun» 
kabi vaqt tushunchalaridan to‘g‘ri foydalanadigan bo‘ladilar.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning uzoq zamonga oid narsalarni 
tushuntirishlari o‘ziga xos xarakterga egadir. Ular bunday narsa-
larni vaqt tushunchalari orqali emas, balki qalblarida chuqur iz 
qoldirgan taassurotlar orqali tushuntirishga intiladilar. Masa-
lan, qachonlardir bir bo‘lgan hodisani yoki qachonlardir ko‘rgan 
narsalarini «Hov bir marta bayramda...», «Hov bir marta to‘y 
bo‘lganda...» kabi. Ular xotiralarida qolgan ayrim hodisalarning 
qaysi yil va qaysi oyga tegishli ekanini aniq vaqt o‘lchovida (vaqt 
tushunchasida) aytib bera olmaydilar.
Kichik yoshdagi bog‘cha bolalarining vaqtni idrok qilishlari-
da shu narsa ko‘zga tashlanib turadiki, ular bir-biri bilan tez al-


329
mashib turadigan vaqt o‘lchovlarini qiyinlik bilan o‘zlashtiradilar. 
Shuning uchun ular bunday vaqt o‘lchovlarini ko‘pincha bir-biri 
bilan almashtirib yuboradilar. Masalan, kichik yoshdagi bog‘cha 
bolalari: «Kecha bugunmi?» «Bugun ertagami?» «Qachon ertaga 
bo‘ladi?» «Bugun ham kechasi bo‘ladimi?» degan savollarni be-
rishlari mumkin.
Vaqtni to‘g‘ri idrok qilish ham xuddi fazoni idrok qilish ka-
bi bolalarning amaliy faoliyatlari, ya’ni turmush tajribalari bilan 
bog‘liqdir. Bog‘cha bolalari o‘zlarining har kungi xilma-xil faoli-
yatlari davomida vaqt munosabatlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘radilar 
va sekin-asta o‘zlashtirib boradilar. Lekin vaqt bolalarga bevosi-
ta ko‘rinmaydi. Shuning uchun vaqtni to‘g‘ri idrok qilishni bola-
larga yoshlikdan boshlab o‘rgatish kerak. Bolalar eng sodda, 
ya’ni bo‘linmaydigan vaqt o‘lchovlarini osonroq o‘zlashtiradilar. 
Bunday sodda o‘lchovlardan «hozir», «oldin», «keyin» kabi tus-
hunchalarni ko‘rsatish mumkin. Shundan so‘ng bir qadar mu-
rakkab, ya’ni bir necha qismlarga ajratish mumkin bo‘lgan vaqt 
o‘lchovlarini (ya’ni «bug‘un», «kecha», «erta ga», «indinga» kabi) 
o‘zlashtirishlari mumkin. Katta guruh bolalari ana shu yuqori-
dagi vaqt tushunchalaridan tashqari kunlarning nomlarini (ya’ni 
yakshanba, dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, 
shanba) ham yaxshi o‘zlashtirib, «hafta», «oy» va hatto ba’zan 
«yil» kabi murakkab vaqt tushunchalaridan ham foydalana oladi-
gan bo‘ladilar.
Tevarak-atrofdagi narsalar o‘rtasida mavjud bo‘lgan fazoviy 
munosabatlarni (baland, past, katta, kichik kabi) to‘g‘ri idrok qi-
lishda bolalarning atrofdagi turli-tuman narsalar bilan bevosi-
ta munosabatda bo‘lishlari katta rol o‘ynasa, vaqt munosabat-
larini to‘g‘ri idrok qilishda vaqt o‘lchovlarini (tushunchalarini) 
ifodalovchi so‘zlarnig ko‘proq ishlatilishi katta rol o‘ynaydi. Shu-
ning uchun bolalar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda, suhbat-
larda, hikoyalar o‘qib berishda bolalar so‘z boyligida hozirgacha 
yo‘q bo‘lgan vaqt o‘lchovlariga oid tushunchalarni kiritish ke rak. 
Umuman bola larga bog‘chada vaqt o‘lchovlarini (ya’ni hozir soat 
2 bo‘lib, tush payti bo‘lib qolganligini, soat 5 dan oshib kech 
ki rib qolganligini) muntazam ravishda eslatib turish kerak. Bu 
bolalarda vaqt hissini rivojlantirishga yordam beradi. Vaqt his-


330
si esa vaqt o‘lchovlarini to‘g‘ri idrok qilishni ta’minlaydi. Bola-
lar vaqt tu shunchalarini to‘g‘ri o‘zlashtirayotganlarini aniqlash 
uchun ular ga «qachon», «qaysi kuni», «qancha vaqtdan so‘ng», 
«qaysi biri oldin», «qaysi haftada», «qaysi oyda» kabi savollarni 
berib turish lozim.
Bog‘chada idrokni rivojlantira borish asosida kuzatuvchanlikni 
ham tarbiyalash kerak. Kuzatuvchanlik odamning butun ha yoti, 
butun o‘qish va mehnat faoliyati davomida juda zarur bo‘lgan fa-
zilatdir. Bog‘chada turli didaktik mashg‘ulotlar o‘tkazish, eks-
kursiyalar tashkil qilish orqali bolalarda kuzatuvchanlikni tar-
biyalab boriladi. Bu jihatdan yil fasllari (bahor, yoz, kuz, qish) 
bo‘yicha o‘tkaziladigan ekskursiyalar, rasmga qarab so‘zlatish 
(kim ko‘proq narsani ko‘radi) yaxshi natija beradi. Albatta, eks-
kursiya va mashg‘ulotlar paytida bolalarga beriladigan savollar 
oldindan o‘ylab olingan, ya’ni rejali asosda bo‘lishi kerak.
Bog‘cha yoshidagi bolalar idrokining normal o‘sishi hamda 
ular da kuzatuvchanlikning kamol topishi ko‘p jihatdan tarbiya-
chilarga, ularning pedagoglik mahoratiga bog‘liqdir.

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish